g`oya baholanmaydi
Talabaning mustaqil fikr
yuritishlari,
shaxsiy
fikrlarini ilgari surishlari
uchun qulay muhit yaratiladi
Mashg`ulot jarayonida amal qilinishi
lozim bo`lgan shartlarni belgilash
Bildirilayotgan g`oyalarning ularning
mualliflari tomonidan asoslanishiga
erishish va ularni yozib olish
Yangi g`oyalarni bildirish davom
etayotgan ekan, mummoning yagona
yechimini
e`lon
qilishga
shoshilmaslik
G`oyalarning turlicha va
ko`p miqdorda bo`lishiga
ahamiyat qaratiladi
45
“Aqliy hujum” metodining asosiy qoidalari.
“Aqliy hujum” metodini o`tkazilish texnologiyasini quyidagicha
tushurtirsa bo`ladi.
“Aqliy hujum” metodini o`tkazuvchi kishi ma`lum muammoni ilgari suradi va
ishtirokchilardan bu muammoni hal qilish bo`yicha qanday mulohazalari
borligini so`raydi hamda ulardan keng kutilmagan fikrlarni ham ilgari
surishlarini so`raydi. Metodni o`tkazuvchi kishi barcha fikrlarni yozib boradi.
Shu o`rinda aytilayotgan fikrlarga nisbatan tanqidiy munosabat bildirmaydi va
fikrlar oxirigacha, so`nggisi aytilganigacha yozib borilaveradi.
“Aqliy hujum” metodini o`tkazishdan ko`zlangan maqsadlar quyidagilar:
-
muammoni hal qilish uchun g`oyalarni chiqarish;
-
g`oyalarni ularning ahamiyatligiga qarab tartiblash;
-
faol fikrlash malakasini shakllantirish;
-
kutilmagan g`oyalarning paydo bo`lish jarayonini namoyish qilish;
-
topilgan g`oyalardan foydalanish ko`nikmasini shakllantirish.
Ijod psixologiyasida ta`kidlanadiki, g`oyalarni ishlab chiqish jarayonida
tanqidiy fikrlar bu jarayonni sekinlashtiradi. Hatto eng kuchli g`oyalar
generatori ham tanqidchilarga qarshilik ko`rsatishga ojizlik qilishi mumkin.
Shuning uchun ham “aqliy hujum”da quyidagi qoidalarga amal qilinadi:
1. G`oyalarning ilgari surilishi bosqichida tanqid (hatto xazil) mutlaqo
taqiqlanadi.
2. Original, hatto fantastik g`oyalar rag`batlantiriladi.
3. Barcha g`oyalar yozib boriladi yoki audio yoki videoplyonkada qayd
qilinadi.
4. agar ma`qul topishsa muallifning o`zi ham yozib borishi mumkin.
5. “Aqliy hujum” metodi qatnashchilari hammasi bir-biri bilan yuridik va
administrativ (ma`muriy) jihatdan mutlaqo bog`liq bo`lmasligi zarur.
46
6. Tahlilchilar guruhi nisbatan samarali g`oyalarni tahlil qiladi, sintez
qiladi, baholaydi va tanlaydi.
“Aqliy hujum” metodi besh bosqichdan iborat bo`lib, quyida ularning har biriga
alohida-alohida to`xtalib
“Aqliy hujum” metodiga kirish.
Yuksak darajadagi aqliy va ijodiy harakatni talab qiladigan “Aqliy hujum”
metodini o`tkazishdan oldin metodni o`tkazuvchi qatnashchilar uchun etarli
darajadagi qulay tashqi muhitni yaratish lozim bo`ladi: ularni qulay joyga
o`tkazadi, xonani shamollatadi, sokin musiqadan foydalanadi, g`oyalarning
generatorlariga
ofe
yoki
salqin
ichimliklar
ulashadi
va
hokazo.
Qatnashchilarning aqliy va emocional holatini ko`tarish uchun “Aqliy hujum”
rahbari etarli darajada erkin va demokratik holda auditoriya bilan muomila
qiladigan bo`lmog`i lozim. Aqliy toliqishni oladigan psixologik mashqlarni
o`tkazish mumkin. Masalan, maxsus bo`limlar talab qilinmaydigan masala yoki
vaziyatlarni echish mumkin.
Shundan keyin “Aqliy hujum” metodini o`tkazishning bevosita shartlariga
o`tish mumkin bo`ladi. ekranda: - maqsadlar: reja va qoidalar aks ettiriladi.
Bu tadbirlarga amalga oshirishga 10 daqiqagacha vaqt talab qilinadi.
1.2. “Aqliy hujum” metodining shiorini tanlash
Iloji boricha “Aqliy hujum”ning shioridan foydalangan ma`qul. Chunki
aynan shu shior mutaxassislar komandasini g`oyalarning tezlik bilan tug`ilishiga
jalb qiladi. Metodni o`tkazuvchi ekranda bir qancha shiorlarning variantlarini
tavsiya qiladi. Masalan,
1. Biz masalani yechamiz va muammolar qolmaydi!
2. Muammo o`ta murakkab, biz uni hal qilamiz!
3. Har qanday muammo yagona to`g`ri echimga ega. Agar biz uni
topolmasak dahshat bo`ladi!
47
4. Har qilinmagan muammo asabni taranglashtiradi, kayfiyatni tushiradi,
vijdonni qiynaydi. Vahima bizga yarashmaydi!
5. Muammolarni hal qilish ko`nikmasini shakllantiramiz!
Muammoli vaziyatlar usuli
Muammoli vazifalar usuli - ta’lim beruvchining muammoli vaziyatlarni
yaratishgava ta’lim oluvchilarning faol bilish faoliyatlariga asoslangan. U
aniq vaziyatni tahlil qilish, baholash va keynigi qarorni qabul qilishdan
tuzilgan usulning etaki vazifalari quyidagilardan iborat:
1. O‘rgatuvchi - bilimlarni faollashtirishga asoslangan;
2. Rivojlantiruvchi -tahliliy tafakkurni, alohida hodisalar-ning dalillari
qonuniylikni ko‘ra bilishini shakllantirish;
3. Tarbiyalovchi - fikr almashinish ko‘nikmalarni shakllantirish.
Muammoli vazifalardan foydalanish usuli bizga, nazariyani amaliyot bilan
bog‘lash, imkonini beradi, bu materialni ta’lim oluvchilar uchun yanada ko‘p
dolzarbli qiladi.
O‘quv muammosining muhim belgilari quyidagilardan iborat bo‘ladi:
noma’lumning borligi, uni topish yangi bilimlarni shakllanishiga olib keladi;
Noma’lumni topish yo‘nalishida qidiruvni amalga oshirish uchun ta’lim
oluvchilarda ma’lum darajada bilim manbalari borligi.
Muammo 3 tarkibiy qism dan tashkil topadi:
1. Ma’lum (ushbu berilgan vazifadan).
2. Noma’lum (topish yangi bilimlarni shakllanishiga olib keladi).
3. Noma’lumni topish yo‘nalishida qidiruvni amalga oshirish uchun kerak
bo‘lgan, avvalgi bilimlar (ta’lim oluvchilar tajribasi).
Shunday qilib, o‘quv muammosini ta’lim oluvchilarga oldindan noma’lum
bo‘lgan natija yoki bajarish usuli vazifasi sifatida aniqlash mumkin. Lekin ta’lim
oluvchilar ushbu natija qidiruvini amalga oshirish yoki hal etish yo‘li uchun
dastlabkiga egadirlar. SHunday qilib, ta’lim oluvchilar hal etish yo‘lini biladi,
vazifasi o‘quv muammosi bo‘lmaydi. Boshqa tomondan, agarda ta’lim
48
oluvchilar u yoki bu vazifani echish yo‘lini bilmay uni echish qidiruvi uchun
vositaga ega bo‘lmasalar, unda u ham o‘quv muammosi bo‘lishi mumkin emas.
Muammoli vazifani murakkabligi (vaziyat «o‘quv» muammo) bir qator
dalillar bilan aniqlanadi, bu jumladan ta’lim oluvchilar darajasigan mos kelishi
kerak. Agarda tanishtiruvchi material juda ham hajmi katta yoki murakkab
bo‘lsa, ular hamma axborotni qabul qila olmaydilar, yechimini topishni
bilmaydilar va o‘quv faoliyatida bo‘lgan har qanday qiziqishlardan mahrum
bo‘ladilar.
Muammoli vazifani ishlab chiqish katta mehnat va pedagogik mahoratni
talab etadi. Qoidaga binoan, vazifani bir necha marotaba tajribadan
o‘tkazgandan so‘ng o‘quv guruhida omadli variantini tuzishga ega bo‘linadi.
Shunga qaramay, bunday vazifalar nazariyani haqiqiy vaziyat bilan bog‘lash
imkonini beradi. Bu ta’lim oluvchilar ongida o‘qitishni faollashtirishga imkon
beradi, kelajakdagi kasbiy faoliyatlari uchun o‘rganilayotgan materialning
amaliy foydasini anglab etishga yordam bo‘ladi.
49
Do'stlaringiz bilan baham: |