O‘zbekiston respublikasi mudofaa vazirligi


 – o‘quv savoli. Dala-o‘quv mashg‘ulotlariga  tayyorgarlik  ko‘rish  va



Download 4,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet256/256
Sana01.09.2021
Hajmi4,77 Mb.
#161663
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   256
Bog'liq
chaqiriqqa qadar boshlangich tajyorgarlikni tashkil etish va uni oqitish metodikasi (1)

2 – o‘quv savoli. Dala-o‘quv mashg‘ulotlariga  tayyorgarlik  ko‘rish  va 
mashg‘ulotlar  o‘tkazish  uslubiyoti. 
DO‘M  ni    muvofaqiyatli  o‘tkazish,  uni    o‘z    vaqtida    o‘tkazish  va        moddiy  
ta’minlanishiga    bog‘liq.  SHu    qatorda    mashg‘ulotlarni    sifatli    o‘tkazish    majburiyati  
yuklatilgan    harbiy  rahbar  (CHTO‘)  larning    mashg‘ulotlarni    o‘tkazish    uchun        uslubiy   
tayyorgarligiga katta  ahamiyat beriladi. 
Tayyorgarlik  jarayonida   harbiy rahbar quyidagi  ishlarni  bajarishi shart:  
o‘quv    dasturini    va    muvofiq    adabiyotlarnio‘rgani    chiqishlari;  barcha    mavzular  
bo‘yicha mashg‘ulot  o‘tkazish tartibini  va  uslubini  aniqlashlari;  mashg‘ulot  o‘tkazish  joyini  
ko‘zdan  kechirib  chiqishlari;  mashg‘ulotni  moddiy  ta’minlanishini  tashkil  etishlari;har  bir  
mashg‘ulot  uchun konspekt-rejasi, ko‘rsatmali  yozuvlar  tuzishlari; o‘quvchilarga  shaxsan  o‘zi  
namuna  bo‘lib  ko‘rsatishi  kerak  bo‘lgan o‘sul  va  harakatlarni  mashq  qilib  olishlari; O‘quv  
joylarida  o‘z    yordamchilariga    ko‘rsatmalar    berishlari  (o‘qituvchi,  gurux  va    seksiya  
komandirlari). 
DO‘Mrini    o‘tkazish    uchun    tayyorgarlik    ko‘rishga      uzoq    vaqt      talab    qilinishini  
hisobga  olib,  tajribali   harbiy rahbar tayyorgarlikni  o‘quv   joyiga  chiqishdan  bir  muncha 
ilgari  boshlab  yuboradi.  
O‘quv    yilining  boshlanishidan    oldin    harbiy  rahbar  haftalik    rejani    tuzishda  ichki 
fanlar  bog‘liqligini    e’tiborga  olib,  mavzularni    o‘tish    tartibini  shunday    belgilashi    kerakki,  


DO‘Mrini  boshlanishiga qadar  o‘quvchilar  mustahkamlanishi va takomillashuvi zarur bo‘lgan  
ma’lum  bir  bilim  va  malakalarni  egallagan  bo‘lishlari  kerak.  
Harbiy    tayyorgarlikning    tamoyillariga    amal    qilgan  holda  harbiy  rahbar  o‘quvchi  
yoshlarga     QK  tarkibidagi  xizmat  jarayonida  juda  qo‘l  keladigan  usul  va  harakatlarga  
o‘rgatishi,   ularda  malaka  va  ko‘nikmalarni  hosil  qilish lozim. 
Harbiy  rahbar  uchun      DO‘M  da  dasturning  «Harbiy    ish    asoslari»    bo‘limidagi  
mashg‘ulotlarni    o‘tkazish  boshqa    bo‘limlarga    nisbatan  qiyinroq    kechadi.  Mashg‘ulotlarni 
o‘quv  savollariga  muvofiq  keladigan, avvaldan  tayyorlanib  qo‘yilgan o‘quv joyida o‘tkazish  
zarur. 
«Harbiy    ish    asoslari»    bo‘limidagi    mashg‘ulotlarni  yuqori    sifatini        ta’minlash   
uchun    gurux    tayanch    punktiga(yoki    seksiyani  egallaydigan    pozitsiyasiga),  tikanli    sim  
tortilgan  devorlarga (bir qatorli,   uch  qatorli), devor stenkasiga, uy maketiga, ag‘nab   yotgan  
dov-daraxtlarga, chuqurliklarga (varonki), xar xil to‘siqlarga, to‘sin va  nishonlarga,  zaxarlangan  
xududdan  belgi  beruvchi  ko‘rsatgichlar va jang  maydonida  bo‘lishi  mumkin  bo‘lgan  boshqa  
elementlarga  ega  bo‘lish  kerak.  
«Harbiy    ish    asoslari»    bo‘limidagi    mashg‘ulotlar  Quruqlikdagi    qo‘shinlarning  
jangovar  nizomining  talablariga  muvofiq  o‘tkazilishi  shart. 
Bu    mashg‘ulotlarning    asosiy  vazifasi    o‘quvchilarni    askarning  xujumdagi, 
mudofadagi,  razvedkadagi    harakatlarini  va    dushmanning  tanklariga    qarshi    kurashishni, 
samalyot    va  vertalyotlarga      qarshi  avtomatdan    o‘t    ochish    usullarini  o‘rgatishdan    iborat. 
Bunda  ta’lim  berishning  asosiy  uslubi  bo‘lib  qisqacha  tushuntirish  bilan ko‘rsatish va xar  
o‘quvchini  mashq  qildirish  hisoblanadi. Mashg‘ulotning  o‘quv  savollari  elementlar  bo‘yicha  
o‘rganiladi. Elementlarning  xar  biri o‘quvchilar  tomonidan  to‘g‘ri, aniq  va  tez bajarilishiga  
qadar    mashq    qilinadi.  Undan    keyin    o‘quv    savoliga    ta’luqli    qolgan    harakatlar    to‘liq  
bajariladi. 
 Qarama-qarshi  (dushman)  tomonni  bildiruvchi    kam  va  zarur    miqdordagi    nishonlar, 
maketlar,  ko‘rsatuvchi    belgilar,    agar    imkoni    bo‘lsa,    unda    imitatsiya    vositalari    bilan  
belgilanadi. Har  bir  o‘quv  savoli  mashq  qilingandan  keyin    tahlil    o‘tkaziladi. 
Mashg‘ulot    rahbarining    mashg‘ulot    rejasi    o‘z    ichiga    mavzudagi          harakat  
sxemalarini  ham  oladi. 
O‘quv  maydoniga  chiqishdan  oldin  o‘quvchilarning  mashg‘ulotga  tayyorgarligi  va 
moddiy  vositalarning   yaxlitligi   tekshiriladi. 
Mashg‘ulotni    oromgohdan    chiqilishi    bilan    boshlash    tavsiya    etiladi.    Mashg‘ulot 
joyiga     harakatlanish  uchun ketadigan  vaqtdan  mavzu  mazmuniga  doir  mashq,  usul  va  
harakatlarni  o‘rganish   uchun  foydalaniladi. Mashg‘ulot joyida mashg‘ulot  rahbari mavzu va 
uning maqsadini, birinchi  o‘quv savolini e’lon  qilib  uni mashq  qilish  tartibini tushuntiradi, 
keyin  taktik  vaziyatni yuzaga  keltirib, qisqacha  qilib  jangavar   vazifa  qo‘yadi,  ana  shundan  
keyin    birinchi  o‘quv    savolini    elementlari    bo‘yicha    mashq    qilishga    kirishadi.    Manna  
shunday  ketma-ketlik  tartibida  qolgan  barcha  nazarda  tutilgan  o‘quv  savollari  mashq  qilib  
o‘rganiladi. 
 Harbiy rahbar (CHTO‘)ni  DO‘M o‘tkazishda  MIB va harbiy  qismlar  bilan   o‘zaro  
hamkoliklari  to‘g‘risida  to‘xtalib  o‘tish  zarur. YOCHQBT nizomiga (1994 y.) asosan    okrug, 
garnizon    boshliqlari,  MIB  bilan    birgalikda      ta’lim    muassasalariga      yoshlarni    chaqiruvga  
qadar  boshlang‘ich  tayyorgarligi,  ommaviy-sport ishlarni va boshqa  vatanparvarlik  tarbiyasi  
bo‘yicha  tadbirlarini  tashkil  etish  va o‘tkazishda  otaliq tashkilot  sifatida  harbiy  qismlarni  
buyruq  bilan  biriktirib  beradi. 
   Harbiy    qismlar  komandirlari    va  shaxsiy    tarkib    bilan  ishlash    bo‘yicha  
komandirning    o‘rinbosarlariga,  oliy    im    muassasalarining    harbiy  kafedrasi    boshliqlariga,  
shuningdek,  fuqaro    himoyasi    kurslariga      ta’lim    muassasalaridagi        yoshlarni    chaqiruvga  
qadar  boshlang‘ich  tayyorgarligi  va  vatanparvarlik  tarbiyasi  bo‘yicha  tashkil  etiladigan va  
o‘tkaziladiga  ishlarga  otaliq  tashkilot  yordamini  ko‘rsatish  majburiyati  yuklatilgan. 


Ular yig‘in qatnashchilari bilan  jangovor  va  siyosiy  tayyorgarlik  a’lochilari  o‘rtasida  
uchrashuvlar  o‘tkazadilar,  o‘quvchilarga shaxsiy tarkibni  hayoti  va  faoliyati, turmush  tarzi, 
jangovor    texnika  va  qurol-yarog‘i    bilan    tanishtiradilar.  Otish    maydonlarini,  tirlarni,  o‘quv  
maydonlarini, imitatsion  vositalarni, o‘q-dori va  qurol-yarog‘larni  hozirlaydilar, otaliq yordami  
tartibida  avtomatdan  jangovar  o‘q-dorilardan  otish  mashg‘ulotlarini  o‘tkazish  uchun  ofitser 
va  serjantlardan  ajratadilar.      
 Harbiy  rahbar    DO‘Mni  tashkil    etish    va  o‘tkazishda    MIB,  shu    qatorda,  ta’lim  
muassasasiga otaliq tashkilot sifatida  biriktirilgan  harbiy  qismlar  bilan      hamkorlik a’loqasini   
juda  yaqindan o‘rnatishi  lozim  bo‘ladi.  DO‘Mga   jalb  qilingan o‘qituvchi, harbiy  qismning  
ofitser    va    serjantlari  bilan  yig‘in    mavzulari    bo‘yicha  uslubiy-yo‘riqli  mashg‘ulotlarni  MIB 
ofitserlari  rahbarligida  o‘tkaziladi. 
Bunday  mashg‘ulotlarda o‘z  navbatida harbiy  qism   ofitserlari  harbiy rahbar bilan 
birgalikda  mashg‘ulotlarni  olib    borish    uslublarini  ishlab    chiqadilar.  Bu    o‘z-o‘zidan  
mashg‘ulotni  o‘tkazish  jarayonida  ayrim  o‘z-aro  tushunmovchiliklarga  barham  beradi. 
Harbiy  rahbar  harbiy    qism      ofitserlari    bilan  hamkorligini      otish    tayyorgarligi 
bo‘yicha «Avtomatdan o‘t  ochish» mavzusi  misolida  ko‘rib  chiqamiz. 
Ma’lumki  avtomatdan  o‘q  otish faqat  maxsus  jihozlangan harbiy  qismlarning  otish  
joylarida  yoki    tirlarda    o‘tkaziladi.  O‘quvchilar  otish    joyiga    chiqqunlariga    qadar      harbiy 
rahbar  ular    bilan    otish    joyidagi    tartib    qoidalarni,  shuningdek,  hafsizlik  choralari  bo‘yicha  
otish    kursi      qoidalarini  bir-bir    o‘rgatib    chiqishi  shart.  Otishni    boshqarish    uchun    zarur  
bo‘lgan    naryad  va    tajribali    ofitser    tayinlanadi.  Har    bir    o‘quvchining    o‘q    otishga  
tayyorgarligini  harbiy    qism      ofitserlari    tomonidan    harbiy  rahbar  ishtirokida    tekshiruvdan  
o‘tkaziladi. O‘q otishga  faqat  avtomat  bilan  ishlash  malakasini   egallagan,  otish  mashqini  
o‘zlashtirgan    va    otish      qirg‘og‘idaga  tartib,    qoidalarni      bilgan    o‘quvchilargagina    ruxsat  
etiladi. 
 Otish    vaqtida    otish  joyining  orqa    tomonidagi    hafsiz  xududlarda    ofitser    yoki  
tajribali  serjant  raxbarligida  o‘quv  dasturi  bo‘yicha o‘quvchilar  bilan  otish  tayyorgarligidan   
mashg‘ulotlar    o‘tish  uchun      o‘quv    joylari    tashkil    etiladi.  O‘q    otishda    asosiy    e’tiborni 
hafsizlikni  ta’minlanishiga  qaratiladi. Jangovar  qurol-yarog‘ va o‘q-dorilarni bevosita tir yoki 
otish    joyining  o‘ziga,  jangovar    o‘q-dorilar  bilan    ta’minlash    joyiga(punktы  boepitaniya) 
etkazilib  beriladi. 
Jangovar qurol-yarog‘lar  o‘q-dorilar bilan ta’minlash  joyidan (punktы boepitaniya) o‘q  
otish  rahbarining  yordamchisi tomonidan  beriladi, o‘q otish  yakuniga etgandan  keyin  qurol-
yarog‘ va  o‘q-dorilar yana  unga  qaytarilib   topshiriladi. 
O‘quvchilarga    jangovar    o‘qlarni    berilishi,    o‘q  va  gilzalarni    hisob-kitobi  qat’iy 
ravishda  otish  kursi  talablariga  muvofiq olib  boriladi. SHu  bilan  birga   o‘q  tarqatuvchini  
serjant yoki yaxshi  tayyorgarlikka  ega  askardan  tayinlanadi. O‘q  otish  harbiy  qism  bazasida
MK «Vatanparvar»    va  sport  tashkilotlarining tirlarida o‘tkazilgan  taqdirda  o‘quvchilar  bilan  
jangovar  quroldan  otish  mo‘ljallangan    qurol-yarog‘  va    o‘q-dorilar  otish    vaqtida    MIB  
tomonidan  etkazib  beriladi, yoki     harbiy  qism  komandiri  bilan  kelishilgan  holda   harbiy  
qism  ixtiyorida  bo‘lgan qurol-yarog‘ va  o‘q-dorilardan  foydalaniladi.  
Bunday    sharoitlarda  o‘q  otishga    bevosita    raxbarlikni    MIBning    eng    tajribali  
ofitserlari    harbiy  rahbar  ishtirokida    amalga    oshiradilar.  Ularga  yordamchi    tariqasida  o‘q 
otishni  tashkil  etish  va  o‘tkazishda  MK  «Vatanparvar»   instruktorlari    tayinlaniladi.  
Harbiy  rahbarga  DO‘Mni    tashkil    etishda      va    o‘tkazishda,  shuningdek,  kundalik  
nazoratini  amalga    oshirishda    uchraydigan    muammolarni    hal    qilish,  o‘z    vaqtida    amaliy  
yordam  ko‘rsatish  uchun  tuman  (shahar)    MIB  tomonidan    vakil    tayinlanadi.    Harbiy  rahbar 
(CHTO‘)lar bunday  imkoniyatdan  unumli  foydalanishni  payidan  bo‘lishlari  kerak  bo‘ladi. 
Yig‘in  yakunlangandan    keyin    harbiy  rahbar  MIBga  yig‘in    o‘tkazilganligini  
o‘quvchilarni  sonini  va  avtomatdan  otishning boshlang‘ich   mashqini  bajarilish  natijalarini  
aks ettiruvchi  hisobat berishi  shart. 


Hulosa  o‘rnida  aytish  mumkinki  keyingi  vaqtlarda  harbiy rahbar DO‘Mni   o‘tkazish 
imkoniyatini    topa    olmayabdilar.  Kuzatuvlar    natijasiga    ko‘ra    bunday    muammoga    deyarli  
ko‘pchilik    ta’lim    muassasalari  duch    kelgan.  Buning    albatta  muayyan    sabablari    mavjud. 
Ushbu   sabablar quyidagicha  bo‘lishi mumkin: Birinchidan  bunga  manfaatdor tashkilotlarning  
e’tiborsizliklari  va    moddiy    jihatdan  ta’minlamasliklari;    Ikkinchidan        harbiy  rahbar 
(CHTO‘)larni  bu    sohada    mutaxasis    emasliklari    va  o‘z    majburiyatlarini    bilmasliklari, 
shuningdek, ularning o‘zlarida  bunday  ishlarga hohish istakning  yo‘qligi. Uchinchidan  ta’lim  
muassasalarining  rahbarlari  harbiy  rahbar  (CHTO‘)larni  DO‘Mni      o‘tkazish  bo‘yicha 
faoliyatlarini  nazoratga    olib  qo‘llab-quvvatlamasliklari      va    eng  asosiysi    yuqori    turuvchi  
barcha    manfaatdor  tashkilotlar    raxbarlarning  bu      tadbirni  nazoratdan    chetda    qoldirishlari. 
SHunga  qaramay hozirgi  kunlarda  yoshlarni  chaqiruvga  qadar  boshlang‘ich  tayyorgarligini 
o‘qitilish  sifati  taboro  yaxshilanib  bormoqda.  
YAngi  o‘quv  dasturini ishlab chiqilishi, o‘quv  qo‘llanmalarni  chop  etilishi, harbiy  
sport  yo‘nalishidagi  «SHunqorlar»  o‘yinini  Respublika    miqyosida    sovrinli    o‘rinlar    bilan  
o‘tkazilishi    bunga    misol    bo‘ladi.  Ayniqsa    bu    sohada    mutaxasis  kadrlarni    etarli  va  sifatli 
darajada  tayyorlashni yo‘lga  qo‘yilishi  tahsinga  sazovor ishlardandir.   
 

Download 4,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   256




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish