O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMIDAGI ANDIJON DAVLAT
UNIVERSITETI
Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi
Qo‘lyozma huquqida
JALILOVA GULASAL
O‘ZBEKISTONDA G‘OYAVIY-MAFKURAVIY TAHDIDLARNI
BARTARAF ETISH USUL VA VOSITALARI
5111600-Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha
bakalavr akademik darajasini olish uchun yozilgan
BITIRUV MALAKAVIY ISH
Ish rahbari: E.Karimov
ANDIJON-2015
2
MUNDARIJA:
KIRISH
. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
3-7
I BOB
MAFKURAVIY TAHDIDLARNING NAZARIY
VA USLUBIY MASALALARI. . . . . . . . . . . . . . . .
8-30
1.1. “Mafkuraviy tahdid”- mazmuni va mohiyati .
8-13
1.2. Mafkuraviy tahdidning yo‘nalishlari . . . . . .
14-23
1.3. Mafkuraviy immunitet-xavfsizlik va barqarorlik
sharti
24-30
II BOB
O‘ZBEKISTONDA MAFKURAVIY
XAVFSIZLIKKA TAHDID SOLUVCHI ICHKI
VA TASHQI OMILLAR. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
31-50
2.1. O‘zbekiston Respublikasining xavfsizligiga ta’sir
ko‘rsatuvchi ichki mafkuraviy tahdidlar . . . .
31-41
2.2. Globallashuv jarayonida O‘zbekiston Respublikasi
xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatuvchi tashqi tahdidlar tasnifi.
. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
42-50
XULOSA. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
51-52
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI. . . . . . . . . . . .
53-58
3
KIRISH
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi. Istiqlol yillarida dunyoda
ro‘y berayotgan voqealarni xolisona baholash, turli jarayonlarni ilmiy talqin qilish
imkoni paydo bo‘ldi. Mamlakatimiz siyosiy va intellektual soha vakillari hozirgi
zamon tahdidlarini teranroq anglagan holda mintaqa atrofida kechayotgan
murakkab jarayonlarni to‘g‘ri tahlil eta boshladi. O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, «Xalqaro xavfsizlik va barqarorlik
muammosi yangi asr bo‘sag‘asida hamon xalqaro hamjamiyati oldida turgan
asosiy muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Farq faqat shundaki, endilikda “sovuq
urush” asoratlari, xurujlari o‘rniga tinchlik va barqarorlikka tahdid soluvchi kuch
sifatida xalqaro terrorchilik...jahon sahnasiga chiqmoqda”
1
. Shu nuqtai nazardan
qaraganda, bugungi kunda O‘zbekistonda g‘oyaviy-mafkuraviy tahdidlarni bartaraf
etishning usul va vositalari ijtimoiy mohiyatini ilmiy tadqiq etish dolzarb
masalalardan biri hisoblanadi.
Tahdid omilini tahlil qilish jarayoni shundan dalolat beradiki, u o‘z
xususiyatiga ko‘ra ijtimoiy hamda geosiyosiy jihatlarga bo‘linadi. Ijtimoiy jihat o‘z
ichiga siyosiy, iqtisodiy, sotsial, ma’naviy, mafkuraviy sohalarni qamrab olsa,
geosiyosiy jihat esa mahalliy, umumhududiy, mintaqaviy, umumbashariy jihatlarni
qamrab oladi. Shuningdek, o‘zining mazmun va mohiyatiga ko‘ra, ichki va tashqi
tahdidlar bo‘lishi mumkin. Bu o‘rinda shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki,
bevosita tahdid omilini uning maqsad va mohiyatiga nisbatan ham ajrata bilish
lozimdir. Maqsad va mohiyat nazaridan olib qaraganda, tahdid quyidagi
ko‘rinishlarda namoyon bo‘lishi mumkin: hududiy ekspansionizm, mafkuraviy
ekspansionizm, axborot ekspansionizm, diniy ekstremizm va fundamentalizm,
separatizm, siyosiy terrorizm, mintaqaviy mojorolar, diplomatik tazyiq, yadroviy
bakteriologik, kimyoviy, ekologik texnogen, millatchilik, shovinizm, imperiyaviy
1
Каримов И.А. Ватан равнақи учун ҳар биримиз масъулмиз. 9-жилд. –Т.: Ўзбекистон,2001. 105 -б.
4
tafakkur, umumbashariy hakamlikka intilish va hokazo. Demak, bevosita tahdid
omili nihoyatda keng qamrovli, jamiyatga halokatli xavf soluvchi omil ekan, unga
yo‘l qo‘yilgan taqdirda jamiyat, albatta, tegishli javob, ya’ni tahdidni bartaraf
qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirishi zarur bo‘ladi.
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining o‘rganilganlik darajasi. Jamiyatda
sodir bo‘layotgan negativ holatlar tahdidni paydo bo‘lishiga olib keladi. Bu haqida
xatto antik davr faylasuflari ham o‘z fikrlarini bildirib o‘tganlar
1
. Jumladan, Platon
qarashlarida tahdid o‘sha davr demokratik tuzumi misolida aristokratlarni
manfaatini ifoda etgan holda tushuntirib berilgan. Ya’ni, Platon fikricha, “Eng
katta tahdid bu demokratiyaning jamiyatda qaror topishidir. Chunki demokratik
boshqaruvda intellekt emas, hissiyot birinchi o‘rinda turadi. Oqibatda esa davlat
tanazzulga yuz tutadi”
2
. Mazkur fikr esa keyinchalik amerikalik olim Karl Popper
tomonidan keskin tanqid ostiga olinadi. Shunday bo‘lsa-da, antik davrdagi
ijtimoiy-siyosiy bilimlar taraqqiyoti tahdidning mohiyati bilan bog‘liq
muammolarning chuqurroq o‘rganilishiga zamin yaratdi. Xususan, tahdid haqidagi
mulohazalar o‘zining dastlabki ilmiy-falsafiy ko‘rinishida Aristotel, Foma
Akvinskiy, Makiavelli, F.Bekon, Tomas Gobbs, Jon Lokk, Nitsshe va boshqa shu
kabi G‘arbning buyuk mutafakkirlari asarlarida o‘ziga xos talqin etilganini ko‘rish
mumkin
3
.
“Tahdid” tushunchasi to‘la ma’noda siyosiy jarayonga Prezident Islom
Karimov tomonidan 1994 yil 22 sentabrda, Oliy Majlis sessiyasida so‘zlagan
nutqida birinchi bor kiritildi. Shuning uchun ham mamlakatimizga xavf solayotgan
tahdidlar borasidagi dolzarb vazifalar, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarning
ustuvor yo‘nalishlari kabi masalalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
I.A.Karimov asarlarida izchil rivojlantirib borilganini ta’kidlash zarur
4
.
1
Целлер Э. Очерк истории греческой философии. Перевод С. Л. Франка. СПб. Алетейя. 1996.
2
Қаранг: Платон. Собр.соч. В 3-х т.Т.2.-М.: 2009.
3
Хлебников Г. В. Античная философская теология. — М.: Наука, 2007. Античная философия:
Энциклопедический словарь. М.: Прогресс-Традиция, 2008.- 896 с.
4
Каримов И.А. Ўзбекистон: миллий истиқлол, иқтисод, сиёсат, мафкура. 1-жилд.-Т.: Ўзбекистон, 1996;
Каримов И.А. Биздан озод ва обод Ватан қолсин. 2-жилд.-Т.: Ўзбекистон, 1996; Каримов И.А. Ват
5
Respublikamizning mustaqillikka erishishi mafkuraviy xavfsizlik masalasini
xolis o‘rganish, uni falsafiy anglash bilan bog‘liq nazariy-metodologik masalalar
R.Abdullaev, N.Jo‘raev, A.Achildiev, S.Mamashokirov, M.S.Gafarli, A.G.Kasaev,
R.Z.Jumaev, U.Idirov, M.Mirhamidov, S.Otamurodav, S.Mamashokirov,
A.Xolbekov, N.Safarova kabi faylasuf, pedagog, tarixchi olimlarimiz tomonidan
olib borilayotgan ilmiy izlanishlarda o‘z ifodasini topgan
1
.
Mavjud ilmiy adabiyotlar va izlanishlar tahlili O‘zbekistonda g‘oyaviy-
mafkuraviy tahdidlarni bartaraf etishning usul va vositalari mustaqil tadqiqot
ob’ekti sifatida alohida olingan holda o‘rganilmaganini ko‘rsatadi. Bu tadqiqot
mavzuini ilmiy o‘rganish ob’ekti sifatida tanlab olinishiga sabab bo‘ldi.
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi. O‘zbekistonda g‘oyaviy-mafkuraviy
tahdidlarni bartaraf etishning usul va vositalarini ijtimoiy-falsafiy tahlil etishdan
iborat.
Bitiruv malakaviy ishining vazifalari:
– “tahdid”, “mafkuraviy tahdid” va “mafkuraviy xavfsizlik” tushunchalari
o‘rtasidagi farqli va umumiy jihatlarini aniqlash orqali, ularning mazmunini ochib
berish va ta’riflariga oydinlik kiritish;
– mafkuraviy tahdidning yo‘nalishlarini ilmiy tahlil qilish hamda ular bartaraf
etilishining baholash metodologiyasini ko‘rsatib o‘tish;
– O‘zbekiston Respublikasining xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatuvchi ichki
mafkuraviy tahdidlarni yoritish;
– globallashuv jarayonida O‘zbekiston Respublikasi xavfsizligiga ta’sir
ko‘rsatuvchi tashqi tahdidlar tasnifini ko‘rsatib o‘tish;
1
Қаранг: Абдуллаев Р. Миллий сиёсий ғоялар тарихидан. //Инсон ва сиёсат, №9, 1991; Жўраев Н.
Ўзбекистонда янгиланишлар концепциясининг яратилиши, эволюцияси ва амалиётда қўлланилиши. Сиёсий
фан. докт. дис. автореф.-Т.: “Академия”, 2001; Очилдиев А. Миллий ғоя ва миллатлараро муносабатлар. -Т.:
Ўзбекистон, 2004. Мамашокиров С. “Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар” фани бўйича
илмий-амалий семинар материаллари. -Т.: ЎзМУ, 2004.
6
– mafkuraviy immunitetni yoshlar ongida shakllantirishda o‘quv yurtlarining
rolini yoritib berish;
– mafkuraviy immunitetni shakllantirishda ommaviy axborot vositalari
faoliyatining ahamiyati va uni rivojlantirishga qaratilgan amaliy taklif-tavsiyalarni
ishlab chiqishdan iborat.
Bitiruv malakaviy ishining ob’ekti. O‘zbekistonda g‘oyaviy-mafkuraviy
tahdidlarni bartaraf etishning metodologik asoslari tashkil etadi.
Bitiruv malakaviy ishining predmeti. O‘zbekistonda g‘oyaviy-mafkuraviy
tahdidlarni bartaraf etishning metodologik muammolarini falsafiy jihatdan tadqiq
etishning konseptual prinsiplaridan iborat.
Tadqiqotning nazariy va metodologik asoslari. O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti I.A.Karimovning mamlakatimizdagi g‘oyaviy-mafkuraviy tahdidlarga
bag‘ishlangan asarlari hamda o‘zbekistonlik va xorijlik olimlarning mafkuraviy
xavfsizlik muammosi tahliliga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlarida bayon etilgan
qarashlar va xulosalar BMI nazariy asosi bo‘lib xizmat qildi.
Tadqiqotning metodlari. Ko‘zlangan maqsadga erishish, belgilangan
vazifalarni muvaffaqiyatli hal etishni ta’minlashda ilmiy bilishning: ob’ektivlik,
sistemalilik,
umumiy
aloqadorlik,
rivojlanish,
vorislik,
milliylik
va
umuminsoniylik, tarixiylik va mantiqiylikning birligi tamoyillari hamda qiyosiy
tahlil, analiz va sintez, analogiya, umumlashtirish usullari metodologik asos bo‘lib
xizmat qildi.
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining ilmiy yangiligi:
– ijtimoiy-falsafiy va qiyosiy tahlil qilish asosida “tahdid”, “mafkuraviy
tahdid” va “mafkuraviy xavfsizlik” tushunchalarining mazmuniga aniqlik
kiritishga harakat qilingan;
– jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotidan kelib chiqqan holda mafkuraviy
tahdidlarning yo‘nalishlarini ilmiy tahlil qilish hamda ular bartaraf etilishining
baholash metodologiyasi ko‘rsatib o‘tilgan;
7
– bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasining xavfsizligiga ta’sir
ko‘rsatuvchi ichki mafkuraviy tahdidlar yoritilgan;
– murakkab fenomen hisoblanayotgan globallashuv jarayonida O‘zbekiston
Respublikasi xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatuvchi tashqi tahdidlar tasnifi ko‘rsatib
o‘tilgan;
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining amaliy ahamiyati. Unda o‘z aksini
topgan nazariy xulosalar va umumlashmalar, konkret amaliy taklif-tavsiyalardan
mafkuraviy tahdidlarni bartaraf etishga qaratilgan ijtimoiy-siyosiy, madaniy-
ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish, mustaqillik sharoitida mafkuraviy xavfsizlikni
ta’minlashda sodir bo‘layotgan keng qamrovli ijobiy o‘zgarishlarni ushbu
yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan uyushmalar, jamg‘armalarning faoliyati orqali
keng jamoatchilik o‘rtasida targ‘ib va tashviq qilish jarayonida, o‘rta, o‘rta maxsus
va oliy ta’lim muassasalarida tegishli o‘quv kurslarini o‘qitishda ham foydalanish
mumkinligi bilan belgilanadi.
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining tuzilishi: bet bo‘lib, “Kirish”, ikkita
bob, beshtaa paragraf, “Xulosa” hamda “Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati”dan
iborat.
8
I-BOB. MAFKURAVIY TAHDIDLARNING NAZARIY VA USLUBIY
MASALALARI
1.1.“Mafkuraviy tahdid”- mazmuni va mohiyati
Hozirgi davrda yuksak ma’naviyatli barkamol avlodni tarbiyalash yoshlarda
tarixiy tafakkurni shakllantirish bilan bevosita bog‘liqdir. Respublikamiz
Prezidenti I.A. Karimov yozganidek: “Agarki mendan, hozirgi kunda
ma’naviyatimizni asrash uchun nima qilish lozim va unga tahdid soladigan
xurujlarga nimani qarshi qo‘yish kerak, deb so‘rasa, men avvalombor shu yurtda
yashayotgan har qaysi inson o‘zligini anglashi, qadimiy tariximiz va boy
madaniyatimiz, ulug‘ ajdodlarimizning merosini chuqurroq o‘zlashtirishi, bugungi
tez o‘zgarayotgan hayot voqeligiga ongli qarab, mustaqil fikrlashi va
diyorimizdagi barcha o‘zgarishlarga daxldorlik tuyg‘usi bilan yashashi zarur, deb
javob bergan bo‘lardim.”
1
Haqiqatan ham xalq, millat o‘zining tarixi bilan tirik va
tarixiga tayanib kelajagini barpo etadi. “O‘z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini
unutgan millatning kelajagi yo‘q. Bu haqiqat kishilik tarixida ko‘p bora o‘z isbotini
topgan.”
2
Bugungi kunda jahon tinchligi va xavfsizligiga tahdid solayotgan jiddiy
muammo–xalqaro terrorizmning avjiga chiqishidir. Terrorchilikka ixtisoslashgan
transmilliy uyushgan jinoiy guruhlar faoliyat ko‘lamini kengaytirib, ushbu
guruhlar tomonidan amalga oshirilayotgan qo‘poruvchilik harakatlari tobora
vahshiy va g‘ayriinsoniy tus olmoqda
3
. Afsuski, xalqaro terrorchilik xavfining
o‘sishi begunoh insonlar ko‘rayotgan jismoniy va ma’naviy zararning ortib
borayotganligida namoyon bo‘lmoqda. Amerika Qo‘shma Shtatlarida 2001 yil 11
1
Каримов И.А. Юксак маънавият-енгилмас куч. –Т.: Маънавият, 2008, 17-б.
2
Ўша асар, 4-б.
3
Маълум бўлишича, террорчилик фаолияти билан шуғулланаётган трансмиллий уюшган жиноий
гуруҳларнинг сони тахминан 500 тага етиб, улар томонидан бир йилда содир этиладиган террористик
ҳуружларнинг сони 1500 ташкил қилмоқда. Криминолог-олимлар башорат қилишларича, ушбу рақамлар
йилига 300 % ошиб боради. Батафсил қаранг: Трунов В.Г. Актуальные проблемы борьбы с терроризмом.//
Государство и право.-Москва, 2001.-.№3.-С.51.
9
sentabr kuni ro‘y bergan qo‘poruvchilik harakatlarining natijasida bir necha
daqiqada minglab insonlarning hayotiga nuqta qo‘yilib, ularning aynan jahondagi
eng qudratli davlat hududida sodir etilganligi hech bir istisnosiz, o‘zining harbiy
hamda iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish darajasidan qat’i nazar, har bir mamlakat
terrorchilik qurboniga aylanish mumkinligini tasdiqladi.
Jahon taraqqiyotining hozirgi bosqichida insoniyat g‘oyat murakkab va
ziddiyatli jarayonning guvohi bo‘lmoqda.
Birinchidan, bu dunyo xaritasida yangi davlatlarning vujudga kelishi,
insoniyatning tinch-totuv yashashi va taraqqiyotning o‘ziga xos bosqichga
ko‘tarilishiga xizmat qiladigan imkoniyatlarning paydo bo‘lishi;
ikkinchidan, taraqqiyotga to‘siq bo‘ladigan, demokratik rivojlanishni izdan
chiqaradigan va insoniyat birligiga rahna soladigan g‘oyaviy yo‘nalishlarning
vujudga kelishi;
uchinchidan, globallashuv jarayonini jamiyat hayotining barcha sohalariga
kirib kelayotgani bilan belgilanadi. Bunday sharoitda “tahdid” tushunchasi hamda
amaliyoti o‘ziga xos ma’no va mazmun kasb etadi.
Ushbu vaziyatda jamiyatimizning mustaqil demokratik taraqqiyoti
xavfsizligini ta’minlash masalalari haqqoniy ravishda yangi va yanada
murakkabroq vazifalarni oldimizga ko‘ndalang qilib qo‘ydi. Global vaziyatda
tanlagan yo‘limizdan sobitqadamlik bilan borishimiz uchun hozirgi davr vujudga
keltirgan tahdid omillarini har tomonlama chuqur anglash va ularga qarshi
kurashning samarali yo‘llarini izlab topish hamda amaliyotda qo‘llash dolzarb
ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu umumsotsiologik qonuniyatning mavjudligi
Prezidentimizning 1997 yili chop qilingan, butun dunyo intellektual doiralarining
diqqat e’tiborini jalb etgan “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid,
barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” nomli fundamental asarida atroflicha
asoslab berildi. Bizning nazarimizda, tahdid inson va jamiyat hayotiy faoliyatini
qiyinlashtiradigan, uning barqarorligi, taraqqiyoti va xavfsizligini ta’minlashga
yo‘naltirilgan ijtimoiy-siyosiy tuzilmani zaiflashtirish, ya’ni davlatning
10
konstitutsiyaviy asoslarini buzishga qaratilgan va salbiy oqibatlarni keltirib
chiqaradigan ijtimoiy-siyosiy fenomendir.
Tahdidga qarshi kurashning quyidagi omillarni kiritish lozim deb
hisoblayman:
-umummilliy siyosiy liderning zaruriyati;
-tezlik bilan aniq qaror qabul qilish;
-milliy xavfsizlik uchun dolzarb ishlarni tezkorlik bilan amalga oshirish;
- shoshilinch ravishda tahdidning mazmun-mohiyati, yo‘nalishi haqida jahon
hamjamiyatini ogoh qilish;
-hokimiyat organlari muassasalari faoliyati va mas’uliyatini oshirish;
-tahdidga qarshi umummilliy safarbarlikni ta’minlash;
-OAV orqali tahdidga oid to‘g‘ri va haqqoniy axborotlarni, tahdidning millat
taqdiriga qarshi qaratilganligini tushuntirish;
-xalqning siyosiy ongining kuchiga tayanish;
-umumxalq, umumdavlat yakdilligini oshirish va h.k.
Tahlillar va tajribalardan kelib chiqib shuni alohida e’tirof etish lozimki,
bevosita tahdidga javob qaytarishda ketma-ketlik qoidasiga amal qilish, ya’ni oldin
“siyosiy pauza” davridagi chora-tadbirlarni kutib turish va shundan keyingina
tahdidga javob qaytarish haqida o‘ylashlik katta siyosiy xato bo‘ladi. Boshqacha
qilib aytganda “siyosiy pauza” bilan tahdidga javobning aniq vaqt birligi ichida va
birvarakayiga amalga oshirilishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlar tizimi deb
hisoblamoq kerak. Shundagina bevosita tahdidga javob samarali bo‘ladi.
Xo‘sh, jahon miqyosida tahdidni bartaraf etish borasida sa’y-harakatlar
kutilgan samara bermayotganining boisi nimada? Bizningcha, bu hol quyidagilar
bilan izohlanadi:
Birinchidan.
Tahdidni
bartaraf
etishda
yagona
konsepsiyaning
yaratilmaganligi va bu boradaga yondashuvlarning o‘zaro mushtarak emasligi.
Ikkinchidan. Tahdidni bartaraf etishda ijtimoiy-siyosiy va g‘oyaviy-
mafkuraviy omillarning o‘rni hamda ahamiyatiga yetarli e’tibor berilmayotgani.
11
Uchinchidan. Dunyo mamlakatlari aksariyatining o‘z harbiy kuch-qudrati va
salohiyatiga yuqori, bir tomonlama baho berayotgani.
To‘rtinchidan. Yosh mustaqil davlatlarning tahdidni bartaraf etishga doir
konstruktiv takliflariga bepisandlik bilan qaralib kelinayotgani.
Shu o‘rinda, tahdidni bartaraf etish borasida yurtimizda salmoqli tajriba
to‘planganini ta’kidlab o‘tish zarur.
Tajriba shundan guvohlik beradiki, har bir davlat jamiyatning barqarorligiga
tahdid solishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy xavf-xatarlar hamda ularning oqimlarini
bartaraf etishga doir chora-tadbirlarni nazarda tutgan samarali tizimning
mavjudligi beqiyos ahamiyat kasb etadi. Yurtimizda joriy etilgan ushbu tizimning
alohida o‘rni va qimmati shundaki, u tahdidni oldindan sezish, mohiyati, tabiati va
oqibatlarini anglash, ularni bartaraf etish bilan bog‘liq bo‘lgan keng qamrovli
tadbirlar tizimini ishlab chiqish imkoniyatini yaratadi.
Shunisi ham muhimki, jahon maydonida xalqaro munosabatlarda harbiy
kuch-qudrat emas, balki, intellektual salohiyat, aql-idrok, ilm-fan va ilg‘or
texnologiyalar ustuvor ahamiyat kasb etishi mazkur tizimning takomillashuviga,
yurtimizda bu borada to‘plangan tajribalarni ommalashtirishga xizmat qilgan
bo‘lar edi.
Bu tajribaning mazmun-mohiyati va ahamiyati quyidagi strategik omillar
bilan belgilanadi:
Birinchidan, jamiyatni ma’naviy yuksaltirish. Ma’lumki, zamonning
shavqatsiz sinovlariga qarshi yuksak ma’naviyati va ma’rifati bilan javob bergan
millat hech qachon zavolga yuz tutmagan. Chunki aynan shu omil millatning
zamon bilan hamnafasligini ta’minlagan jamiyat hayotiga tahdidlar tug‘ilgan
vaziyatlarda o‘ziga xos qalqon vazifasini o‘tagan.
Ikkinchidan, harbiy sohani mustahkamlash. O‘zbekistonning mudofaa
doktrinasi o‘z hududni, davlati va xalqini tajovuzlardan himoya qilish
konsepsiyasiga tayanadi. Shu o‘rinda yurtimizda ixcham va yaxshi jihozlangan
kurolli kuchlarni tashkil etishdan maqsad: 1) davlat mustaqilligini saqlash;
12
2)mamlakatning hududiy yaxlitligini himoya qilish; 3)aholining osuda hayot
kechirishini ta’minlash; 4) jamiyat havfsizligini muhofaza qilish ekanini har bir
fuqaro yaxshi anglab olishi kerak. Bunday armiyaning tuzilishi mamlakatimizning
tabiiy ehtiyoj va hayotiy manfaatlari bilan belgilanadi.
Uchinchidan
–iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash. O‘zbekiston iqtisodiy
taraqqiyot strategiyasi, avvalo, xususiy sektorni jadal rivojlantirish konsepsiyasi
asosida amalga oshirilmoqda. Mazkur konetsepsiya mulkdorlar sinfini
shakllantirish orqali jamiyatning iqtisodiy qudratini ta’minlashni nazarda tutadi.
Shuning uchun ham bugun fermerlik va tadbirkorlikni rivojlantirish davlat siyosati
darajasiga ko‘tarilgan.
To‘rtinchidan
– moliyaviy barqarorlikka erishish. Bu umumiy xarajat yalpi
daromaddan oshib ketmasligi, byudjet kamomadi 3 foizdan, inflyatsiya darajasi esa
6-8 foizdan oshmasligini ta’minlash demakdir. Shu yilning birinchi choragida
iqtisodiyotni isloh qilish, mamlakatni yangilash va chuqurlashtirish, 2012-2013
yillarga mo‘ljallab qabul qilingan Inqirozga qarshi choralar dasturini so‘zsiz
bajarish hamda shu asosda iqtisodiyotning yuqori va barqoror o‘sish sur’atlari,
uning samaradorligi hamda makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlashga qaratilgan
chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali erishish iqtisodiyotni izchil rivojlantirish
tendensiyalari saqlanib qoldi.
2014-yilda mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti 8,1 foiz, sanoat ishlab
chiqarish hajmi 8,3 foizga, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi 6,9 foiz, kapital
qurilish 10,9 foiz, chakana savdo aylanmasi hajmi 14,3 foizga oshdi. Ishlab
chiqarilgan mahsulotlarning qariyb 70 foizini yuqori qo‘shimcha qiymatga ega
bo‘lgan tayyor tovarlar tashkil etdi.
Iste’mol tovarlari ishlab chiqarish hajmi 2014-yilda 9,4 foiz, shu jumladan,
oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish 8,7 foiz, nooziq-ovqat mahsulotlari ishlab
chiqarish 10 foizga o‘sdi. Inflatsiya darajasi yil yakunlari bo‘yicha 6,1 foizni
tashkil etdi. Bu prognoz ko‘rsatkichlariga nisbatan sezilarli darajada pastdir.
13
O‘tgan yili soliq yuki 20,5 foizdan 20 foizga, daromad solig‘i stavkasi esa 9
foizdan 8 foizga kamaytirilgan bo‘lsa-da, davlat byudjeti yalpi ichki mahsulotga
nisbatan 0,2 foiz profitsit bilan bajarildi.
Mazkur omil jamiyat iqtisodiy qudratining oshishi, o‘zini o‘zi muhofaza
qilish imkoniyatining ortib borishiga xizmat qiladi. Yuqoridagi fikrlarni xulosa
qilgan holda shuni alohida ta’kidlash lozimki, bugungi kunda mamlakatimizda
ham tahdidlarning yechim va uslublari bilan bog‘liq nazariy muammolarga jiddiy
munosabatni shakllantirish nihoyatda dolzarb vazifa bo‘lib turibdi.
XXI asrning dastlabki yillarida to‘plangan tajriba har bir millatning
mavjudligi, barqaror taraqqiyoti va xavfsizligi, birinchi galda, yangi tahdid va
xavf-xatarlarning manbalari, sabablari, oqibatlari qay darajada anglanayotgani,
idrok etilayotgani hamda ularni bartaraf etish chora-tadbirlarining aniqligi,
izchilligi va samarasi, bir so‘z bilan aytganda “tahdidbardoshlik” darajasiga
bevosita bog‘liq ekanligidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |