Ўзбекистон республикаси ахборот технологиялари ва коммуникацияларни ривожлантириш вазирлиги



Download 425,69 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana14.04.2020
Hajmi425,69 Kb.
#44743
1   2   3
Bog'liq
multimedia dasturij taminoti va multimedia kompanentalari


Deduktiv  metod  -  o‘qituvchining  avval  umumiy  qoidalarni,  ta‗riflarni  aytishi, 

keyin  asta-sekin  xususiy  hollarni,  muayyan  vazifalarni  keltirib  chiqarish  usulidir. 



Induktiv  yoki  deduktiv  usullarni  qo‘llash  o‘rganilayotgan  mavzu  mazmunini 

ochishda xususiydan umumiyga yoki umumiydan xususiyga o‘tishning qaysi birini 

tanlashni anglatadi. 

Sotsologiyadan  

Sotsiologiyaning metodlari: 

  

Sotsiologiya  fanining  murakkab  vazifalarini  nazariy  hal  etishga  xizmat 



qiladigan  o‗ziga  xos  metodlari  ham  mavjud  bo‗lib,  ularni  quyidagicha  tasniflash 

mumkin.  

 

1. Qiyoslash va taqqoslash metodi. 



 

2. Nazariy metod (fikrlash, abstraktlikdan konkretlik sari o‗tish). 

 

3. Induktiv va deduktiv metod. 



 

4. Izohlash metodi. 

 

5. Prognozlash metodi (ijtimoiy to‗qnashuvlarning oldini olish). 



 

6. Integratsiya, umumlashtirish metodi. 



Bayon etishning induktiv yoki deduktiv usullarini o„rganish. O‗quvchilar 

ish tajribasida yangi fakt xodisa, qonuniyat va voqealarni tushuntirishni tuzishning 

ikki usuli: induktiv hamda diduktiv usullari qo‘llaniladi. Induktiv usulda o‗qituvchi 

xususiydan  umumiyga,  deduktiv  usulda  esa,  aksincha,  umumiydan  xususiyga 

boradi. Bir materialning o‘zini ko‘pincha ikki usul bilan berish mumkin.  

Deduktiv  usulda  bayon  etishga  vaqt  ancha  kam  sarflanadi,  ammo  bu  usulni 

qo‘llash  uchun  o‗quvchilarda  dastlabki  bilimlar  va  abstrakt  fikrlash  borasida 

ma‘lum tajriba bo‘lishi zarur.  

Bayon etishning induktiv yoki deduktiv usulining qo‘llanilishi o‘rganiladigan 

materialning  mazmuniga  bog‗liq.  Xikoya  xarakteridagi  materialni  induktiv 

asoslashlar ko‘p bo‘lgan material ko‘pincha deduktiv usulda bayon etiladi.  

Shuni  ta‘kidlab  o‘tish  zarurki,  tushuntirishning  induktiv  va  deduktiv  usullari 

«sof»  holda  kam  qo‘llaniladi.  Odatda,  o‗qituvchilar  o‗quv  materialini  bayon 

etishda,  o‘rganiladigan  masalalarning  murakkabligi  va  muhimligiga  qarab  bu 

usullardan komleks tarzda foydalaniladi.  

Psixologiyadan 

Frensis  Bekon  (1561-1625  y.)  va  Tomas  Gobbs  (1588-1679  y.)  Bekon 

ta‘limotiga ko‗ra, fan, birinchi navbatda atrofdagi tabiatni, uning ba‘zi bir hodisa 

va  qonunlarini  o‗rganish  bilan  shug‗ullanmog‗i  kerak.  Tabiatni  o‗rganish  uning 

ustidan hukmronlik qilish uchun kerak. Tabiatni o‗rganish metodi umumiy og‗zaki 

mulohazalardan emas, balki tajribadan iborat bo‗lmog‗i kerak. 

Bekon  ratsionalistik  deduktiv  metodni  fanda  befoyda  deb  inkor  qildi  va 

tajribaga  asoslangan  induktiv  metodni  asoslab  berdi.  Ayni  vaqtda  Bekon  ruh  va 

ruhiy hayot haqidagi masalalarni ham qo‗zg‗agan edi. Bekon ruhni ikkiga bo‗ladi: 

aqliy  va  hissiy  ruhlar.  Birinchisi  ilohiy  nafasdan kelib  chiqadi,  ikkinchisi  moddiy 

(jismiy) bo‗lib, barcha organiq mavjudotlarga xosdir. 

Hayvonlarning tanasi hissiy ruh organidir, insonda esa tana aqliy ruh organi 

bo‗lib  xizmat  qiladi.  Bekon  ruhning  qobiliyatlari  haqida  gapirar  ekan,  fahm,  aql, 

xotira,  istak,  irodalarni  ko‗rsatadi.  Lekin  uning  ta‘limotining  bu  qismi 


rivojlantirilmagan.  Psixologiya  masalalarida  u  ayrim-ayrim  tasodifiy  mulohazalar 

bilan cheklanib qolgan. 

Xulosa  chiqarish  –  tafakkurning  mantiqiy  shakllaridan  bo‗lib,  bir  qancha 

xukmlar asosida ma‘lum xulosa chiqariladi. Xulosa chiqarish induktiv, deduktiv va 

analogik turlarga ajratiladi. 

Pedagogikadan 



O‟qitishning  induktiv  va  deduktiv  usullari.  Darslarga  tayyorlanish 

jarayonida  o‗qitishning  induktiv,  deduktiv  kabi  usullarini  tanlash  zaruriyati  ham 

tug‗iladi.  Keyingi  yillarda  deduktiv  o‗qitishga  talab  va  e‘tibor  ko‗paydi. 

Tafakkurning  induktiv  usullarini  shakllantirmay  turib  faqat  umummehnat 

xarakteridagi  tajribalari  orqaligina  muvaffaqiyatga  erishib  bo‗lmaydi.  Induktiv 

yoki  deduktiv  usullarini  qo‗llash  o‗rganilayotgan  mavzu  mazmunini  olishning 

ma‘lum  mantiq  xususiydan  umumiyga  yoki  umumiydan  xususiyga  o‘tishini 

tanlashni anglatadi. 



Induktiv  usullar  texnik  qurilmalarni  o‗rganishda  va  amaliy  topshiriqlarni 

bajarishda  keng  qo‗llaniladi.  Matematika  masalalar  o‗quvchi  umumiyroq 

formulalarni  mustaqil  egallashlariga  olib  kelishi  zarur  hisoblangan  hollarda 

induktiv usul vositasida yechiladi. 



Deduktiv usul o‗quv materialini tezroq o‗tishga yordam beradi. Tafakkurni 

bir  muncha  faolroq  rivojlantiradi.  Nazariy  materialni  o‗rganishda  anchagina 

umumiy  holatlardan  ayrim  oqibatlarni  aniqlashni  talab  qiluvchi  masalalarni 

yechishda deduktiv usulni qo‗llash ayniqsa foydalidir. 

Pedagogika va psixologiyadan 

O‘qitishning induktiv  va deduktiv  metodi.  O‘qitishning  mantiqiy  metodlari 

ikki  turda:  Induktiv  va  deduktiv  metodlar  bilan  olib  borilishi  mumkin.Darslarga 

tayyorlanish  jarayonida  o‘qitishning  induktiv,  deduktiv  kabi  metodlarini  tanlash 

zarurati  ham  tug‘iladi.  Keyingi  davrlarda  deduktiv  o‘qitishga  talab  va  e‘tibor 


kuchaydi.  Ammo  tafakkurning  induktiv  usullarini  shakllantirmay  turib  faqat 

tabiiyilmiy  emas,  balki  umummehnat  xarakteridagi  tajribalar  amaliy  faoliyatida 

ham  muvaffaqiyatga  erishishga  umid  qilib  bo‘lmaydi.  Induktiv  yoki  deduktiv 

metodlarni  qo‘llash  o‘rganilayotgan  mavzu  mazmunini  ochishning  ma‘lum 

mantiqiy,  xususiydan  umumiyga  yoki  umumiydan  xususiyga  o‘tishni  tanlashni 

anglatadi. 

Induktiv  metodlar  texnik  qurilmalarni  o‘rganishda  va  amaliy  topshiriqlarni 

bajarishda  keng  qo‘llaniladi.  Matematika  va  fizikaga  doir  ko‘pgina  masalalar, 

ayniqsa pedagog talabalarni ayrim umumiyroq formulalarni mustaqil egallashlariga 

olib  kelishi  zarur  deb  hisoblangan  hollarda,  induktiv  metod  vositasida  yechiladi. 

Deduktiv  metoddan  foydalanganda  pedagog  va  talabaning  faoliyatida  avval 

umumiy  holat,  formula  va  qonunini  beriladi,  so‘ngra  asta-sekin  ayrim  holatlarni 

chiqarib  aniqroq  vazifalarni  hal  etish  nazarda  tutiladi.  Deduktiv  metod  o‘quv 

materialini  tezroq  o‘tishga  yordam  beradi,  abstrakt  tafakkurni  aktivroq 

rivojlantiradi.  Nazariy  materialni  o‘rganishda,  anchagina  umumiyroq  holatlardan 

ayrim  oqibatlarini  aniqlashni  talab  qiluvchi  masalalarni  yechishda  deduktiv 

metodni qo‘llash ayniqsa foydalidir. 

2.3 Induktiv va deduktiv fikrlash. Chala va to‟la induksiya. 

Matematikaning boshqa fanlarda farqli tomoni shundan iboratki, bu fan o‘z 

nazariyasini  deduktiv  asosida  quradi.  Xulosalar  ikki  turga  bo‘linadi:  umumiy  va 

xususiy. Umumiy xulosalarga misollar keltiraylik:  

Har qanday parallelogrammning diagnollari kesishish nuqtasida teng ikkiga 

bo‘linadi.  

Oxiri nol bilan tugovchi barcha sonlar beshga bo‘linadi.  

Istalgan teng yonli uchburchak simmetriya o‘qiga ega.  

Bu misollarga mos keluvchi xususiy xulosalar:  


ABCD  parallelogrammning  diagnollari  kesishish  nuqtasida  teng  ikkiga 

bo‘linadi.  

150 soni 5 ga bo‘linadi.  

Berilgan  uchburchak  teng  yonli  bo‘lsa,  u  holda  bunday  uchburchak 

simmetriya o‘qiga ega.  

Umumiy  xulosalardan  xususiy  xulosalar  chiqarish  deduksiya  deyiladi. 

Deduksiya  so‘zi  o‘zbek  tilida  ―xulosa  chiqarish‖  degan  ma‘noni  bildiradi. 

Deduksiya  ilmiy  fikrlashning  yagona  usuli  emas.  Informatika,  fizika,  kimyo, 

biologiya  kabi  fanlarda  kuzatish  va  tajribalarga  suyanib,  induktiv  mulohazalar 

yuritish keng qo‘llaniladi. Induksiya so‘zi o‘zbek tilida ―boshqarib parametri‖ yoki 

―yetaklash parametri‖ kabi ma‘nolarni bildiradi. 

Xususiy xulosalardan umumiy xulosalar chiqarish induksiya deyiladi. 



Deduksiya –  oldindan  mavjud  bo‘lgan  bir  umumiy  haqiqat,  umumiy 

prinsipning  o‘ziga  xos  tartibli  fikrlash  va mantiq qoidalariga  asoslangan  holda, 

maydaroq,  yakka  holatlarga  tadbiq  qilinishiga  aytiladi.  Deduksiyada  umumiy  bir 

gipoteza  hayotdagi  mavjud  yakka  holatlar  orqali  tekshirib  chiqiladi.  Bu  umumiy 

prinsip  oldindan  mavjud  va  holatlarni  faqatgina  bu  prinsipni  tekshirish,  tatbiq 

qilish uchungina o‘rganiladi. Bu yerda birlamchi o‘rinda mantiq turadi; tajriba esa 

ikkilamchi hisoblanadi. 

Induksiya –  ma‘lum  miqdorda  yakka  holdagi  fakt,  hodisa  va  jarayonlarni 

kuzatish  orqali,  shu  kuzatishlarga  tayangan  holda  ishlab  chiqarilgan  umumiy 

xulosa chiqarish. Bu usul bo‘yicha, oldin ko‘p miqdordagi obyekt yoki jarayonlar 

yaxshilab  kuzatiladi,  o‘rganib  chiqiladi,  keyin  ushbu  kuzatishlardan  yagona, 

umumiy  xulosa  chiqariladi.  Induksiyada mantiq asosiy  o‘ringa  ega  emas, tajriba 

birlamchi  ro‘lga  ega.  Faktlardan  qoidaga  qarab,  yakka  holdagi  ko‘plab 

o‘rnaklardan yagona umumiy xulosaga qarab boriladi. Xususiy holatlar, fikrlardan 

umumiy bir xulosa ishlab chiqiladi. 



Induksiya (matematikada)  —  muhim  isbotlash  usullaridan  biri;  matematik 

induksiya  aksiomasiga  (prinsipiga)  asoslanadi.  Induksiya  arifmetik  va  geometric 

progressiya  formulalarini,  logarifmlarni  oʻrganishda  uchraydigan  formulalarni, 

Nyuton  binomi  va  kombinatorikaga  doir  formulalarni  chiqarish  va  b.  da  keng 

qoʻllanadi. 


III

. Amaliy qism 

Yuqorida  takidlab  o‘tkanimizdek  deduksiya  –  fikrlashning  umumiy 

tastiqlaridan xususiy tastiqlarga o‘tish formasidir. Bunga misollar ko‘raylik. 

 1-misol. 

 Bir  va  o‘zidan  boshqa  bo‘luvchilarga  ega  bo‘lgan  sonlar  murakkab  sonlar 

to‘plamini tashkil etadi.   

 

 

 



 

 

 



 

(A) 


 

9 soni 1 va 9 dan boshqa 3 ga bo‘linadi. 

 

 

 



 

 (B) 


 

9 murakkab son.   

 

 

 



 

 

 



 

 (D) 


 2-misol. 

Barcha to‘rtburchaklar ko‘pburchaklar oilasiga tegishli.   

 

 (A) 


ABCD trapetsiya – to‘rtburchak. 

 

 



 

 

 



 (B) 

ABCD trapetsiya ko‘pburchaklar oilasiga tegishli.  

 

 

 (D) 



Har  ikkala  misolda  ham  (A)  umumiy  tasdiqdan  (B)  tasdiq  yordamida  (D) 

xususiy tasdiq hosil qilindi. 

Induksiya  –  fikrlashning  xususiy  tasdiqlaridan  umumiy  tasdiqlarga  o‘tish 

formasidir. Bunga ham misollar ko‘raylik. 

3-misol. 

140 soni 5 ga bo‘linadi.   

 

 

 



 

 

 



(A) 

Nol bilan tugaydigan barcha sonlar 5 ga bo‘linadi.  

 

 

(B) 



(A) xususiy tasdiqdan (B) umumiy tasdiq hosil qilindi. (B) tasdiq to‘g‘ridir. 

4-misol. 

140 soni 5 ga bo‘linadi.   

 

 



 

 

 



 

(A) 


Barcha uch xonali sonlar 5 ga bo‘linadi. 

 

 



 

 

(B) 



xususiy  tasdiqdan  (B)  umumiy  tasdiq  hosil  qilindi.  (B)  tasdiq  noto‘g‘ridir.   

3 – 4 misollardan ko‘rinadiki induksiya to‘g‘ri hamda noto‘g‘ri xulosalarga 

olib kelishi mumkin. Bu fikr keyingi misollarda kengroq ochiladi. 

Tadqiqotchi  biror  faktni  isbotlashda  avval,  turli  mulohazalar  yordamida  bu 

faktning  borligini  fahmlashi,  uni  isbotlashga  kirishishidan  avval  esa  isbotlash 

g‘oyalarini anglab yetishi kerak bo‘ladi. 

Deduksiya  va  induksiya  bir  –  birini  to‘ldiruvchi  fikrlash  formalaridir. 

Haqiqatan ham, isbotlanishi kerak bo‘lgan tasdiqlar kuzatishlarga asoslangan holda 

induktiv  yo‘l  bilan  hosil  qilinadi,  so‘ngra  bu  tasdiqning  to‘g‘riligi  isbotlashning 

biror deduktiv metodi yordamida ko‘rsatiladi. 

Induksiya  metodi  fizika,  kimyo  va  boshqa  tabiiy  fanlarda,  shuningdek, 

matematikada  ham  keng  qo‘llaniladi,  ya‘ni  bu  metod  yordamida  turli  matematik 

tasdiqlar hosil qilinadi. Bunga misol keltiraylik: 

 5-misol. 

2 soning ketma – ket kelgan uchta darajasining yig‘indisini qaraylik: 

1

2



3

2

2



2

14



 



hosil bo‘lgan son 7 ga bo‘linadi. Endi 

2

3



4

2

2



2

28



 



hosil bo‘lgan son yana 7 ga karrali. Navbatdagi darajalarni qo‘shaylik: 

3

4



5

2

2



2

56,




 

hosil bo‘lgan son yana 7 ga karrali. 

Bajarilganlarga asoslanib ushbu tasdiqni aytish mumkin: 2 sonining ixtiyoriy 

uchta ketma-ket kelgan darajasining yig‘indisi 7 ga karralidir, ya‘ni 

 

n

N

 


uchun

1

2



2

2

2



n

n

n



 



yig‘indi 7 ga qoldiqsiz bo‘linadi.  

 6-misol. 

Ushbu ko‘phadni qaraylik: 

2

( )


41,

P x

x

x

 



 

Bu ko‘phadni x o‘rniga ketma ket 0, 1, 2, 3, 4, 5 sonlarini qo‘yaylik, natijada ushbu 

P(0)=41, P(1)=43, P(2)=47, P(3)=53, P(4)=61, P(5)=71 

Tub sonlar hosil bo‘ladi. So‘ngra x o‘rniga -1, -2, -3, -4, -5 larni qo‘ysak:  

    P(-1)=41, P(-2)=43, P(-3)=47, P(-4)=53, P(-5)=61  

yana tub sonlarga ega bo‘lamiz. Shuningdek, x o‘rniga 

larni qo‘ysak: 

  P(-6)=71, P(6)=83, P(-7)=83, P(7)=97, P(-8)=97, P(8)=113 

Tub sonlar hosil bo‘ladi. 

Olingan  natijalarga  asoslanib  ushbu  gipotezani  aytish  mumkin:  P(x)  uch- 

haddagi  x  o‘rniga  ixtiyoriy  butun  sonni  qo‘yish  natijasida  tub  son  hosil  bo‘ladi. 

Yuqoridagi har ikkala misolda ham gipotezalar induksiya yordamida hosil qilindi, 

ammo  yuritilgan  mulohazalar  keltirilgan  gipotezalarning  isboti  bo‘lib  xizmat  qila 

olmaydi. 

Avval  aytilgandek,  induksiya  yordamida  ochilgan  qonuniyatlar  to‘g‘ri 

bo‘lishi  ham,  noto‘g‘ri  bo‘lishi  ham  mumkin.  Shu  sababli,  induksiya  yordamida 

hosil  qilingan  qonuniyatning  to‘g‘ri  yoki  noto‘g‘ri  ekani  biror  deduktiv  metod 

yordamida qat‘iy isbotlanmog‘i kerak. 

6-misoldagi gipoteza xatodir, ya‘ni shunday musbat butun  x sonni parametri 

mumkinki, P(x) tub son bo‘lmaydi. Bunda x sifatida x=40 olish mumkin. U holda 

2

(40)


41 ,

P

 



bo‘ladi, bu murakkab son. Shuningdek x=-41 bo‘lsa, 

2

( 41)



41 ,

P



 

bo‘ladi. 

Tadqiqot  jarayonida  bir  nechta  xususiy  hollarni  to‘g‘riliga  asoslanib  xulosa 

chiqarish  to‘lamas  induksiya  deyiladi.  To‘lamas  induksiya  yordamida  hosil 

6, 7, 8

  


qilingan va keyinchalik xato ekanini aniqlangan yana bir nechta misol keltiraylik. 

7-misol. 

2

2

1



n

ko‘rinishdagi sonni qaraylik. N=0,1,2,3,4 bo‘lganda  



0

1

2



3

4

2



2

2

2



2

2

1



3; 2

1

5; 2



1 17; 2

1

257; 2



1

65537


 

 


 

 


 

 

tub sonlar hosil bo‘ladi. 



P.  Ferma  yuqoridagi  ko‘rinishdagi  barcha  sonlar  tub  bo‘ladi  degan  gipote-

zani aytgan edi. Ammo ____ asrga kelib L. Eyler n=5 uchun  

5

2

2



1

641 6700417

 

 

Murakkab son hosil bo‘lishini aniqlab, Ferma gipotezasining noto‘g‘riligini 



ko‘rsatdi. 

8-misol. G. V. Leybnits har qanday butun musbat son uchun 

3

n

n

 



Soni  3  ga, 

5

n



n

soni  5  ga 



7

n

n

soni  7  ga  bo‘linishini  isbotladi  va  ularga 



asoslanib:  ―har  qanday  toq  k  va  ixtiyoriy  n  natural  son  uchun 

k

n

n

soni  k  ga 



bo‘linadi‖ degan gipotezani aytdi. 

Keyinchalik  uning  o‘zi  bu  gipotezaning  noto‘g‘riligini  isbotladi,  ya‘ni 

9

2

2



510

 


soni 9 ga bo‘linmasligini ko‘rsatdi.  

 P. Ferma Leybnits gipotezasi tub son bo‘lganda o‘rinli bo‘lishini isbotladi. 



                                             

IV. Ilova. 

“B B B” texnologiyasi. 

      B  –  bilaman,  B  –  bilib  oldim,  B  –  bilishni  istayman.  Bunda  o`quvchilar 

jadvalning    ustunlarini    to`ldiradi.    O`qituvchi    o`quvchilarning    yozganlari 

bo`yicha  ularnining  nimalarni  bilishini,  Yangi  mavzu  bo`yicha  nimalarni  bilib 

olganliklarini  va  nimalarni  bilishni  hoqlashini  bilib  ularning  bergan savollariga 

javob 

beradilar. 



 

“Aqliy xujum” texnologiyasi. 

"Aqliy  xujum"  jamoa  bo‘lib  muxokama  qilishning  samarali  metodidir. 

Unda  biror  muammoning  yechimini  topish  barcha  ishtirokchilarning  fikrini 

erkin ifodalash orqali amalga oshiriladi. 

"Aqliy  xujum"ning  tamoyili  juda  sodda.  o‘qituvchi  sinf  oldiga  masalani 

qo‘yadi va o‘quvchilarda ushbu masalani yechish bo‘yicha o‘zlarining fikrlarini 

bayon  qilishni  so‘raydi.  Ushbu  bosqichda  xech  kimning  boshqa 

ishtirokchilarning  g‘oyalari  xaqida  o‘z  fikrini  bildirishga  yoki  unga  baxo 

berishga xaqqi yo‘q. 

"Aqliy  xujum"  yordamida  bir  necha  daqiqa  ichida  o‘nlab  g‘oyalarni  olish 

mumkin. G‘oyalar soni asosiy  maqsad emas. G‘oyalar to‘g‘ri yechimini ishlab 

chiqish uchun asos bo‘ladi. 

"Aqliy xujum" ning qoidalari quyidagilardir: 

 



taklif etilayotgan g‘oyalar baxolanmaydi va tanqid qilinmaydi

  ish g‘oyalar soni ko‘p bo‘lishi kerak; 



 

xar qanday g‘oyani kengaytirishga, rivojlantirishga xarakat qilish mumkin



 

xar  bir  g‘oya  yozib  boriladi  (juda  bo‘lmasa  ochqich  so‘zlar  yoki  iboralar 



yordamida ); 

 



aqliy xujum o‘tkazish vaqti qat‘iy o‘rnatiladi va unga rioya qilinadi. 

"Aqliy  xujum"  tugagandan  so‘ng  takliflar  taxlil  qilinadi  va  ulardan  eng 

qimmatlilari, keyinchalik ular bilan ishlash uchun, tanlab olinadi. Taxlil qilinganda 

avvalo taklifning foydali jixatlariga e‘tiborni qaratish lozim. 



“Klaster” texnologiyasi. 

―Klaster‖    so`zining    ma`nosi    ―tarmoqlar‖    so`ziga    to`g`ri    keladi,  

―Klaster‖dan  darsning  da`vat,  tushintirish  va  fikrlash  qismlarida  foydalanish 

mumkin. 


Fikrlarning  tarmoqlanishi-bu  pedagogik  strategiya  bo`lib,  u  o`quvchilarni 

biron  bir    mavzuni    chuqur    o`rganishlariga    yordam    beradi,    o`quvchilarni  

mavzuga taalluqli  tushuncha  yoki  aniq  fikrni  erkin  va  ochiq  ravishda  ketma-

ketlik  bilan uzviy bog`lagan holda tarmoqlashlariga o`rganadi. 

Bu    metod    biron    mavzuni    chukur    o`rganishdan    avval    o`quchilarning  

fikrlash  faoliyatini    jadallashtirish    hamda    kengaytirish    uchun    xizmat    qilishi  

mumkin.  Shuningdek,    o`tilgan    mavzuni    mustahkamlash,    yaxshi    o`zlashtirish, 

umumlashtirish    hamda    o`quvchilarni    shu    mavzu    bo`yicha    tasavvurlarini  

chizma shaklida ifodalashga undaydi. Quyida biz namuna sifatida misol keltirdik. 

"Chigal mantiqiy zanjirlar" texnologiyasi. 

O‘qituvchi  besh-oltita  aloxida  xodisalarni  yozib  qo‘yadi.  Bu  xodisalar 

xronologik  yoki  sabab–oqibat  zanjirlaridan  bo‘lishi  mumkin.  Xar  bir  xodisa 

aloxida  varaqqa  yoziladi  va  ular  aralashtirib  yuboriladi.  Guruxga  ushbu 

varaqlarni  mantiqan  to‘g‘ri  tartibini  tiklash  vazifasi  beriladi.  Buning  uchun 

ketma–ket o‘quvchilar chaqiriladi va xar biriga bittadan xodisani zanjirdagi o‘z 

o‘rniga qo‘yish vazifasi beriladi. Xodisalarni zanjirga terib bo‘lishgandan so‘ng, 

bo‘lib  o‘tgan  xodisa  xaqidagi  matnni  o‘qiydi,  o‘quvchilar  esa  o‘zlarining 

takliflari to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini tekshirib boradilar. 

               "Chop etilgan materiallar bilan ishlash" texnologiyasi. 

Ushbu metodika kerakli axborotni izlash, nazariy ma‘lumotlarni mustahkamlash va 

tasniflash, yangi nazariy materiallarni tushunib olishda qo'llanilishi mumkin. 

Sinf 4 – 6 kishidan iborat kichik guruhlarga bo'linadi. Guruhlar bir xil yoki har xil 

gazeta, jurnallardan kabi chop etilgan zarur materiallarni oladilar. 

Vazifa aniq bir mavzu bo'yicha axborot topish xususida bo'lishi mumkin. 


Har bir guruh qo'lidagi chop etilgan materiallardan vazifaga oid materiallarni olib 

(maqolalarni,  rasmlarni  qirqib  olib)  plakatlarga  elimlab,  tegishli  izohli  matn 

tayyorlashadi.  Shundan  so'ng  qilgan  ishini  namoyish  etib,  tushuntirib  berishadi. 

Boshqa guruhlar esa savollar beradilar va ishni baholaydilar. 

Ushbu  metod  qo'llanganda,  izohli  matnlarni  tayyorlash  ishi  tugallangandan  so'ng, 

barcha qolgan materiallar yig'ishtirilib olinishi kerak. Aks holda o'quvchilar gazeta 

yoki  jurnallardagi  qiziqarli  maqolalarni  o'qishga  kirishib  ketadilar  va 

boshqalarning ma‘ruzalarini tinglamaydilar. 



Download 425,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish