R. O. Xolbekov



Download 1,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/30
Sana11.11.2019
Hajmi1,75 Mb.
#25582
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30
Bog'liq
buxgalteriya hisobi nazariyasi

ular manbalari umumlashtirib ko‘rsatilsa, analitik schyotlarda esa ular
haqidagi ma’lumotlar ularning turlari bo‘yicha alohida-alohida hamda
uch o‘lchov birligi ham qo‘llanilib aks ettiriladi. Tovarlarning umumiy
qiymati  2910  –  «Ombordagi  tovarlar»  sintåtik  schyotidan  olinadi,
ya’ni  30  320  000  so‘m  .  Shundan,  sovutkichlar:  «SINO»  –  2  ta  1
000000 so‘mdan – 2 000 000 so‘m, «Îðñê» – 8 ta 1 200 000 so‘mdan
– 9 600000 so‘m, «DAEWOO» 10 ta 8 00000 so‘mdan – 8 000000
so‘m, vidåokameralar, «DAEWOO» 2 ta – 1 400000 so‘mdan 2 800000
so‘m, «Samsung» 2 ta – 1 960 000 so‘mdan 3 920000 so‘m «Philips»
– 2 ta 2 000000 so‘mdan 4 000 000 so‘mni tashkil etadi. Bu mablag‘lar
sotish uchun «Ombordagi tovarlar» sintåtik schyotida hisobga olinadi
va  har  biri  uchun  alohida-alohida  kartochka  ochiladi.  Mana  shu
kartochkalar analitik schyotlar deb ataladi.
Analitik schyotlardagi ma’lumotlarning jami ularni umumlashtiruvchi
sintåtik  schyotning  ma’lumoti  bilan  tång  kålishi  zarurligi  -  bu
schyotlarning  o‘zaro  aloqadorligini  va  bir-birini  to‘ldirib  borishini

64
bildiradi. Korxona xo‘jalik mablag‘larining tashkil topish manbalarini
ifodalovchi sintåtik schyot va analitik schyotlar ham xuddi shu tartibda
bo‘ladi. Anlitik schyotlar korxona mablag‘lari va ularning tashkil topish
manbalarining har bir turi bo‘yicha alohida -alogida ma’lumot båradi.
Masalan, mashina va uskunalarning eskirishining sintåtik hisobi 0230 –
«Mashina va uskunalarning eskirishi» schyotida yuritilib, passiv schyot
hisoblanadi.
Korxonada  mavjud  bo‘lgan  mashina  va  boshqa  uskunalarning
eskirishi ularning har biri bo‘yicha alohida yuritiladi. Bu mashina va
uskunalarning eskirishining analitik hisobi ular uchun alohida-alohida
ochilgan inventar kartochkalarda olib boriladi. Analitik hisob yordamida
aniqlangan  eskirish  summalari  jamlanib,  sintåtik  hisobda  0230  –
«Mashina  va  uskunalarning  eskirishi»  schyotida  yuritiladi.  Analitik
schyotlarning yig‘indisi sintåtik schyotga tång bo‘ladi.
9. Aylanma (oborot) vådomostlar
Korxonada mavjud bo‘lgan xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil
topish manbalarining holati haqida, umuman korxona xo‘jalik faoliyati,
moliyaviy natijalariga baho bårish uchun balans tuziladi. Ma’lumotlarni
balansga ko‘chirishdan oldin hisob ishlari to‘g‘ri yuritilganligini hamda
xo‘jalik moliyaviy holatiga baho bårish va balans tuzish uchun aylanma
vådomostlari tuziladi.
Buxgaltåriya  hisobi  schyotlari  ko‘rib  o‘tilganidåk,  bir  xo‘jalik
mablag‘lari yoki ularning tashkil topish manbalari to‘g‘risida ma’lumot
båradi. Aylanma vådomostlar esa buxgaltåriya hisobi schyotlari ma’lu-
motlarini jamlovchi jadvaldir.
Aylanma vådomostlar korxonaning barcha o‘z mablag‘lari va ularning
tashkil topish manbalari harakati to‘g‘risidagi ko‘rsatkichlarni buxgal-
tåriya  hisobi  schyotlari  ma’lumotlari  asosida  oylar  bo‘yicha  umum-
lashtirish uchun ochiladi.
Aylanma vådomostlari ikki xil bo‘ladi:
1. Sintåtik hisob, sintåtik schyotlari bo‘yicha aylanma vådomosti.
2. Analitik hisob, analitik schyotlari bo‘yicha aylanma vådomosti.
Aylanma  vådomostlarida  obyåktlarning  boshlang‘ich  qoldig‘i  oy
davomidagi harakati va oy oxiriga qoldig‘i aks ettiriladi.
Sintåtik schyotlarda ma’lumotlar umumlashtirilib, faqat pul ko‘rsat-
kichida ifodalanadi. Sintåtik hisob, sintåtik schyotlari aylanma vådo-
mostlari quyidagicha shaklda bo‘ladi:

65
Analitik schyotlarda esa natura va boshqa o‘lchov birliklari qo‘llani-
lishi ular shaklini quyidagi ko‘rinishda bo‘lishini taqozo etadi:
r
a
l
t
o
y
h
c
S
r
a
l
t
o
y
h
c
S
r
a
l
t
o
y
h
c
S
r
a
l
t
o
y
h
c
S
r
a
l
t
o
y
h
c
S
i
m
a
q
a
r
g
n
i
n
r
a
l
t
o
y
h
c
S
g
n
i
n
r
a
l
t
o
y
h
c
S
g
n
i
n
r
a
l
t
o
y
h
c
S
g
n
i
n
r
a
l
t
o
y
h
c
S
g
n
i
n
r
a
l
t
o
y
h
c
S
i
m
o
n
h
c
i
‘
g
n
a
l
h
s
o
B
h
c
i
‘
g
n
a
l
h
s
o
B
h
c
i
‘
g
n
a
l
h
s
o
B
h
c
i
‘
g
n
a
l
h
s
o
B
h
c
i
‘
g
n
a
l
h
s
o
B
q
i
d
l
o
q
)
a
d
m
‘
o
s
(
g
n
i
n
r
a
l
t
o
y
h
c
S
g
n
i
n
r
a
l
t
o
y
h
c
S
g
n
i
n
r
a
l
t
o
y
h
c
S
g
n
i
n
r
a
l
t
o
y
h
c
S
g
n
i
n
r
a
l
t
o
y
h
c
S
i
s
a
m
n
a
l
y
a
)
a
d
m
‘
o
s
(
q
i
d
l
o
q
i
g
r
i
x
O
q
i
d
l
o
q
i
g
r
i
x
O
q
i
d
l
o
q
i
g
r
i
x
O
q
i
d
l
o
q
i
g
r
i
x
O
q
i
d
l
o
q
i
g
r
i
x
O
)
a
d
m
‘
o
s
(
D
Ò
K
Ò
D
Ò
K
Ò
D
Ò
K
Ò
-
t
k
å
y
b
O
-
t
k
å
y
b
O
-
t
k
å
y
b
O
-
t
k
å
y
b
O
-
t
k
å
y
b
O
i
m
o
n
r
a
l
-
a
B -
a
B -
a
B -
a
B -
a
B
i
s
o
h
g
n
a
l
h
s
o
B
g
n
a
l
h
s
o
B
g
n
a
l
h
s
o
B
g
n
a
l
h
s
o
B
g
n
a
l
h
s
o
B
q
i
d
l
o
q
h
c
i
‘
m
i
r
i
K m
i
r
i
K m
i
r
i
K m
i
r
i
K m
i
r
i
K
m
i
q
i
h
C
m
i
q
i
h
C
m
i
q
i
h
C
m
i
q
i
h
C
m
i
q
i
h
C
i
g
r
i
x
O
i
g
r
i
x
O
i
g
r
i
x
O
i
g
r
i
x
O
i
g
r
i
x
O
q
i
d
l
o
q
i
n
o
S
a
m
m
u
S
i
n
o
S
a
m
m
u
S
i
n
o
S
a
m
m
u
S
i
n
o
S
a
m
m
u
S
Analitik  schyot  qaysi  sintåtik  schyot  doirasida  ochilgan  bo‘lsa,
uning  aylanma  qaydnomadagi  ma’lumotlari  tågishli  sintåtik  schyot
ma’lumotlari bilan mos kålishi zarur. Sintåntik hisob schyotlari bo‘yicha
aylanma boshlang‘ich qoldiq qatoridagi Dåbåt va Krådit summalari
tång kålishi shart bu tånglik ulardagi ko‘rsatkichlar xo‘jalik mablag‘lari
(aktiv schyotlar) va ular tashkil topish manbalari (passiv schyotlar)
boshlang‘ich qoldiqlarini bildirishi bilan izohlanadi. Aylanma bo‘li-
midagi  Dåbåt  va  Krådit  summalari  jamining  ham  tångligi  zaruriy
shart  bo‘lib,  bu  tånglik  esa  xo‘jalik  jarayonlarini  buxgaltåriya
provodkasi orqali bir vaqtda bir xil summani bir schyotning dåbåti va
ikki  schyot  kråditida  ikki  yoqlama  yozuv  orqali  aks  ettirishi  bilan
izohlanadi.  Oxirgi  bo‘limdagi  Dåbåt  va  Krådit  summalarning  jami
tångligi korxonadagi mavjud bo‘lgan xo‘jalik mablag‘lar va ular tashkil
topgan manbalarini aylanma qaydnoma tuzilayotgan vaqtdagi miqdor
holatini bildirishi bilan tushuntiriladi.
XULOSA
Schyotlar tizimi xo‘jalik mablag‘larini tashkil topish manbalarini,
xo‘jalik  jarayoni  natijasida  ularning  tarkibiy,  miqdoriy  va  harakat
jihatidan o‘zgarib borishini iqtisodiy guruhlash va doimo tåzkor nazorat
qilib borishdir.
Ikki  yoqlama  yozuv  –  bu  xo‘jalik  jarayonida  vujudga  kåladigan
o‘zgarishlarni schyotlar tizimi orqali ifodalanishidir.
Ikki yoqlama yozuv usulining ahamiyati shundaki, uning yordamida,
hisob ishlari to‘g‘ri yuritilayotganligini nazorat qilib borish imkoniyati
5 – R.O.  Xolbekov

66
yaratiladi.  Xo‘jalik  jarayonini  bir  schyotining  dåbåti  va  ikkinchi
schyotning kråditida aks ettirilishi buxgaltåriya o‘tkazmasi dåyiladi.
Schyotlarni ular ma’lumotlarni qay darajada aks ettirishiga qarab
sintåtik va analitik schyotlarga ajratish mumkin. Sintåtik schyotlarda
xo‘jalik mablag‘lari va ular tashkil topish manbalari haqidagi ma’lumotlar
umumlashtirib,  pul  o‘lchov  birligida  aks  ettiriladi.  Sintåtik  schyotlar
orqali yuritiladigan hisob esa sintåtik hisob dåb ataladi.
Aylanma vådomostlar schyotlarning oy boshiga va oxiriga qolgan
qoldig‘i hamda oy bo‘yicha aylanma ma’lumotlarga asosan oy oxirida
tuziladi,  aylanma  vådomostlar  sintåtik  va  analitik  schyotlar  bo‘yicha
tuzilishi mumkin. Aylanma vådomostda uch juftxonalar mavjud bo‘lib,
ularda har bir schyot bo‘yicha oy boshiga qoldiq, oy aylanmalari va oy
oxiriga qolgan qoldiq ko‘rsatiladi. Aylanma vådomostdagi o‘zaro tånglik
dåbåt va krådit aylanmalari rågistratsiya jurnalining jamiga ham tång
bo‘lishi kårak. Buning sababi har bir xo‘jalik muomalasining summasi
rågistratsiya  jurnalida  hamda  schyotlarning  dåbåt  va  kråditida  aks
ettiriladi. Bunday o‘zaro tånglik katta nazorat ahamiyatiga ega. Aylanma
vådomostning schyotlar bo‘yicha qoldiqlariga asosan buxgaltåriya balansi
tuziladi.  Aylanma  vådomostlarni  tuzish  ko‘p  måhnat  talab  qiladigan
jarayon  bo‘lib  hisoblanadi.  Buxgaltåriya  hisobi  shakllarini  va  hisob
rågistratsiya usullari takomillashishi natijasida aylanma vådomostlar asta-
såkin yo‘qola bormoqda. Hisobni zamonaviy tashkil etishda ular istisno
tarzida ayrim hollarda qo‘llaniladi.
Aylanma vådomostlari ikki xil bo‘ladi:
– sintåtik hisob sintåtik schyotlari bo‘yicha aylanma vådomosti;
– analitik hisob analitik schyotlari bo‘yicha aylanma vådomosti.
Tayanch iboralari
Schyotlar  råjasi,  schyotlar  tizimi,  schyotlarning  oboroti,  schyotlarning
qoldig‘i,  balansdagi  schyotlar,  balansdan  tashqari  schyotlar,  aktiv  va
passiv schyotlar, mablag‘ va manba, ikki yoqlama yozuv, oddiy buxgaltåriya
provodkasi, murakkab buxgaltåriya provodkasi, kontraraktiv, kontrarpassiv,
sintåtik  hisob,  analitik  hisob,  aylanma  vådomost.
Mavzu yuzasidan nazorat savollari va topshiriqlar
1.  Buxgaltåriya  hisobi  schyotlari  tizimi  nima?
2.  Schyotlarning  tuzilishini  ayting.
3. Buxgaltåriya hisobi schyotlari iqtisodiy mazmuniga ko‘ra qanday guruh-
lanadi?
4.  Buxgaltåriya  hisobi  schyotlari  vazifasiga  ko‘ra  qanday  guruhlanadi?

67
5.  Buxgaltåriya  hisobi  schyotlari  balanslari  joylashishiga  qarab  qanday
guruhlanadi?
6.  Aktiv  schyotlarda  oxirgi  qoldiq  qanday  topiladi?
7.  Passiv  schyotlarda  oxirgi  qoldiq  qanday  topiladi?
8.  Schyotlarning  oboroti  dåb  nimaga  aytiladi?
9.  Tranzit  schyotlar  dåb  nimaga  aytiladi?
10.  Ikki  yoqlama  yozuv  nima?
11.  Ikki  yoqlama  yozuv  qachon  va  kim  tomonidan  kashf  etilgan?
12.  Buxgaltåriya  provodkasi  dåganda  nimani  tushunasiz?
13.  Sintåtik  va  analitik  hisoblarning  farqi  hamda  o‘zaro  bog‘liqligi  ni-
mada?
14.  Oddiy  buxgaltåriya  yozuvi  (provodkasi)  bilan  murakkab  buxgaltåriya
yozuvining  qanday  farqi  bor?
15.  Aylanma  vådomost,  uning  turlarini  ayting.
16.  Aylanma  vådomostlarning  ahamiyati  nimada?

68
4- bîb. Baholash va kalkulatsiya
1. Baholash va uning ahamiyati
Buxgaltåriya hisobi usuli elåmåntlaridan biri baholash bo‘lib, uning
ahamiyati butun xo‘jalik miqyosida ham kattadir.
Baholash – xo‘jalik mablag‘lari, majburiyatlar va xo‘jalik jarayon-
larini pul o‘lchov birligida aks ettirish usulidir.
Ma’lumki,  korxona  faoliyatida  ishlatiladigan  xo‘jalik  mablag‘lari
va  ularning  tashkil  topish  manbalari  turli  bo‘lib,  o‘lchov  birliklari,
shakl hamda tuzilishlari, tashkil topishlari har xil ko‘rinishga egadir.
Korxona xo‘jalik faoliyatida ro‘y båradigan xo‘jalik jarayonlari natijasida
mablag‘ va ularning tashkil topish manbalari ham miqdor, ham hajm
jihatdan o‘zgarishi ham tabiiy holdir.
Dåmak,  ular  hisobining  yuritish  uchun  yagona  o‘lchov  birligi  –
puldan foydalanmaslikning iloji yo‘q. Korxona mulki hisobi yuritilayot-
ganda baholanadi.
«Buxgaltåriya hisobi haqida»gi qonunga asosan, aylanma aktivlarni
baholash ikki xil ko‘rinishda amalga oshiriladi:
Haqiqiy tannarxda – ishlab chiqarish tannarxi.
Bozor bahosida – sotish sof qiymati.
Korxona  mulklari  baholanayotganda  ularning  tuzilishi,  foydala-
nilishi, ishlab chiqarishda qatnashishi, maqsadli mo‘ljali kabi xususiyatlari
e’tiborga  olinadi.
Masalan, savdo korxonalarida tovarlar sotib olish va sotish baholarida
hisobga olinadi.
Yana bir mablag‘ – asosiy vositalar hisobi yuritishda quyidagicha
baholardan foydalaniladi.
Boshlang‘ich  qiymat  –  asosiy  vositalarni  xarid  qilish,  kåltirish,
tashish, o‘rnatish va umuman foydalanish holatiga kåltirish bilan bog‘liq
bo‘lgan xarajatlar yig‘indisidan iborat.
Joriy qiymat  –  ma’lum  bir  muddatga  amaldagi  bozor  baholariga
moslashtirilgan asosiy vosita qiymati yoki manfaatdor tomonlar o‘rtasida
almashiladigan asosiy vosita summasi. Joriy qiymat asosiy vositalarning
qayta baholashishi natijasida vujudga kåladi.

69
Asosiy vositalarning qayta baholanishi esa ikki holat natijasida vujudga
kåladi:
– hukumat qaroriga ko‘ra;
– ta’sischilar qaroriga asosan.
Qoldiq  qiymat  –  bu  asosiy  vositalarning  boshlang‘ich  yoki  joriy
qiymat bilan jamg‘arilgan amortizatsiya summasining farqidir.
Tugatish qiymati – asosiy vositalarning foydalanish muddati tugashi
natijasida  vujudga  kålishi  mo‘ljallanayotgan  qiymatdan,  hisobdan
chiqarish bo‘yicha kutilayotgan xarajatlar ayirmasidir.
Amortizatsiya qilinadigan qiymat – bu asosiy vositalarning bosh-
lang‘ich  qiymati  bilan  nazarda  tutilayotgan  (baholangan)  tugatish
qiymati o‘rtasidagi farqdir.
Asosiy  vositalarning  yuqorida  sanab  o‘tilgan  baholash  natijasida
vujudga kåladigan qiymatlari Buxgaltåriya Hisobi Milliy Standartining
(BHMS) 5-sonli standartida kåltirib o‘tilgan.
Xo‘jalik mablag‘lari baholanayotganda haqiqiylik va bir xillik prin-
sipiga rioya qilinishi shart.
Haqiqiylik prinsipi xo‘jalik mablag‘larining so‘mda baholanilishini
to‘g‘ri amalga oshirilishini talab etadi.
Bir xillik prinsipi baholanishida quyidagicha namoyon bo‘ladi. Joriy
hisobda  mablag‘  qanday  baholangan  bo‘lsa,  balans  va  hisobotning
boshqa shakllarida aks ettirilganda ham shu bahoda ko‘rsatilishi shart.
Yuqorida tovarlar hamda asosiy vositalar baholanishi haqida ma’lu-
motlar kåltirildi. Quyida korxonalarning ba’zi mulklarini baholanishi
haqida so‘z yuritiladi.
Matåriallar aylanma mablag‘lar hisoblanib, ularning korxona xo‘jalik
faoliyatidagi harakati tåz amalga oshadi. Matåriallarning har bir turini
tayyorlash,  ularning  haqiqiy  tannarxini  aniqlash,  hisoblash  ko‘pgina
hisob-kitob hamda vaqtni talab etadi. Matåriallarni baholashda quyidagi
baholardan foydalaniladi: matåriallarning råja bahosi va haqiqiy tannarxi.
Matåriallarning haqiqiy tannarxi va råja bahosi bo‘yicha baholari
o‘rtasidagi farq analitik hisob orqali aniqlanadi va «Matåriallar qiymati
o‘rtasidagi farqlar» – 1610 schyotda aks ettiriladi.
Jahonda sarflangan matåriallarning haqiqiy tannarxini aniqlashda
baholashning quyidagi usullaridan foydalaniladi:
–  FIFO  –  o‘rtacha  chamalangan  baholar  bo‘yicha,  birinchi  tu-
shum – birinchi xarajat;
–  LIFO  –  o‘rtacha  chamalangan  baholar  bo‘yicha,  o[irgi  tu-
shum – oxirgi xarajat;

70
– AVECO – î‘rtacha tannarx.
Buxgaltåriya  Hisobi  Milliy  Standartining  4-  sonida  matåriallarni
baholashda AVECO usulidan foydalanish tavsiya etilgan.
Majburiyatlar baholanishi tomonlar kålishuviga asosan, pul ko‘ri-
nishida  aks  ettiriladi.  Sud  qaroriga  ko‘ra,  vujudga  kålgan  majburiyat
summasi esa sudning tågishli qaroriga asosan aks ettiriladi.
Moliyaviy qo‘yilmalar joriy va bozor baholarida hisobga olinadi.
Nomoddiy  aktivlar  baholanganda  boshlang‘ich  qiymatda,  bozor
qiymatida, balans (hisob) qiymatda va hokazolarda hisobga olinadi.
2. Kalkulatsiya buxgaltåriya hisobi usulining
bir elåmånti sifatida
Kalkulatsiya  –  tannarxni  aniqlash  dåmakdir.  Tannarx  deganda
mahsulot tayyorlash yoki xizmat ko‘rsatish uchun kåtgan xarajatlarning
puldagi ifodasi tushuniladi.
Ushbu usuldan korxona mulklaridan ba’zilarining hisobini yuritishda
foydalaniladi. Masalan, ishlab chiqarilgan mahsulot, matårial tannarxini
aniqlash.
Shuningdåk, savdo korxonalaridagi muomala xarajatlari, moddalari,
summalarini  tovarlar  bo‘yicha  tågishli  ravishda  taqsimlashda  ham
kalkulatsiyadan foydalaniladi.
O‘zbåkiston  Råspublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  «Tasdilangan
xarajatlar to‘g‘risida»gi nizomida xo‘jalik yurituvchi subyåktlar faoliya-
tida vujudga kåladigan xarajatlar tarkibi yoritib bårilgan.
Buxgaltåriya hisobining ushbu usuli boshqa usullar bilan uzviy bog‘liq
bo‘lgan. Umuman, e’tibor bårilsa, buxgaltåriya hisobining hamma usuli
ham o‘zaro uzviy bog‘langan.
Kalkulatsiya usulining schyotlar tizimi bilan bog‘liqligi shundaki,
kalkulatsiya qilinishi talab etilayotgan mablag‘ bilan bog‘liq xarajatlar
tågishli schyotlarda aks ettiriladi.
Baholash  bilan  kalkulatsiyaning  bog‘liqligi  shundaki,  kalkulatsiya
orqali aniqlangan tannarxlar baholash ko‘rinishida hisobga olinadi.
Turli mablag‘lar tannarxi kalkulatsiya yordamida aniqlanadi, masa-
lan,  måhnat  buyumlari,  tayyorlangan  mahsulot,  sotilgan  tovar  (ish,
xizmat)lar tannarxi ham kalkulatsiya yordamida aniqlanadi.
Barcha  mablag‘lar  tannarxi  hisoblanayotganda  korxona  xo‘jalik
jarayonlaridagi  –  ta’minot,  ishlab  chiqarish,  sotishdagi  xarajatlari
hisobga olinadi.

71
O‘zbåkiston Råspublikasida ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan
ishlar,  ko‘rsatilgan  xizmatlar  tannarxini  hisoblashning  uslubiy  asosi
bo‘lib, 1995- yilning 1- yanvaridan amaliyotga joriy qilingan va Vazirlar
Mahkamasining 1999- yilning 5- fåvralidagi 54-sonli qarori bilan qayta
ko‘rib  chiqilgan  «Mahsulot  (ishlar,  xizmatlar)  ni  ishlab  chiqarish  va
sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish
tartibi to‘g‘risida»gi Nizom hisoblanadi
Ushbu Nizomda barcha xarajatlar quyidagicha guruhlangan:
Mahsulotning  ishlab  chiqarish  tannarxiga  kiritiladigan  xarajatlar
(bunday xarajatlarga ishlab chiqarishda båvosita qatnashgan xarajatlar
kiradi):
a) båvosita va bilvosita moddiy xarajatlar;
b) båvosita va bilvosita måhnat xarajatlari;
d)  boshqa  båvosita  va  bilvosita  xarajatlar  shu  jumladan,  ishlab
chiqarish xususiyatlariga ega bo‘lgan ustama xarajatlar.
Ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan, ammo asosiy faoliyatdan
olingan foydada hisobga olinadigan davr xarajatlariga kiritiladigan xa-
rajatlar (bunday xarajatlarga ishlab chiqarishda båvosita qatnashmay-
digan xarajatlar kiradi )
a) sotish xarajatlari;
b) boshqarish xarajatlari (ma’muriy sarf-xarajatlar);
d) boshqa opåratsion xarajatlar va zararlar.
Xo‘jalik yurituvchi subyåktning umum xo‘jalik faoliyatidan olingan
foyda  va  zararlarni  hisoblab  chiqishda  hisobga  olinadigan  xo‘jalik
yurituvchi subyåktning moliyaviy faoliyati bo‘yicha xarajatlari:
a) foizlar bo‘yicha xarajatlar;
b) xorijiy valuta bilan opåratsiya bo‘yicha salbiy kurs tafovutlari;
d) qimmatli qog‘ozlarga qo‘yilgan mablag‘larni qayta baholash;
e) moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar.
Yuqorida mahsulot tannarxiga kiritiladigan va kiritilmaydigan xa-
rajatlar kåltirib o‘tildi.
Mahsulot  tannarxiga  kiritiladigan  båvosita  va  bilvosita  moddiy
xarajatlar,  båvosita  hamda  bilvosita  måhnat  xarajatlari,  shuningdåk
boshqa xarajatlar moddalari mavjud bo‘lib, ular Nizomda kång yoritil-
gan. Obyåkt tannarxi kalkulatsiya qilinayotganda uning qay darajada
aniq  bo‘lishi  hisobni  to‘g‘ri  yuritilishiga,  xarajatlarning  tågishli
schyotlarda aks ettirilishiga bog‘liqdir.
Bunga  erishish  uchun  xarajatlar  analitik  hisobini  to‘g‘ri  yo‘lga
qo‘yish,  xarajatlar  bilan  bog‘liq,  xo‘jalikni  yaxshi  yo‘lga  qo‘yish,

72
shuningdåk,  xarajatlar  moddalarini  guruhlanishini  yaxshi  o‘zlashtirib
olish kårak bo‘ladi.
Mahsulot tannarxining to‘g‘ri aniqlash uchun xarajatlarni davrlar
bo‘yicha  to‘g‘ri  taqsimlash  kårak  bo‘ladi.  Bunday  holat  gazåta  va
jurnallar uchun korxonalar obunasi davrida, shuningdåk, yangi mahsulot
ishlab chiqarish bilan bog‘liq xarajatlar sarflangan davrda yuzaga kåladi.
Ma’lumki,  korxonalar  obunani  yilning  oxirgi  oylarida  amalga
oshiradilar, obuna to‘lovlari ham shu oylarda to‘lanadi. Vaholanki,

Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish