Gabarit o’lchamlari, mm
|
Og’irligi
|
NT 561
Eco
|
4.0
|
1050
|
25
|
650x420x590
|
20
|
KSM 750 BXL
|
5.0
|
4000
|
40
|
1240x690x1150
|
80
|
Nomi
|
Quvvati, Vt
|
Ishlab chiqarish qobilyati, m3/soat
|
Konteyner hajmi, litr
|
Gabarit o’lchamlari, mm
|
Og’irligi
|
NT 561
Eco
|
4.0
|
1050
|
25
|
650x420x590
|
20
|
KSM 750 BXL
|
5.0
|
4000
|
40
|
1240x690x1150
|
80
|
Yirik avtoservis korxonalari va avtobus saroylarida chang so’rgichlardan foydalanish katta samara beradi.
Yuvish jixozlari. Avtomobillarni yuvish qurilmalari umumiy va maxsus turlarga bo’linadi. Umumiy turdagi yuvish jixozlari yuvishga qulay bo’lib, ular yordamida avtomobillarning ostini ham yuvish mumkin. Yuvish ishlari turli xildagi ko’rish ariqlari, estakada va ko’targichlar bilan jixozlangan maxsus maydonda bajariladi. Ko’rish ariqchalari devorlari, maydonchalari yuzasi nam o’tkazmaydigan lappakchalar bilan qoplanib, poli suvlar oson oqib ketishi uchun 2-3% qiyalikda bo’ladi.
Avtomobillar turiga hamda yuvish usuliga qarab, yuvish jixozlari qo’lda yuvish uchun moslashgan, mexanizatsiyalashgan, avtomatlashgan va aralash turda bo’lishi mumkin.
Yuvish uskunalarining zarrachali, cho’tkali va zarracha cho’tkali turlari mavjud bo’lib, ularning ishlatilish joylari quyida ko’rsatib o’tilgan.
Oddiy qo’lda yuvish: shlang va sepkich yordamida past 0.2-0.4 MPa bosimli yoki yuqori 1-2.5 MPa bosimli bo’lishi mumkin.
Shlangli yuvish jixozlari kichik avtoservis korxonalarida ishlatilib, ular aravachaga o’rnatilgan agregatdan iborat bo’ladi (2-rasm).
Elite DSHH 2840T HDS 558/698/798 CSX Eco
2-Rasm. Avtomobillarni bosim ostida yuvish uchun shlangli jixozlar
Agregatlar 2-2,5 MPa gacha bosim hosil qiluvchi plunjerli yoki markazdan qochma nasoslardan, shlang uchiga o’rnatilgan yuvuvchi sepkichdan va yuvuvchi aralashma uchun si’gimdan tashkil topgan. Yuvuvchi sepkichga teshigining diametri har xil bo’lgan forsunkalar o’rnatiladi.
Hozirgi kunda
yuqorida ko’rsatilgan shlangali
yuvish jixozlarining
ko’pgina takomillashgan turlari ishlab chiqarilmoqda. Ularda yuvish aralashmasining haroratini ko’tarish uchun maxsus isitgichlar qo’llanilgan. Jixoz yuvilayotgan yuzaga 80 C da isitilgan suv zarrachasini 5-7 MPa bosimda va 140C da isitilgan bu’gli zarrachani 1,4-1,6 MPa bosimda yetkazib beradi. Havoning issiq paytlarida isitgich o’chirilib suv yoki yuvish aralashmasi sovuq holda ham yetkazib berilishi mumkin.
Isitgichli jixoz ko’p funksiyali bo’lib, ular avtomobillarning sirtini, tagini,
dvigatellarini, agregatlar bo’laklarga ajratilganda ularning detallarni, salonning
devorlari va pollarini
yuvishda ishlatilishi mumkin. Bir
necha turda ishlab
chiqariladigan bu jixozlar suvni 750-3000 ls hajmda yetkazib berishi mumkin.
Zarrachali yuvish qurilmasi asosan engil avtomobillar, yuk avtomobillari, o’zito’kkichlar, tirkama va yarim tirkama bilan ishlovchi avtomobillarni yuvish uchun mo’ljallangan (3-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |