41-modda. Ta’lim tashkilotlarining reytingi
Ta’lim tashkilotlarining reytingi:
ta’lim tashkilotlari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish;
ilmiy-pedagogik faoliyat darajasining o‘sishini va sifatining oshishini rag‘batlantirish;
pedagog xodimlarning ilmiy salohiyatidan samarali foydalanish;
o‘qitish sifatining yuqori ko‘rsatkichlariga erishish;
mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan malakali kadrlar tayyorlash maqsadlarida
belgilanadi.
Reytingni belgilash uchun ta’lim tashkiloti tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarning
ishonchliligi uchun ta’lim tashkilotining rahbari shaxsan javobgar bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |