10-modda. Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash
O‘zbekiston Respublikasida davlat va korxonalar oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida
korxonalarning mehnatni muhofaza qilish xizmatlarida ishlash uchun mutaxassislar
tayyorlashni ta’minlaydilar.
Oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari xalq xo‘jaligi turli tarmoqlaridagi ishlab chiqarish
xususiyatlarini hisobga olgan holda talabalar va o‘quvchilar mehnatni muhofaza qilish kursini
albatta o‘tishlarini tashkil etishlari kerak.
Vazirliklar, idoralar, konsernlar, assotsiatsiyalar va boshqa xo‘jalik boshqaruvi idoralari
mehnatni muhofaza qilish tizimida ishlash uchun mutaxassislarning qayta ixtisoslashuvini
ta’minlaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |