Huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi



Download 6,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/467
Sana02.01.2022
Hajmi6,19 Mb.
#311527
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   467
Bog'liq
ozbek filologiyasi bakalavri ixtisosligi

Mustaqillik

  –  tabiatan  ongli  yashash,  ongli  munosabatni  qaror  toptirish  mezoni. 

Ayni  paytda  u  harakatlarning,  intilishlar  va  qobiliyatlarning  kuchayishini,  doimiy 

kamolotni  taqozo  etadigan  ma‟naviy-ruhiy,  ma‟rifiy  axloqiy  hodisa.  Bu,  ayniqsa, 

sobiq  ittifoq  tarkibidan  ajralib  chiqqan,  mustamlakachilik  azobini  ko„rgan  mustaqil 

mamlakatlar,  xususan  O„zbekiston  hayotida  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Nima 

uchun? 

Totalitar  tuzum  davrida  davlat  mamlakat  boshqaruv  tizimidan  tortib  alohida-

alohida  shaxslarning  kundalik  turmushiga  va  istiqboliga  daxldor  bo„lgan  har  qanday 



 

10 


katta-kichik  masalalarni  hal  etishni  o„z  zimmasiga  olgani  uchun  mehnatkash  xalq 

moddiy  va  fikriy  boqimandalik  kayfiyatiga  duchor  bo„lgan  edi.  U  faqat  ishlash 

huquqiga  ega  edi,  xolos.  Mehnat  deb  atalgan  hissiz  mashinaning  murvatiga  aylanib 

qolgan  edi.  Ertadan-kechgacha  mehnat  qilasan,  mehnatingga  yarasha  ochdan 

o„lmaslikka  yetadigan  haqqingni  olasan,  tamom-vassalom.  Bu  –  sobiq  ittifoqda  

qonun kuchiga ega bo„lgan davlat siyosati edi. Odamzod  shunchaki ishlar, shunchaki 

umr  kechirardi,  xolos.  Tiriklik  degan  buyuk  ne‟matning,  hayot  degan  oliy 

tushunchaning  mag„zini  chaqishga  o„zida  rag„bat  ham,  ehtiyoj  ham  sezmas  edi. 

Binobarin,  aql  bilan  ish  tutish,  voqelikni  idrok  qilish,  bunyod  etish,  yaratish, 

ijodkorlik  tuyg„ulari  butunlay  so„ndirilgan  edi.  Shuning  uchun  ham  mamlakat 

taraqqiyoti sustlashib, odamlar turmush darajasi pasayib borardi. 

Umuman  olganda,  har  qanday  faollik  tamoyillari  harakatlar  erkinligiga  zamin 

yaratishi, unga suyanishi kerak. Aks holda boqimandalik illatlari surunkali kasallikka 

aylanadi.  Demak,  har  qanday  xatti-harakat,  har  qanday  intilish  o„z-o„zidan 

bunyodkorlik,  yaratuvchilik  ruhi  bilan  yo„g„rilgan  bo„lishi  darkor.  Ana  shunda 

erkinlik samarasiz, faoliyatsiz hodisaga aylanmaydi. 

Sobiq  ittifoqda  hukm  surgan  qayta  qurish  siyosati  uning  tarkibiga  kirgan 

ittifoqdosh  respublikalarning  mustaqillikka  chiqishiga  yo„l  qo„ymaslik  maqsadida 

amalga  oshirilgan,  puxta  o„ylangan  voqelik  edi.  Davlat  to„ntarishiga  urinish, 

zo„ravonlik  va  tazyiq  o„tkazish  siyosatini  chuqurlashtirishga  intilish  GKCHP  bu 

jarayonning yakuni bo„ldi. Mustaqillik imkoniyatlarini oldindan payqagan, mamlakat 

ijtimoiy-siyosiy  jarayonlarining  borishini  to„g„ri  kuzatib,  to„g„ri  baholay  bilgan 

O„zbekiston ittifoqdoshlari orasida birinchilardan bo„lib o„z tarixiy va buyuk niyatini 

e‟lon  qildi.  1991-yil  31-avgust  kuni  qabul  qilingan  O„zbekiston  Respublikasining 

Davlat  Mustaqilligi  to„g„risidagi  Bayonot  O„zbekiston  hukumatining  siyosiy  yo„lini 

to„la qonunlashtirib berdi. Bu tarixiy hujjatda quyidagi xulosalar ilgari surilgan edi: 

  «O„tmishdan  saboq  chiqarib  va  SSR  Ittifoqining  siyosiy  hamda  ijtimoiy 

hayotidagi o„zgarishlarni e‟tiborga olib; 

  xalqaro-huquqiy  hujjatlarda  qayd  etilgan  o„z  taqdirini  o„zi  belgilash  huquqiga 

asoslanib; 

  O„zbekiston xalqlarining taqdiri uchun butun mas‟uliyatni anglab; 

  shaxs  huquq  va  erkinliklarining,  Mustaqil  davlatlar  o„rtasidagi  chegaralarning 

buzilmasligi to„g„risidagi Xelsinki shartnomalariga qat‟iy sadoqatini bayon etib; 

  millati,  diniy  e‟tiqodi  va  ijtimoiy  mansubligidan  qat‟i  nazar,  respublika 

hududida  yashovchi  har  bir  kishining  munosib  hayot  kechirishini,  sha‟ni  va  qadr-

qimmatini  ta‟minlaydigan  insonparvar  demokratik  huquqiy  davlat  barpo  etishga 

intilib; 

  Mustaqillik  Deklaratsiyasini  amalga  oshira  borib,  O„zbekiston  Sovet 

Sotsialistik  Respublikasi  Oliy  Kengashi  O„zbekistonning  davlat  Mustaqilligini  va 

ozod  suveren  davlat  –  O„zbekiston  Respublikasi  tashkil  etilganligini  tantanali 

ravishda e‟lon qiladi. 



 

11 


O„zbekiston Respublikasining o„z tarkibidagi Qoraqalpog„iston Respublikasi bilan 

birga,  hududi  bo„linmas  va  daxlsizdir.  O„zbekiston  Respublikasining  boshqa 

davlatlarga  hududiy  da‟volari  bo„lmay,  u  o„z  hududi  va  tabiiy  boyliklariga  nisbatan 

oliy huquqqa egadir». 

O„zbekiston  parlamentining  bu  bayonoti  o„zining  qonun  kuchi  bilangina  emas, 

siyosiy  mantig„i,  ma‟naviy  qudrati,  xalqaro  huquq  normalariga  mos  kelishi  va,  eng 

muhimi,  millat  taqdirini  hal  etadigan  tarixiy  qadriyat  ekanligi  bilan  alohida  ajralib 

turadi. Bu hujjat SSSRning 73 yillik hayoti naqadar ayanchli va fojiali kechganligini 

ko„rsatadi. 

Darhaqiqat,  bu  mamlakatda  inson  huquqlari  har  tomonlama  poymol  etilganligini, 

endi  bu  tuzumda  ortiq  yashab  bo„lmasligini  hayotning  o„zi  tasdiqlab  turardi.  Biroq, 

mamlakat aholisining aksariyat qismi va ayrim milliy respublikalar rahbariyati ongiga 

singib  qolgan  tobelik  va  mutelik  tuyg„ulari  keskin  harakat  qilishga,  o„z  xalqi 

manfaatini  mardona  turib  himoyalashga  yo„l  qo„ymas  edi.  Ammo,  o„sha  paytda 

O„zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat – O„sh, Farg„ona, Qo„qon, Guliston, Parkent 

va Bo„kada yuz bergan mash‟um voqealar – millatlararo nizolarning yuz bergani, xalq 

hayotining tahlikali  tus olgani ortiqcha  kutib turishni  taqozo  etmas  edi. Jarayonlarga 

o„z  vaqtida  yetarli baho berib,  zarur xulosaga kelish  kerak  edi.  Shuning uchun  ham 

Farg„ona voqealari birmuncha izga tushgach, mamlakat aholisining ijtimoiy-iqtisodiy 

ahvolini  yaxshilash,  turmush  sharoiti  va  farovonligini  oshirish  borasida  amaliy 

choralar ko„rildi. Jumladan: 

– aholini qo„shimcha tomorqalar bilan ta‟minlash, yakka tartibda uy-joy qurishga 

keng  imkon  berish,  shaxsiy  yordamchi  xo„jaliklarni  rivojlantirish,  chorvachilik  va 

parrandachilikni taraqqiy toptirish; 

–  pensiyalar,  talabalar  stipendiyalari  va  o„qituvchilarning  maoshlarini  oshirish, 

og„ir  ijtimoiy  ahvol  natijasida  kamqonlik  kasaliga  uchragan  homilador  ayollarga 

imtiyozli  ovqatlanish,  boshlang„ich  sinf  o„quvchilariga  bepul  oziq-ovqat  ajratish  va 

shunga  o„xshagan  bir  qator  ijtimoiy-iqtisodiy  muammolarning  markaz  bilan 

hisoblashmay  hal  etilishi  mamlakat  aholisiga  qanchalik  ma‟qul  kelsa,  ittifoq 

rahbariyatida shunchalik norozilik tug„dirar edi. 

–  O„zbekistonning  tashqi  iqtisodiy  aloqalarni  rivojlantirishi  qator  xorijiy 

mamlakatlar  bilan  ikki  tomonlama  hamkorlikni  yo„lga  qo„yishi  u  o„z  taraqqiyot 

yo„lini tanlab olganini ko„rsatar edi. 

Shuni  alohida  ta‟kidlash  kerakki,  O„zbekistonda  bu  masalalarning  hammasi 

mustaqil  ravishda  hal  etila  boshlandi,  mavjud  muammolarni  yechishda  ittifoq 

idoralaridan sezilarli ravishda oldinda borildi. Tabiiyki «markaz»dagilarning birortasi 

ham  O„zbekistonda  amalga  oshirilgan  ishlarni  olqishlab  qabul  qilmadi.  Moskvadagi 

karomatgo„ylar  aksincha,  go„yo  bu  O„zbekiston  Prezidentining  o„zboshimchaligi, 

bularning  hammasi  ittifoq  ko„rsatmalariga  muvofiq  kelmaydi  yoki  sovet  davlati 

siyosiy qarashlariga zid, deb baho bera boshlashdi.  

Shunday  bo„lsa-da,  O„zbekiston  rahbariyati  SSSRda  mavjud  ijtimoiy-siyosiy 

jarayonlar  borishini  boshqalardan  ko„ra  tezroq  angladi,  hozirjavoblik  bilan  baholadi 




 

12 


va  xulosaga  keldi:  1991-yilning  31-avgustida  «O„zbekiston  Respublikasining  davlat 

Mustaqilligi  asoslari  to„g„risidagi  qonun»ni  qabul  qildi.  Ana  shu  qonun  doirasida 

O„zbekiston  Respublikasi  Oliy  Kengashining  bundan  keyin  O„zbekiston  SSRni 

O„zbekiston  Respublikasi  deb  atash,  1-sentabrni  Mustaqillik  kuni  deb  e‟lon  qilish, 

O„zbekiston  Konstitutsiyasiga  o„zgartishlar  va  qo„shimchalar  kiritish,  shuningdek, 

ittifoqning  va  uning  tarkibiga  kiradigan  barcha  mustaqil  davlatlarning  oliy  qonun 

chiqaruvchi  idoralariga,  barcha  xorijiy  davlatlarga  va  jahon  hamjamiyatiga  murojaat 

qilib,  ularni  respublikaning  davlat  mustaqilligi  e‟lon  qilingan  hujjatini  tan  olishga 

da‟vat  etish  to„g„risida  qaror  qabul  qildi.  Bu  bevosita  O„zbekiston  Mustaqilligining 

dastlabki huquqiy poydevori edi. 

Darhaqiqat,  biz  ijtimoiy-siyosiy  jarayonlar  odamlar  hayotini  keskin  tarzda  bir 

o„zandan ikkinchi o„zanga burib yuborgan, hayotimiz butunlay boshqacha tus olgan 

va  turmushimiz  o„zgacha  mazmun  kasb  etgan  murakkab  ruhiy-ma‟naviy  holatni 

boshdan  kechirdik.  Natijada  yillar  mobaynida  qotib  qolgan  tushunchalarimiz 

o„zgarmoqda va mudrab qolgan ongimiz uyg„onmoqda. 

«Mustaqillik»,  «hurriyat»  degan  so„zlar  butun  jozibasi  bilan  birga  beqiyos 

qudratini, 

buyuk 


o„zgartiruvchilik 

mo„jizasini 

ko„rsata 

boshladi. 

dunyoqarashlarimizni  tubdan  o„zgartirib,  fikrimiz,  tafakkurimizni  boyitmoqda. 



Voqealar rivojini butun mohiyati bilan anglashni, dunyoga kengroq va tiyrakroq nazar 

bilan  qarashni,  bu  ko„hna  olamda  sho„ro  tuzumidan    boshqa  adolatli  tuzumlar  ham 

borligini,  boshqacha  yashash  ham  mumkin  ekanligini,  kommunistik  mafkuradan 

bo„lak  hayot  lazzatini,  inson  qadr-u  qimmatini  himoya  qiladigan  g„oyalar  ham 

mavjudligini  ko„rsatib  berdi.  Zotan,  mustaqillikning  buyuk  mohiyati,  beqiyos 

qadriyati  ana  shunda.  Mustamlakachilikning  kishilik  tarixida  anduh  va  kulfatlar 

yog„dirgan  beqiyos  fojiasi  –  uning  insonni  mustaqil  fikrlashdek  ulkan  iqtidoridan 

mahrum  etganida!  Mustaqillik  ana  shu  insoniy  fojianing  achchiq  mazmunini  ochib 

berdi. 

Istiqlol  bizga  o„zligimizni  anglatdi.  O„zini  anglash  –  olamni  anglash,  olamni 

tushunish  –  odamni  tushunish,  demakki,  hayotning  mazmunini  idrok  etishdir.  Inson 

o„zining butun mohiyatini,  insonligini qanchalik chuqur tushunsa, yashash mazmun-

mohiyatini ham shunchalik chuqur anglaydi. 

O„zligini  anglagan  kishi  olamning  butun  rang-barangligi  bilan  birga  hayot 

mazmunini,  o„zining  shunchaki  tiriklik  va  mavjudlik  belgisi  emas,  aksincha, 

tabiatning  betakror  mo„jizasi  ekanligini,  shu  asnoda  inson  qadr-u  qimmatini  tobora 

teranroq  anglay  boshlaydi.  Ma‟rifatga  muhtojligiga,  xurofot  va  jaholat  hayot 

kushandasi,  manqurtlik  –  o„zligini  va  olamni  unutish  ekanligiga  tobora  ko„proq 

ishona  boshladi.  Demak,  anglash  tuyg„usi  bevosita  ichki  bir  quvvat  bilan  ma‟naviy 

yetuklikka, komillikka da‟vat etadi. 

Mustaqillikning    asosiy    qadriyatlaridan  biri  uning  ijtimoiy,  ma‟naviy  mohiyati 

bevosita omma  fikrini uyg„otishdan,  xalqning  o„tmishi, buguni  va kelajagi  xususida 

qayg„urish    hissini  kuchaytirishdan  iborat.  Aks  holda  tub  islohotlarning  umri  qisqa, 

taqdiri esa fojia bilan tugashi mumkin.   




 

13 


Biz tarixning  ayni  burilish davrida  yashamoqdamiz. Ana  shu burilish nuqtasining 

o„ziyoq  tafakkurimizni,  tor  dunyoqarashlarimizni,  har  tomonlama  chegaralab 

qo„yilgan  tushunchalarimizni  o„zgartirishni  taqozo  etmoqda.  Uzoq  yillar  mobaynida  

bir  qolipdagi  hayotdan  so„ng  beixtiyor  olis  o„tmishni  eslashga,  uni  o„rganishga, 

o„zligimizni  anglashga  kuchli  ehtiyoj  tug„ildi.  Ichki  bir  tabiiy  kuch  million-million 

kishilar  qalbida  mudrab  yotgan  tuyg„ularni  harakatga  keltirib  yubordi.  Natijada 

odamlarning  hayotga  munosabati  o„zgarib,  o„z  taqdiri  bilan  bog„liq  bo„lgan  zamin 

istiqbolini o„ylashga zarurat sezmoqda. 

Butun  borlig„idan,  ma‟naviy  bisotidan  judo  qilingan  xalq  erkinlik  tufayli  katta 

tashnalik bilan o„z tarixini bilishga intila boshladi. Bu borada ming yillar davomida 

vujudga  kelgan,  xalqimizning  daholik  qudratini,  quvvai  hofizasini,  shavq-u  shuurini 

qolaversa,  ma‟naviy-ruhiy  holatini  belgilab  beradigan  xalq  og„zaki  ijodiga  sho„ro 

hukumati davrida ongli ravishda yuz bergan munosabatnigina  eslatish joizdir.   

Sir  emas.  Sovet  davrida  asrlar  mobaynida  tildan-tilga  ko„chib,  avlodlar 

davomiyligi  va  vorisiyligini  saqlashda  oltin  halqa  bo„lgan  afsonalar,  rivoyatlar, 

ertaklar,  topishmoqlar  va  latifalar  zo„ravonlik  bilan  yo„q  qilindi.  «Alpomish», 

«Go„ro„g„li»,  «Hasanxon»,  «Nurali»,  «Sherali»  singari  dostonlar,  milliy  qo„shiq  va 

laparlar  g„oyaviy  nuqtai  nazardan  zararli  deb  topildi.  Umuman,  barcha  milliy-

madaniy yodgorliklar singari o„zbek xalq og„zaki ijodining yuksak namunalariga ham  

kommunistik mafkura nuqtai nazaridan qaraldi va ana shu o„lchov bilan  baho berildi, 

degan edi kuyinib professor M. Murodov.   

Birgina  misol  «Alpomish»  dostonida  go„yoki  xonlar  va  beklar  sha‟niga  hamd-u 

sanolar o„qilarmish, bosqinchilik va zo„ravonlik tashviq qilinar emish, diniy ohanglar, 

ilohiy kuchga ishonish, ilohiyatning mavjudligi kabi g„oyalar targ„ib qilinar emish... 

Aslini olganda ham shunday edi. Biroq, ular Diniy va Dunyoviy tafakkurning noyob 

sintezi sifatida umuminsoniy qadriyatga aylangan edi. 

Darhaqiqat,  o„zbek  xalq  dostonlarida  diniy  ohanglar,  Allohning  mavjudligi  va 

uning  irodasi  xususidagi  talqinlar  azaldan  bo„lgan.  Biroq,  Kommunistik  partiyaning 

dahriylik  mafkurasi  dostonning  ana  shu  jihatlariga  yopishib  olib,  uni  xudosizlik 

tashviqoti quroliga aylantirmoqchi bo„ldi. Mazkur mafkuraning qabih g„oyasi tufayli 

inson  qalbidagi  ishonch,  e‟tiqod  tuyg„usi  mahv  etildi.  Tabiiyki,  xudodan  qaytgan 

odam  har  qanday  razolat  va  qabohatdan  qaytmaydi.  Xudobexabarlik  iymonsizlik  va 

diyonatsizlikni  keltirib  chiqaradi.  Natijada  na  Vatanga,  na  millatga,  na  o„tmish,  na 

istiqbolga  e‟tiqod  qoladi.  E‟tiqodsizlik  –  xurofotga,  xurofot  jaholatga,  jaholat  esa 

halokatga  olib  keladi.  Jaholat,  nodonlik  hukmron  bo„lgan  joyda  tanazzul 

chuqurlashadi. Manqurtlik shaklidagi yovvoyi va ibtidoiy hayot vujudga keladi. Sovet 

tuzumining  «ulug„  mafkurachi»lariga  ayni  shu  narsa  kerak  edi.  Shuning  uchun  ham 

ezgulik himoyachisi sifatida xalqimizning ma‟naviy qahramoniga aylangan Alpomish 

obrazi atay buzib tanqid etildi. Aniqrog„i, unga tuhmat qilindi.  

O„zbek  xalq  og„zaki  ijodiyotining  odamlarni  insof  va  diyonatga,  imon  va 

e‟tiqodga, mehnatsevarlik va yurtparvarlikka, odob-axloq va madaniyatga chorlovchi 

asosiy  g„oyalaridan  foydalanish  o„rniga  ular  o„tmishni  ideallashtiradi,  pirlar,  aziz 




 

14 


avliyolar,  podshohlar,  muqaddas  qadamjolar,  maqbaralar-u  madrasalarni  ulug„laydi. 

Shu  tariqa  odamlar  ongini  eskilik  sarqitlari  bilan  zaharlab,  ular  e‟tiborini  sovet 

tuzumidan chetga tortadi, deb qoralandi. Xalq ijodiyotining ko„plab asarlari, masalan, 

mashhur xalq kuychisi O„tar shoir Safarov aytgan «Oyparcha» dostoni qayta ishlanib, 

xohlagancha qisqartirilib, «zamonaviy»lashtirilganidan, undagi asl g„oyalar tushirilib 

qoldirilganidan keyingina nashr etildi. O„tar shoir Safarov o„g„li Qorabaxshiga kitobni 

o„qitib o„ksigan, bu men aytgan doston emas, deb yig„lagan ekan.  

30-yillardagi  qatag„onda  o„zbek  xalqining  eng  iste‟dodli  namoyandalari  yo„q 

qilindi. Ularga turli ayblar qo„yilib, har xil bahonalar bilan qatl etildi. Biroq, sho„ro 

tuzumini  maqtab,  «xalqlar  otasi»ni  kuylagan  ayrim  shoirlarga  ham  kun  berilmadi. 

Sababi,  ularning  beqiyos  iste‟dod  ekanligi.  Bir  kun  kelib  baribir  o„z  xalqiga  yon 

bosishini  oldindan  payqagan  qizil  imperiyachilar  ularni  ham  otib  tashladi.  Xususan, 

dehqonobodlik Farmon baxshi quloq qilinishini sezib qolgach, goh Surxondaryo, goh 

Tojikiston,  goh  Qashqadaryoda  qishloqma-qishloq,  ovulma-ovul  darbadar  bo„lib 

yashashga majbur bo„ldi. Ham o„zbek, ham tojik tilida  dostonlar kuylagan Farmon 

baxshining  bebaho  merosi  yozib  olinmadi.  Bedodlik  shu  darajaga  yetdiki,  unga  o„z 

qishlog„iga kelib o„lishga ham ruxsat berishmadi, xoki o„zga joylarda qolib ketdi. 

Bunday hodisalar qariyb 130 yillik mustamlakachilik yillarida turli sohalarda, turli 

shakllarda  yuz  bergan.  Qatag„onlar,  mahv  etishlar,  otib  tashlashlar  xalq  ruhiyatini 

sindirdi.  Odamlar  bu  mislsiz  qirg„inlar  natijasida  bir  umr  tahlika  va  qo„rquv  bilan 

yashadi.  Ana  shu  hadiksirash  millat  hayotini  zaharladi.  Turmush  lazzatini,  yashash 

zavqini  zaqqumga aylantirdi. 

Jadidchilik  harakatining  faollari,  ma‟rifatparvarlar,  xalqimizning  chin  farzandlari 

ona  yurt  istiqloli,  millat  istiqboli  yo„lida  tinimsiz  kurashdilar.  Buyuk  ma‟rifatparvar 

Abdulla Avloniyning fig„on va dard to„la quyidagi satrlariga befarq qarab bo„lmaydi: 

«Xonumoni  xarob,  boyqushlarga  hamdam,  farzandlari  haykaldek  jonsiz,  vayrona 

Turkiston!  Yo„q,  yo„q  sahni  jonlik  janoza  birla  to„lgan  buyuk  mozor!  Unga  o„lik 

kimsalar  –  madfun  zindalar  qo„yilgan.  Bu  tirik  o„liklar  edi.  Turkistonning  bu  kungi 

noqobil  avlodlaridir.  Uning  ahvoliga  Yer  ham,  Osmon  ham  yig„laydi.  U  ham  faqir, 

ham  haqir.  Uning  ahvoli  chindan-da  og„ir.  Bir  tarafdan  behad  yomon  dardga 

giriftorlik, ikkinchi tomondan xorlik.  


Download 6,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   467




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish