Harakat malakasi harakat texnikasini egallash darajasi bilan belgilanadi. Harakat malakalarining ikki turi farqlanadi: ulardan biri yaxlit harakat faoliyatini amalga oshiriladi, ikkinchisi ayrim, murakkabligiga ko‘ra turlicha harakatlarda ifodalanadi. Birinchi turdagi malakalar o‘yinlar, kurashlar bilan bog‘liq. Ikkinchi turdagi harakat malakalari rivojlanish harakat texnikasini dastlabki egallashdan yanada yuksaklikka, uni takomillashtirishgacha boradi.
Harakat ko‘nikmasi – bu harakat texnikasini egallash darajasi bo‘lib, unda xarakatlarni boshqarish avtomatik tarzda kechadi va harakatlar o‘zining barqarorligi bilan ajralib turadi.
Harakat ko‘nikmasini shakllantirish birinchi va ikkinchi signal tizimlarining o‘zaro harakatidagi dinamik stereotipning yuzaga kelish jarayonidan iboratdir.
Harakat ko‘nikmalarining, bola uchun amaliy ahamiyati juda katta. Hosil qilingan ko‘nikmalar jismoniy va psixik kuchlarni tejamkorlik bilan sarf etish, yaxlit harakat faoliyatiga kiruvchi harakatlarni tez va aniq bajarish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |