Shartnoma tuzish
Tanlov natijalariga asosan g‘olib aniqlangan vaqtdan e’tiboran tanlov hujjatlarida ko‘rsatilgan mezonlar asosida va takliflariga mos ravishda o‘n kunlik muddatda shartnoma tuziladi. Tanlov g‘olibi tomonidan shartnomani belgilangan muddatlarda imzolanmasligi, ushbu shartnomani imzolashdan bosh tortish sifatida baholanadi. Bunday hollarda, zaxiradagi g‘olib (baholash natijalariga ko‘ra g‘olibdan keyingi o‘rinni olgan talabgor) talabgor bilan shartnoma tuziladi.
Komissiyaning takliflarni ko‘rib chiqish va baholash bayonnomasidagi qarori tegishliligi bo‘yicha barcha tanlov talabgorlariga taalluqlidir. Shartnoma tanlov g‘olibi va tegishli tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi o‘rtasida imzolanadi.
Xulosa
Maktabgacha ta'lim tashkilotii tarbiyachisining innovatsion madaniyatining asosiy strukturaviy komponentlariga pedagogning metodologik madaniyati, uning axborot madaniyati, innovatsion faoliyatini kiritish mumkin, zero mazkur tushunchalar va mazmuni strukturasi taxlili ularning o’zaro aloqadorligini ko’rsatadi. Bu aloqadorlik ularning pedagogik kasbiy amaliyotining motivatsion, intellektual va faoliyatli-amaliy soxalarini tavsiflashi; tarbiyachi o’z kasbiy faoliyati asosi va uni amalga oshirish darajasi sifatida innovatsiyalarning axamiyatini anglab yetishning ko’rsatkichi sanalishida namoyon bo’ladi.
Innovatsion motivlar pedagogning bilimlar tizimini boyitish, kasbiy faoliyatda pedagogik innovatsiyalarni tizimli amalga oshirish orqali o’z faoliyatini takomillashtirish extiyojida namoyon bo’ladi. Innovatsion malakalarga gnostik malakalar, pedagogik loyixalash malakalari, axborot malakalari kiradi.
Tarbiyachilarda innovatsion madaniyatni shakllantirishga nisbatan bir qator asoslar shunda ifodalanadiki, innovatsiyalarning qo’llanilishi kasbiy amaliyotning asosiy qismi xisoblanadi. Pedagoglarda innovatsion faoliyatni amalga oshirishga kasbiy faoliyatda pedagogik innovatsiyalarni o’zlashtirish va qo’llash tajribasiga ega bo’lishlari zarur.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida hozirgi kunda yangi innavatsion texnologiyalardan faydalonish davr talabagi aylanib bormoqda. Zamonaviy xizmatlar, qulay imkoniyatlar maktabgacha ta’limni samarali tashkil etish imkoniyatini oshirishga xizmat qilmoqda. Shu jumladan autsoring xizmatini qo’llash orqali maktabgacha ta’lim sohasida qulay sharoitlar yaratilmoqda. Bularning barchasi innavatsion g’oyalarga kirib, pedagoglarning innavatsion faoliyatlarini tashkil etishga xizmat qilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |