O’zbek tili ta’lim yo’nalishi 2-kurs 201-guruh talabasi sheraliyeva irodaning hozirgi o’zbek adabiy tili fanidan tayyorlagan



Download 297,82 Kb.
bet8/10
Sana20.06.2021
Hajmi297,82 Kb.
#72005
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Sheraliyeva Iroda kurs ishi

Zar soch tarab quyosh botadi. (U)

Omonimlar ham badiiy ijodda estetik vazifa bajarishda alohida o’rin tutadi.

Masalan:

Olmani sundi nigorim – ol! – dedi, Olma birla bu ko’ngilni ol! – dedi.

So’rdim ersa olmasining rangini,

Ne so’rarsan, olma rangi – ol! – dedi. (A.N)

Dilbarimning sochi sunbul, yuzlari gulzor erur,

Bo’yina oshiq sanavbar, yuziga gul zor erur. (S.S)

Muayyan so’zning omonimik xususiyatini hisobga olib yaratiladigan Lutf san’ati58 ham mavjudki, bunda bir so’z orqali ikki so’zning ma’nosi o’qila boradi.

Masalan:

Kun tushta ko’rgali seni tushti zavolga,

Oy tong’a qoldi, kecha boqib ul jamolg’a. (L).

Birinchi misraning mazmuni: 1. Tush payti, kun seni ko’rish uchun pastga tushdi.

2. Kun seni tezroq tushida ko’rmoq uchun shoshildi-ko’z yumdi-uyquga ketdi-botdi.

Ikkinchi misraning mazmuni: 1. Oy kechasi uning jamolini ko’rib, bunday go’zallikga hayron bo’lib qoldi, tang ahvolga tushdi.

2. Oy kechasi ul go’zal jamolini ko’rib, hayratdan tong otguncha unga boqib qoldi. (termilib chiqdi)

Bundan tashqari so’zlarni ko’chma ma’noda qo’llash orqali ko’pincha paronimlarni yonma-yon qo’llaydilar. Bunda tovush jihatidan o’xshash bo’lgan bunday so’zlarning ma’noda bir-biridan keskin farq qilishiga alohida urg’u beriladi. Paronimlarni ana shunday yonma-yon holatda solishtirish ularning mantiqan ta’kidlanishiga imkon beradi. Natijada paronimlar alohida estetik vazifa bajaradi,o’ziga xos ifodalilikni yuzaga keltiradi. Paronimlarning ana shunday estetik maqsad bilan ishlatilishi, ayniqsa, she’riyatda keng tarqalgan:



Xayol xiyol chertib o’tdimi – Topib ber deb qiladi xitob (Zulfiya)59

Tilimiz ifoda imkoniyatlariga boy, shunga ko’ra beqiyos darajadi betakrordir. Mumtoz va bugungi adabiyotlarni o’qir ekanmiz,xalq og’zaki ijodi bilan tanishar ekanmiz oddiy odam nutqida topib aytilgan so’zning turfa tovlanishidan, nafosatidan astoydil lazzatlanamiz, behad zavqlanamiz.

Til va nutqni farqlar ekanmiz, albatta, til estetikasi va nutq estetikasining mohiyatini ham to’g’ri tushunishimiz kerak. Til imkoniyat bo’lgani uchun ham til estetikasi deganda, tildagi vositalar ifoda imkonitlari nazarda tutiladi. Nutq estetikasi deganda esa ana shu vositalar va imkoniyatlardan foydalanish, ularning muayyan nutqiy matndagi realizatsiyasi anglanadi.60

O’quvchi badiiy asarlarni o’qir ekan undan ma’naviy ozuqa olish bilan birga, so’z san’atiga mehru muhabbati oshishi, tilmizning imkoniyatlaridan hayratlanish va faxrlanish tuyg’ularini tuymog’i lozim.

So’z – zabarjad,

So’z – gavhar, oltin,

Zargarlikning mashaqati ko’p.

So’zni baytga qadashdan oldin

Kaftingga qo’y, to’yib qara,o’p!61

O’quvchi badiiy asarlarni o’qir ekan undan ma’naviy ozuqa olish bilan birga, so’z san’atiga mehru muhabbati oshishi, tilmizning imkoniyatlaridan hayratlanish va faxrlanish tuyg’ularini tuymog’i lozim. Bizning tilimizda bo’lsa bunday imkoniyatlar juda ko’p.


Xulosa


Hozirgi o’zbek adabiy tili leksikasi obyektiv borliqdagi, ijtimoiy hayotdagi barcha hodisalarni anglatishga qodir. Bu leksikaga birlashuvchi lug’aviy birliklarga e’tibor berilsa, ba’zan ayni bir tushunchaning turli xil lug’aviy birliklar bilan ifodalanishi ma’lum bo’ladi. So’zlovchi ma’lum bir fikrni bayon qilishda, aloqa aralashuv jarayonida keltirilgan so’zlardan birini tanlab ishlatadi. Tilda bir fikrni bir qancha shaklu shamoyillarda ifodalash imkoniyatlari mavjud, ayni qaysi shaklni tanlash, muayyan fikr va muloqot vaziyati uchun eng uyg’un ifodani topa bilish nutq egasining tilda sohiblik darajasi, mahratu malakasi, ma’rifatu ma’naviyatiga bog’liq. Muloqot vaziyatini yetarlicha baholamasdan turib fikr ifodasi uchun tanlangan lisoniy libos qancha to’g’ri va go’zal bo’lmasin, maqsad nishoniga yetib bora olmaydi.

Go’zal va nafis nutq sezgisi hamda unga azaliy ixlosu e’tiqod an’anasining ibtidosi ayniqsa ko’hna SHarqda juda qadim zamonlarga borib taqaladi. Donishmandlar bundan 5000 yillar burun barpo qilgan ilk maktablarning vazifalaridan biri ham bolani to’g’ri, aniq gapirish va yozishga o’rgatishdan iborat bo’lganligi ayni vazifaning bizning kunlarimizga qadar o’sha mohiyatini yo’qotmay kelayotganligi har qanday jamiyat hayotida til va nutq nufuzining nechog’lik muhtasham o’rin tutishining isbotidir.

Tilning ijtimoiy hodisa ekanligi eng qadimgi davrlardan ma’lum, u kishilar o’rtasidagi aloqa ehtiyojiga ko’ra yuzaga kelgan. Tilning eng birinchi balki bosh vazifasi uning kishilar o’rtasidagi aloqa vositasi bo’lishidir. Tabiat va jamiyatda inson tiliday murakkab, serqirra, serqatlam, servazifa, shakl va mazmun tanosibi tarang hodisa kamdan-kam topiladi.

Til kommunikativ vazifa bilan bir qatorda estetik vazifa ham bajaradi. Madaniy nutq tuzish maqsadi o’rtaga qo’yilar ekan til va nutq estetikasi e’tiborda bo’lishi shart.

Nutqning kommunikativ sifatlari nafaqat aloqani ta’minlash, balki tinglovchi yoki o’quvchiga nutqiy ta’sirni kuchaytirishga xizmat qiladi. Nutqning to’g’riligi o’quvchi malakasini shakllantirishni ko’zda tutadi. Nutqning to’g’riligi uning adabiy til me’yorlariga to’la mosligi sifatida talqin etilar ekan, bu me’yorlarning kuchli va kuchsiz tiplaririni farqlash lozim. Adabiy tilning kuchsiz me’yorlariga e’tibor qaralishi maqsadga muvofiq. Chunki nutq amaliyotida kuchli me’yorlar deyarli buzilmaydi, kuchsiz me’yorlar esa nutq tuzuvchining ikkilanishiga va demak nutq to’g’riligining buzilishiga ko’proq yo’l ochadi.

Tildan, undagi imkoniyatlardan foydalanishning ma’lum me’yorlari, mezonlari, til o’z tabiiy ravishda tanlangan yoki ilmiy jihatdan ongli ravishda belgilangan qoidalari mavjud. Mana shu hodisalar tildan foydalanishning to’g’ri, maqbul imkoniyatlari doirasini belgilaydi, uni ma’lum yo’singa, yo’lga solib turadi. Ushbu holatlar tildan foydalanuvchining nutqiy faoliyatini ma’lum namunali, maqbul yo’lga solib turadi. Fanda va jamiyatda katta nufuzga ega bo’lish uchun har bir shaxs o’z tilining boy imkoniyatlarini to’la egallay olishi va uni amalda qo’llay olishi lozim.Yosh avlodga nutq madaniyatini singdirish ularni yuksak madaniyatli, barkamol shaxs sifatida tarbiyalashda katta ahamiyatga ega.



Nutq shaxsning barkamolligini ta’minlovchi muhim hodisalir.


Download 297,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish