Huquqshunoslik



Download 1,03 Mb.
bet27/99
Sana17.01.2022
Hajmi1,03 Mb.
#382792
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   99
Bog'liq
M a ‘ ruzalar matni kirish

Ichki xo’jalik munosabatlari esa har bir korxonaning, birlashmaning ishlab chiqarish tuzilmalari o’rtasidagi ichki munosabatlari shaklida namoyon bo’ladi.

Xo’jalik (tadbirkorlik) huquqining o’ziga xos xususiya­tlari uning sub`ektlari bilan ham bog’liqdir.

Ma`lumki, rejali iqtisodiyot sharoitida xo’jalik munosabatlari faqat korxona va tashkilotlar hamda ular­ning bo’limlari o’rtasida vujudga kelar edi. Xo’jalik fao­liyatini alohida fuqaro emas, balki ularning jamoasi olib borar edi. Fuqaro xo’jalik faoliyatida tashkilot jamoasi tarkibida ishtirok etar edi. Ularning bu muno­sabatlari esa mehnat huquqi bilan tartibga solinar edi.

Xo’jalik (tadbirkorlik) huquqining sub`ektlari-bu xo’jalik (tadbirkorlik) faoliyatini amalga oshirishga va­kolatli bo’lgan shaxslardir. Xo’jalik (tadbirkorlik) fao­liyati sub`ektlari tushunchasi va maqomini aniqlash uchun «huquq sub`ekti» va «fuqarolik huquqi sub`ekti» tushun­chalarining mohiyatini chuqur anglab olish lozim bo’ladi. Huquq sub`ekti-keng huquqiy kategoriya hisoblanib, uning tarkibiga amaldagi qonun hujjatlariga binoan huquq va majburiyatlarga ega bo’lgan ijtimoiy munosa­batlarning barcha ishtirokchilari kiradi. O’z navbatida har bir huquq tarmog’ining o’z sub`ektlari (davlat huquqida–saylovchilar va saylanuvchilar, mehnat huquqida-ish be­ruvchi va xodim, moliya huquqida-soliq to’lovchi va soliq organi, jinoyat protsessual huquqida-surishtiruvchi, ter­govchi, gumondor, ayblanuvchi, sudlanuvchi, mahkum va h.k.) bo’lganidek, xo’jalik huquqining ham o’z sub`ektlari bor.

Fuqarolik huquqining barcha sub`ektlari fuqarolik huquqi fanida yagona «shaxslar» degan umumiy nom bilan ifodala­nadi. «SHaxslar» ham o’z navbatida uch guruhga bo’linadi: bi­rinchisi, fuqarolar (jismoniy shaxslar) bo’lib, u o’z ichiga O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, boshqa dav­latlarning fuqarolari, shuningdek fuqaroligi bo’lmagan shaxslarni oladi, ikkinchisi, yuridik shaxslar bo’lib, u o’z ichiga foyda olishni o’z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olgan (tijoratchi tashkilot) yoki foyda olishni ana shunday maqsad qilib olmagan tashkilot (tijoratchi bo’lmagan tash­kilot) larni oladi va bunday tashkilotlar O’zbekiston Respublikasi, chet el yoki aralash (qo’shma) korxonalar shak­lida bo’lishi mumkin, uchinchisi, davlat bo’lib, u alohida sub`ekt sifatida bevosita o’z nomidan, shuningdek uning nomidan ma`muriy hududiy tuzilmalar yoki davlat organ­lari ishtirok etishlari mumkin.

Jismoniy va yuridik shaxslar fuqarolik huquqiy munosabatlarda tadbirkor sifatida, shuningdek bunday maqomga ega bo’lmasdan ham ishtirok etishlari mumkin. SHuning uchun fuqarolik huquqi sub`ektlari bir vaqtning o’zida ham xo’jalik huquqi, ham tadbirkorlik huquqi sub`ektlari hisoblanishi mumkin, ammo xo’jalik va tadbirkorlik huquqi sub`ektlari bir-biridan farq qiladi. Farq shundaki, tadbirkorlik huquqiy munosabatlarda sub`ekt har doim tavakkal qilib, o’z javobgarligini zimmasiga olib, foyda olishni maqsad qilgan holda faoliyat yuritadi, xo’jalik huquqi sub`ekt­lari esa xo’jalik yuritish, xo’jalikni boshqarish bilan bog’liq va iqtisodiyotning davlat boshqaruvi sohasidagi munosabatlarini tartibga soladi.

O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgunga qadar xo’jalik huquqining sub`ekti bo’lib faqatgina so­tsialistik tashkilotlar va ularning bo’linmalarigina bo’­lishi mumkin edi, ammo fuqarolarning xususiy xo’jalik faoliyat yuritishlari man qilingan edi.

Xo’jalik faoliyati keng jabhalari hozirda tadbirkorlik faoliyatiga aylantirilishi bilan turli mulk shakllariga ega bo’lgan korxonalar xo’jalik munosabatla­rining ishtirokchilari bo’lib qolmay, balki yakka tadbir­korlar ham bo’lishi mumkin. CHunki, huquqiy munosabat­larning sub`ektlari tarkibini shu munosabatlarning xa­rakteri belgilaydi. Hozirgi sharoitda esa ushbu munosa­batlarning asosiy xarakteri - foyda olish maqsadida xo’jalik faoliyatini amalga oshirishdan iborat.

O’zbekiston Prezidenti I.A.Karimov Ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Birinchi sessiyasidagi ma`ruzasida «Biz kichik, o’rta va xususiy tadbirkorlikning yangi ichki mahsulot ishlab chiqarishda nafaqat hal qiluvchi mavqe egallashi, ayni vaqtda uning aholi farovonligi va daromadlarini orttirishda, ishsiz­lik muammosini echishda ham muhim omilga aylantirishga erishmog’imiz lozim», deb ta`kidlagan edi. Haqiqatan, amaldagi qonun hujjatlarimizga muvofiq holda xususiy sektorning rivojlanishiga keng yo’l ochib berilmoqda, bu­ning natijasida esa xo’jalik faoliyatida tadbirkorlik keng qanot yoymoqda. Bu esa o’z navbatida fuqarolarning xo’jalik munosabatlarining sub`ektlari deb tan olinishiga olib keldi, ammo bu har qanday fuqaro ham xo’jalik huquqining sub`ekti bo’lishi mumkin, degan so’z emas, balki bu erda gap faqat xo’jalik faoliyatini amalga oshiruvchi tadbirkor-fuqarolar ustidagina bormoqda xolos.

Professor V.V.Laptev ta`biri bilan aytganda, «Ho­zirgi xo’jalik huquqi – bu yakka va jamoa tadbirkorla­rining yoki boshqacha qilib aytganda, fuqarolarning va barcha mulk shakllariga ega bo’lgan xususiy, shuningdek davlat korxonalarining professional faoliyati» bo’lib qoldi.

YUqoridagilardan kelib chiqib xo’jalik huquqining sub`ektiga quyidagicha tushuncha berish mumkin: Xo’jalik huquqining sub`ekti–bu xo’jalik (tadbirkorlik) faoliya­tini amalga oshiruvchi, o’zining mulkiga, xo’jalik huquq va majburiyatlariga ega bo’lgan, o’z faoliyati yuzasidan mustaqil da`vogar va javobgar bo’la oladigan va o’zining huquqlarini himoya qilish uchun sudga murojaat qila oladigan (yuridik shaxs maqomini olgan) turli mulk shakllariga mansub korxonalar va ularning tuzilmalari hamda yakka tadbirkor maqomiga ega bo’lgan fuqarolar hi­soblanadi.

Xo’jalik huquqining sub`ektlari tushunchasidan bunday huquqning o’ziga xos belgilarini ajratib ko’rsatish mum­kin.

Xo’jalik huquqi sub`ektining eng asosiy belgisi-bu uning o’z mol-mulkiga ega bo’lishidir. O’z mol-mulkiga ega bo’lishning huquqiy shakli-mulk huquqidir.

Ba`zi xo’jalik yurituvchi sub`ektlar (masalan, unitar korxonalar, davlat korxonalari) o’z mol-mulkiga ega bo’l­masdan ashyoviy huquq asosida (xo’jalik yuritish, operativ boshqarish huquqi) o’ziga biriktirib qo’yilgan mol-mulkka ega bo’lishlari mumkin.




Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish