2.Grammatik mavzu: Belgilash olmoshlari egalik va kelishik qo’shimchalarini olib turlanadi. Masalan: hammasi, hammangiz, har kimga, har qaysimizdan.
IV. Yangi mavzuni mastahkamlash. (15 daqiqa) Mavzuga doir “Klaster” usulini qo’llash.
1. 4 - topshiriq (yozma) jadvalni to’ldirish.
2. 6-mashq (yozma) berilgan gaplarga rasm asosida javob beriladi.
3. 5-topshiriq (o’gzaki) maqollarni o’qib, mazmunini so’zlab beriladi.
4. 7-mashq (yozma) belgilash olmoshlarni qo’llab,gaplarni to’ldiriladi.
V. Darsni yakunlash va baholash. ( 3 daqiqa)
O’qituvchi o’tilgan yangi dars mavzusi bo’yicha tushunmagan savollarga javob beradi, darsni mustahkamlashdagi o’quvchilar javobini muhokama qilib, o’quvchilar bilimini baholaydi va darsni yakunlaydi.
VI.Uyga vazifa: ( 2 daqiqa) “Zehnli bola” ertagini o’qib, gapirib berish va matn yuzasidan berilgan yangi so’zlarni yod olish, savollarga javob berish.
“Zehnli bola”
(Mo’g’ul xalq ertagi)
Burungi zamonlarda, ancha yillar ilgari uzoq janub tomonlarda chol, kampir va uning yetti yashar o’g’li yashagan ekan. Ularning bor mol-bisoti; bitta choloq ot, uchta terisi suyagiga yopishgan qora echki va xaroba uydan iborat ekan. Cholning topgani zo’rg’a qozon qaynatishga yetar ekan, ammo o’glidan umidi katta ekan. Chunki u nihoyatda chaqqon va zehnli bo’lib o’sayotgan ekan.
Kunlardan bir kuni ularning o’toviga amaldor kirib kelibdi va bir kechaga boshpana so’radi. Bu odam shu qadar pastkash, buning ustiga badjahl ekanki, undan butun daha yurak oldirib qo’ygan ekan. U o’tovga kirib kelganda yetti yashar bola kiygiz ustida o’tirib, katta zarang kosada qimiz ichayotgan ekan. Bolaga ko’zi tushishi bilan amaldor xoxolab kulib yuboribdi.
-Shu ham tovoq bo’ldi-yu! Tovoq emas, haqiyqiy g’o’la.
Bola qimiz ichishdan to’xtab, hayron bo’lib mehmonga:
-Hurmatli janob, nahotki sizning molingiz shunchalik kam bo’lsaki, uni mana shu “g’o’la” bilan sug’orish mumkin bo’lsa?
Amaldor qizarib-bo’zaribdi. Javob qaytarishga javob ham topa olmabdi. Ertalab u yo’lga chiqishga hozirlik ko’rayotganda, kechasi bilan echkilar otining qorinbog’ini chaynab qo’yganini sezib qolibdi. Amaldor qattiq jahli chiqib, cholga:
-Keltirgan ziyonni to’la, bo’lmasa yomon qilaman!-dedi.
Bolakay otasini himoya qilib:
-Hurmatli mehmon! Otingizning qorinbog’ini echkilar chaynagan. To’lovini echkilardan undirib oling, -debdi.
Bu so’zlardan keyin amaldor indamay otiga minib jo’nab qolibdi. Lekin sal nariga borib otining oldingi oyog’i yumronqoziq iniga tushib, ot munkib ketibdi-da, amaldor yerga uchib tushibdi. Amaldorning jahli chiqib, otini qamchi bilan qattiq savalay ketibdi.
Buni tomosha qilib turgan bolakay hoxolab kula boshlabdi.
-Axmoq bola, nimaga kulasan? – deb so’rabdi amaldor.
- Nega kulmay, xalqning bir gapi bor: kimda-kim yolg’on ishlatsa, bir kuni oti yumronqoziqning iniga qoqilib, yerga qulaydi. Demak, siz g’irt yolg’onchi ekansiz!
Amaldor bolaga jovob ham qaytarolmay, otining jilovidan tutgancha boshini ham qilib, qorasini o’chiribdi.
“Dili egrining tili qisqa bo’ladi”, - deganlari shu bo’lsa kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |