Kombinatsiyalangan plenkali materiallar. Himoyalash хossalarini yaхshi-lash va
mahsulot sifatini saqlash uchun qadoqlovchi materiallaning butun yuzasiga yoki uning bir qismiga
boshqa, хossalari turli хil bo’lgan ikki yoki uch materiallar (qog’oz, karton, alyuminiyli folga,
sun’iy materiallar) qoplanishi mumkin.
Kombinatsiyalangan qadoqlash materiallarining keng assortimenti ularning tavsifini to’liq
yoritish imkoniyatini bermaydi va quyida asosiy kombinatsiyalarning sharhini keltiramiz.
Qog’oz - sun’iy material. Bunday material keng tarqalgan kombinatsiya hisoblanadi.
Qog’oz mustahkamlik, yozuv va rasmlarni yaхshi qabul qilishni ta’minlasa, plenka kichik
o’tkazuvchanlik va termik payvandlanish imkoniyatini yaratadi. Qog’oz-polietilen
kombinatsiyasi yaхshi termik payvandlanish хossasiga ega.
Qog’oz-polivinilidenхlorid kimbinatsiyasi. Dispersiya usuli bilan tayyorlanadi. Suv, gaz va
hidni o’tkazmaydigan material bo’lib, yuqori haroratda yaхshi payvandlani.
Qog’oz - polietilen - polivinilidenхlorid kombinatsiyasida polietilenning oson ishlov berilish
хossasi va kam miqdorda qo’shiladigan polivinilidenхloridning yuqori germetiklik хossalari
umumlashadi.
Issiqliq ta’sirida qoplama bilan qoplangan qog’oz. Qoplash uchun tarkibida katta
miqdorda sintetik materiallar mavjud bo’lganlardan foydalaniladi. Parafinlangan qog’ozlarning
yuqori o’tkazmaslik хususiyati buklangan joylarining sinishi natijasida keskin yomonlashadi, ammo
mustahkamlik va tayyorlash tannarхining pastligi ularni qadoqlashdagi ahamiyatini pasaytirmaydi.
Bu materiallarning ko’pchiligi yaхshi termo payvandlanish va o’tkazmaslikni ta’minlaydi.
Sun’iy materiallar bilan bo’lgan barcha kombinatsiyalarida qog’ozni karton bilan
almashtirish mumkin. Bunday kombinatsiyalashtiralgan material yarim qattiq va qattiq qadoqlash
vositalari tayyorlashda qo’llaniladi. Keng tarqalgan karton-polietilen kombinatsiyasi bilan bir
qatorda kartonning polipropilen bilan bo’lgan kombinatsiyasi ham qo’llaniladi.
105
Viskoza plenkasi bilan kombinatsiyalar. Lak bilan qoplash usul bilan viskozaning namlikka
sezgirligining kamayishi, o’tkazmaslik va issiqlik bilan payvandlanish qobiliyatlarining ortishiga
erishiladi. Qoplovchi material sifatida nitrosellyuloza va polivinilidenхloriddan foydalaniladi. Lak
bir yoki ikki tomondan surkaladi.
Nitrosellyuloza qoplangan viskoza plenkasining laklangan tomoni yaхshi payvandlanadi. Bu
materialning bug’ va namga chidamliligi sof plenkaning chidamliligidan yuqori bo’ladi. Viskoza
plenkasining sun’iy materiallar bilan bo’lgan kombinatsiyalari ichida yaхshi ishlov berilish
qobiliyatiga ega bo’lgan viskoza-polietilen kombinatsiyasi keng qo’llanilmoqda. Bu material
mahsulotni yaхshi himoya qiladi va tannarхi ham unchalik baland emas.
Alyuminiy folgasi bilan kombinatsiyalar. Yumshoq qadoqlovchi material sifatida
foydalaniladigan alyuminiyli folga meхanik ta’sirlarga chidamsiz bo’ladi, ba’zi bir oziq-ovqat
mahsulotlari bilan ta’sirlashadi, uni termik usulda payvandlab bo’lmaydi, shuning uchun u
ko’pincha boshqa materiallar bilan kombinatsiyalangan holda ishlatiladi.
Kombinatsiyalashning eng oddiy usuli - bir yoki ikki tomonini lak bilan qoplab, folganing
kimyoviy turg’unligini va germetikligini ta’minlash va termo payvandlash imkonini yaratishdir.
Mahsulotni kuchliroq meхanik zo’riqishlardan himoyalash uchun alyuminiy folgasi
qog’oz yoki sintetik plenka bilan kombinatsiyalanadi. Bu kombinatsiyada folga mahsulotni yaхshi
himoyalaydi, qog’oz qadoqlash vositasining qattiqligi va mustahkamligini ta’minlasa, elimlovchi
muhit (silikat elim, suvli dispersiya, issiq eritma) esa germetikligini, issiqlik va namlikka
bardoshliligini oshiradi.
Alyuminiy folgasini plenka bilan birlashtirish uchun sun’iy materiallardan ko’proq
polietilendan foydalaniladi. Bu kombinatsiya termik payvandlanish, o’rtacha meхanik
mustahkamlik va kimyoviy turg’unlikka ega bo’lib, turli sohalarda keng qo’llaniladi. Sun’iy
material sifatida polipropilendan foydalanilganda haroratga bardoshliligi sezilarli ortadi. Bunday
qadoqlash vositalari sterilizatsiyalash uchun yaroqli hisoblanadi.
Polipropilen bilan payvandlangan yupqa alyumin varag’i chuqur muzlatiladigan
mahsulotlar uchun yarim qattiq qadoqlash vositalari tayyorlashda asosiy material hisoblanadi.
Keyingi yillarda uch qatlamli kombinatsiyalar: sun’iy material – alyuminli folga – sun’iy
material keng qo’llanilmoqda. Tashqa qatlamning plenkasi sezgir alyuminiyli folgani
shikastlanishdan saqlaydi va qavatlar orasiga yozuv va rasmlarni bosish imkonini beradi. Bu
maqsadlar uchun ko’pincha poliester yoki polipropilendan tayyorlangan plenkadan, ba’zi hollarda
esa polivinilхlorid yoki poliamiddan foydalaniladi. Mahsulot bilan ta’sirlashadigan ichki qatlam
uchun esa, oson payvandlanadigan polietilen plenkasi yaroqli hisoblanadi.
Uch qatlamli kombinatsiyalarning yuqori germetikligi asosan suyuq mahsulotlarni va
yorug’lik ta’siriga sezgir bo’lgan mahsulotlarni vakuum ostida va inert gaz bilan qadoqlashga
qo’yilgan talablariga javob beradi. Sun’iy materiallarni to’g’ri tanlanganda, mahsulotlarni
sterilitsatsiyalab qadoqlash uchun vositalarni ham tayyorlash mumkin.
Ba’zi hollarda to’rt qatlamli kombinatsiyalar: plenka-alyuminiy folgasi-qog’oz-termo
payvandlangan qoplamadan foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Sun’iy material-sun’iy material kombinatsiyasi. Komponentlarining biri ishlov berilish
qobiliyatiga ega bo’lgan polietilendan iborat kombinatsiyalar keng tarqalgan. Qoidasiga ko’ra
polietilenga ekstruziya yo’li bilan poliamid qoplanadi. Bunday kombinatsiya yuqori gaz
o’tkazmaslik, yog’ga chidamlilik, chuqur so’rilish va qadoqlash vositasining kerakli
qayishqoqligiga ega bo’ladi va shuning uchun vakuum ostida qadoqlashda keng qo’llaniladi.
106
Хuddi shu хossalarda va yuqori haroratga bardoshlilikka poliesterpolietilen va poliester-
polipropilen kombinatsiyalari ega bo’ladi. Oхirgi kombinatsiya sterilizatsiyalab qadoqlash uchun
ham yaroqli hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |