O‘rta asr G‘arbiy Yevropa davlatchiligiga umumiy tavsif Franklar davlatida huquqning asosiy belgilari


Mutlaq monarxiya (XVI–XVIII asrlar)



Download 114,5 Kb.
bet7/20
Sana03.01.2022
Hajmi114,5 Kb.
#313428
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Bog'liq
1557205586 74281

Mutlaq monarxiya (XVI–XVIII asrlar). XVI asr boshlariga kelib tabaqaviy tuzum mamlakatning ijtimoiy taraqqiyoti va kapitalizm rivojiga qarshi bo‘lib qoladi. Bu vaqtda cherkov hokimiyati ustidan qirolning to‘la hokimiyati o‘rnatiladi. Dunyoviy va diniy zodagonlar o‘rtasida mustahkam siyosiy aloqalar vujudga keladi2. Davlat boshqaruvi lavozimlariga ruhoniylar ham tayinlana boshlaydi. XVI–XVIII asrlarda aholining eng ko‘p qismini uchinchi tabaqa tashkil etgan. 1 va 2-tabaqa vakillari 3-tabaqaning siyosiy siquvi o‘sishi natijasida imtiyozlarini saqlab qolish maqsadida markazlashgan davlatni vujudga keltirishdan manfaatdor edilar. Kapitalistik uklad rivojlanishining va feodalizm yemirilishi boshlanishining muqarrar natijasi absolutizmning qaror topishi bo‘ldi.

Absolut monarxiya davrida oliy hokimiyat qirolga tegishli bo‘lib, hech qanday davlat organi bilan taqsimlanmagan. Monarxiya ilohiy, qirol hokimiyati esa muqaddas, deb e’lon qilinadi.

Keyingi davrlarda to 1789-yilgacha general shtatlar chaqirilmaydi. Ba’zi vaqtlardagina qonunchilik va moliya masalalari bo‘yicha qirol notabllar (feodal asilzodalar)ni yig‘ib turgan. Parlament dastlabki davrlarda qirol hokimiyatiga qarshi turganligi bois, 1673-yilda qirol qonunlariga protest keltirish va rad etish huquqidan mahrum bo‘ladi.

Markaziy boshqaruv organlari kengayishi ularning murakkablashishiga olib kelgan. Ular tez-tez o‘zgartirilib turilgan.

XVI asrda davlat kotiblari nomli mansabdor shaxslar paydo bo‘ladi. Ular qirolning sof, shaxsiy yordamchilari hisoblangan. Ulardan biri qirol voyaga yetmagan paytlarda birinchi vazir funksiyasini bajargan. Keyinchalik ularning roli oshib, boshqaruvning alohida sohalari (tashqi, harbiy, dengiz, ichki ishlar va mustamlakalar) topshiriladi. XVIII asrda ularning o‘rinbosarlari lavozimi ta’sis etilib, huzurida katta mahkama tashkil qilinadi.

Kansler davlat boshqaruvida ilgarigi mavqeini saqlab, davlat boshqaruvida qiroldan keyingi ikkinchi shaxs bo‘lib olgan.

Markaziy boshqaruvda moliya superintendanti, so‘ngra bosh moliya nazoratchisi katta rol o‘ynaydi. U budjet va iqtisodiy siyosatga rahbarlik qilish, ma’muriyat faoliyatining nazorati, qonunlarni tuzish ishlarini tashkillashtirish kabi vazifalarni amalga oshirgan. Vaqt o‘tishi bilan uning huzurida turli xizmat va mahkamalardan iborat katta apparat paydo bo‘ladi.

Qirol huzuridagi maslahatchilik kengashlar tizimi isloh qilingan. Yuqori va maxsus mansabdor shaxslardan iborat Katta kengash eng muhim davlat masalalarini hal etgan. Tashqi siyosat masalalari bo‘yicha tor doirada Yuqori kengash chaqirilgan. Depesh kengashi ichki boshqaruv masalalarini muhokamadan o‘tkazib, ma’muriyat faoliyatiga oid qarorlar qabul qilgan. Moliya masalalari bo‘yicha kengash davlatning moliya siyosatini ishlab chiqib, xazinaga kelib tushuvchi yangi mablag‘larni izlagan.

Joylardagi boshqaruv o‘ta murakkabligi va chalkashligi bilan ajralib turadi. Ba’zi mansablar bu davrda saqlanib qolgan, lekin roli pasaygan. Joylarda ko‘p sonli ixtisoslashgan xizmatlar – sud boshqarmasi, moliya boshqarmasi, yo‘llarni nazorat qiluvchi boshqarma va hokazolar paydo bo‘ladi. Ularning hududiy chegaralari va funksiyalari aniq o‘rnatilmagan.

Mahalliy boshqaruv joylarda gubernatorlar tomonidan yuritilgan vaqtlarda ularning faoliyati qirol komissarlari tomonidan tekshirib turilgan. XVI asrning ikkinchi yarmida ularga intendantlik unvoni beriladi. Shu vaqtdan e’tiboran ular mahalliy hokimiyat egalariga aylanadi. Keyinchalik ular o‘z hududida ijro, nazorat va sud hokimiyati boshqarganlar.

Shaharlar dastlab saylanuvchi merlar va munitsipal maslahatchilar tomonidan boshqarilgan. Keyinchalik ular o‘rniga qirol amaldorlari tayinlangan. Qishloq joylari dehqonlar jamoasi va jamoa kengashlari tomonidan amalga oshirilgan.

Qirollik sudlari tizimi juda chalkash bo‘lgan. Quyi sudlar tugatilib, balyajlardagi sudlar saqlanib qolgan. Parij parlamenti va boshqa shaharlardagi parlamentlar ilgarigidek muhim rol o‘ynagan.

Absolutizm davrida keng tarmoqli politsiya xizmati tashkil etiladi. Provinsiyalarda, shaharlarda, yirik yo‘llarda va boshqa joylarda politsiya organlari tuziladi. 1667-yilda politsiya general-leytenanti lavozimi ta’sis etilib, unga butun qirollik miqyosida tartibni saqlash majburiyati yuklangan. Uning ixtiyorida ixtisoslashgan politsiya bo‘limlari, otliq politsiya gvardiyasi, dastlabki tergovni olib boradigan sud politsiyasi mavjud edi. U siyosiy politsiyaga ham boshchilik qilgan. Politsiya funksiyasiga tartibni saqlash, jinoyatchilarni qidirib topish va axloqni nazorat qilish (tadbirlar vaqtida, binolarda) kirgan. Siyosiy politsiya yashirin qidiruv va nazoratning keng tarmoqli tizimidan iborat edi.


Download 114,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish