VII. NOGIRONLARNING JAMOAT BIRLAShMALARI
39-modda. Nogironlarning jamoat birlashmalarini tuzish huquqi
Nogironlar va ularning nomidan ish olib boruvchi shaxslar o‘z huquqlari va manfaatlarini himoya qilish, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash va xizmat ko‘rsatish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining qonunlarida belgilab qo‘yilgan tartibda jamoat birlashmalarini, shu jumladan turli jamg‘armalarni tashkil etish huquqiga egadirlar.
Davlat idoralari nogironlarning jamoat birlashmalariga hamda ularning manfaatlarini himoya qiluvchi tashkilotlarga har tomonlama madad, moddiy va gumanitar yordam beradi.
Davlat idoralari, shuningdek mulkning o‘z xo‘jalik yuritishning shaklidan qat’i nazar, korxonalar, birlashmalar, muassasalar va tashkilotlar nogironlar manfaatlariga taalluqli masalalarni hal etish chog‘ida bu masalalarni nogironlarning jamoat birlashmalari bilan birgalikda hal etishlari shart.
Nogironlar va ularning qonuniy vakillari o‘z manfaatlariga bevosita daxldor bo‘lgan masalalar muhokama qilinayotganda hamda ular yuzasidan qarorlar qabul qilinayotganda qatnashish, shuningdek zarur axborot olish huquqiga egadirlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |