Texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarnining oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish



Download 0,65 Mb.
bet3/7
Sana18.04.2022
Hajmi0,65 Mb.
#560410
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
texnogin hususiyatli fv

Parij (Fransiya)


1903 yil 10 avgustda metro mashinisti «Menilmontan» va «Kuronne» stansiyalari o‘rtasida bo‘sh poyezdni boshqarib ketayotgan bo‘lgan. Uning vagonlaridan birida yong‘in yuzaga keladi. U yerda odamlar yo‘q edi, lokomotiv muvaffaqiyatli ajratilib, halokatni chetlab o‘tish mumkin edi. Ammo tutun shu qadar kuchli ediki, keyingi poyezd haydovchisi yonayotgan vagonni ko‘rmay, unga katta tezlikda urilib ketgan. Odamlarning bir qismi bir zumda halok bo‘lgan. Ba’zilari ertasi kuni is gazidan zaharlanib asta-sekin vafot eta boshlagan, chunki olov manbaiga o‘tishning iloji yo‘q edi. Jabrlanganlarga yordam berish uchun o‘t o‘chiruvchilar tunnelni portlatishlariga to‘g‘ri kelgan. Biroq, juda kech bo‘lgan edi. Qutqaruvchilar yetib kelganida 84 kishi vafot etgan bo‘lgan.

Valensiya (Ispaniya)

2006 yil yozida Valensiya metrosida to‘rtta vagonli poyezd halokatga uchragan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, burilishga kirishda poyezd haydovchisi ruxsat etilgan tezlikni oshirib yuborgan va birinchi vagonning g‘ildiraklaridan biri yukga bardosh berolmay sinib ketgan. Voqea natijasida poyezd ag‘darilib ketgan. Fojea 41 kishining o‘limiga olib keldi, o‘nlab yo‘lovchilar jarohat olishdi.
Halokatning sababi sifatida tunnel devorining qulashi taxmini ham ko‘rib chiqilgan. Valensiya hukumati vakili ham, shahar meri ham hodisani «tasodifiy» deb atashgan. Biroq, kasaba uyushmasi rasmiylarni «shoshqaloqlik»da ayblab, mazkur metro liniyasi texnik jihatdan yomonlashib borayotgani tan olinmaganligini ta’kidlagan.
Boku (Ozarbayjon)
1995 yilda ro‘y bergan ushbu fojea dunyo metrolari tarixidagi eng katta avariyalardan biriga aylandi: 286 yo‘lovchi vafot etdi (ulardan 126 nafari ayol va 28 nafari bolalar). Bunga tig‘iz paytda vagonlardan birida dvigatelning yonishi sabab bo‘lgan. Ammo halokatning asosiy sababchisi eskirgan uskunalar emas, inson bo‘lganligi aytiladi.
Mashinist katta xatoga yo‘l qo‘ygan deyiladi. U poyezdni eng yaqin «Narimanov» bekatiga tortish o‘rniga, uni tunnelda to‘xtatib, voqea sodir bo‘lganligi to‘g‘risida xabar beradi va kontakt relsini o‘chirishni talab qiladi. Yo‘lovchilarda vahima boshlangan, vagonlar yonavergan. Odamlar tutun bilan to‘lib ketgan vagondan tunnelga chiqish uchun deraza va eshiklarni sindirganlar. Halok bo‘lganlarning aksariyati tiqilinchda havo yetishmasligidan va vagon charm qoplamasining yonishidan chiqayotgan zaharli tutundan bo‘g‘ilishgan. Tashqarida esa haqiqiy gaz kamerasi bo‘lgan va ko‘rish qobiliyati pastligi sababli qurbonlar yo‘nalishni topa olmaganlar. Ba’zilarni tunneldan chiqmoqchi bo‘lganida elektr toki urib o‘ldirgan. Uch nafar qutqaruvchi ham vafot etgan.
Yonish harorati shunchalik yuqori ediki, poyezd g‘ildiraklari relslarga payvandlanib qolgan. 400 ga yaqin odam evakuatsiya qilingan. Ularning 270 nafari jarohat olgan.

Moskva (Rossiya)

2014 yil 15 iyul kuni ertalab «Park Pobedы» va «Slavyanskiy Bulvar» bekatlari orasidagi hududda to‘satdan tormozlanish sababli uchta vagon relsdan chiqib ketgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, favqulodda vaziyat kuchlanishning birdan pasayishi va yolg‘on signal tufayli sodir bo‘lgan. Avariya natijasida 20 dan ortiq kishi halok bo‘ldi va 100 dan ortiq kishi kasalxonaga yotqizildi. Fojia yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Tegu (Janubiy Koreya)


Tegu shahridagi metroda yong‘in 2003 yil 18 fevralda sodir bo‘lgan. Ushbu falokat metropoliten tarixidagi eng katta voqealardan biri hisoblanadi. Yong‘in natijasida 198 kishi halok bo‘lgan va 147 kishi jarohat olgan. Yong‘in 56 yoshli sobiq taksi haydovchisi, ruhiy kasal Kim Dexanning o‘t qo‘yishidan kelib chiqqan.



O‘zbekistonda 2021-yil davomida hozirgacha yuz bergan yo‘l-transport hodisalari orasida eng yirigi yuz bergan edi. O‘sh—Toshkent A-373 yo‘lining 184-kilometrida Namangan—Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan MAN rusumli tirkamasi bor yuk mashinasi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida kamida 8 ta avtomobil o‘zaro to‘qnashgan, ulardan biri yonib ketgan edi.




Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish