Bog'liq Informatika.Oqitish-materiallari-toplami — копия
Butunligi
Agar ma’lumotlar bazasi tarkibida ko’p foydalanuvchilar ishlatadigan ma’lumotlari bo’lsa, unda ma’lumotlar elementlari va ular orasidagi bog’lanish mumkin qadar buzilmasligi kerak. Ma’lumotlarni saqlash, ularni yangilash, ma’lumotlarni qayta ishlash tartibi shunday bo’lishi kerakki, mabodo tizimda biror o’zgarish bo’lib qolsa, ma’lumotlarni yo’qotishsiz qaytadan tiklamog’i mumkin bo’lsin. Bulardan tashqari ma’lumotlarni har xil tizimli o’zgarishlardan saqlash uchun ularning qiymatlarini biror aniq o’lchovlarga mos kelishligini ta’minlashda oldindan ko’zda tutilgan butunligini tekshirish amalga oshiriladi.