I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Iltimosnomaga ilova qilinadigan hujjatlar



Download 197,85 Kb.
bet79/113
Sana31.03.2022
Hajmi197,85 Kb.
#520863
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   113
Bog'liq
Ma\'muriy sud ishlarini yuritish to\'g\'risida

192-modda. Iltimosnomaga ilova qilinadigan hujjatlar
Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish to‘g‘risidagi iltimosnomaga quyidagilar ilova qilinadi:
1) muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxsni aniqlagan mansabdor shaxsning shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish to‘g‘risida sudga iltimosnoma kiritish to‘g‘risidagi, tegishli tuman (shahar) ichki ishlar organi rahbari tomonidan tasdiqlangan qarori;
2) yashash manzillari (manzillar bo‘yicha byuro) haqida axborot beruvchi organning ma’lumotnomasi, shuningdek muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxsning O‘zbekiston Respublikasidagi ma’lum bo‘lgan oxirgi yashash joyini tekshirish natijalari to‘g‘risidagi ma’lumot;
3) muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxsning tushuntirishi yoki bunday shaxs tomonidan tushuntirish berish rad etilganligi to‘g‘risida tegishli tarzda tuzilgan dalolatnoma;
4) muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxsni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijalari to‘g‘risida tibbiy ma’lumotnoma;
5) muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxsning huquqlari, shu jumladan advokatning yuridik yordamidan foydalanish va o‘z yaqinlariga telefon orqali qo‘ng‘iroq qilish huquqi tushuntirilganligi haqidagi bayonnoma.
Iltimosnomaga bildirilgan iltimosnomani asoslovchi boshqa hujjatlar ham ilova qilinishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-apreldagi 309-son qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlari to‘g‘risida Nizomning 7-bobi.
193-modda. Iltimosnomaning sud tomonidan ko‘rib chiqilishi
Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish to‘g‘risidagi iltimosnoma taqdim etilgan paytdan e’tiboran 24 soat ichida sudya tomonidan yopiq sud majlisida yakka tartibda ko‘rib chiqiladi.
O‘ziga nisbatan reabilitatsiya markaziga joylashtirish to‘g‘risidagi iltimosnoma ko‘rib chiqilayotgan shaxs va ichki ishlar organining vakili sud majlisida ishtirok etishi shart. Sud majlisida advokat ishtirok etishi mumkin.
Iltimosnomani ko‘rib chiqish ichki ishlar organi vakilining muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish zarurligi va joylashtirish muddati asoslab beriladigan ma’ruzasi bilan boshlanadi. So‘ngra o‘ziga nisbatan iltimosnoma ko‘rib chiqilayotgan shaxs, agar sud majlisida ishtirok etayotgan bo‘lsa, advokat, sudga kelgan boshqa shaxslar eshitiladi, taqdim etilgan materiallar tekshiriladi.
Qaror sudya tomonidan alohida xonada chiqariladi.
Iltimosnomani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha sud quyidagi qarorlardan birini chiqaradi:
iltimosnomani qanoatlantirish va muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish to‘g‘risida;
iltimosnomani qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida.
Iltimosnomani qanoatlantirish yoki qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risidagi qaror u o‘qib eshittirilgan paytdan e’tiboran kuchga kiradi va darhol ijro etilishi lozim.
Qaror ijro etish uchun darhol ichki ishlar organi vakiliga, agar sud majlisida ishtirok etgan bo‘lsa, advokatga va o‘ziga nisbatan qaror chiqarilgan shaxsga topshiriladi.
Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha chiqarilgan qaror ustidan u chiqarilgan kundan e’tiboran uch kun ichida apellatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Apellatsiya instansiyasi sudi qaror ustidan berilgan shikoyatni (protestni) u kelib tushgan kundan e’tiboran uch kun ichida ko‘rib chiqib, uning natijasi bo‘yicha quyidagi qarorlardan birini chiqaradi:
qarorni o‘zgarishsiz, shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirmasdan qoldirish to‘g‘risida;
muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirishga oid iltimosnomani qanoatlantirish haqidagi qarorni bekor qilish va shaxsni reabilitatsiya markazidan ozod qilish to‘g‘risida;
iltimosnomani qanoatlantirmasdan qoldirish haqidagi qarorni bekor qilish va muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish to‘g‘risida.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-apreldagi 309-son qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlari to‘g‘risida Nizomning 17-bandi.

Download 197,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish