Masofaviy ta’lim modellari



Download 24,11 Kb.
bet4/4
Sana19.09.2021
Hajmi24,11 Kb.
#178980
1   2   3   4
Bog'liq
Masofaviy ta

10) Taqsimlangan auditoriya modeli. Bu model turli manzillarda yashovchi talabalardan tashkil topgan sinf, guruhga mo’ljallangan kursning interaktiv telekommunikatsion texnologiyalar yordamida tarqatilishiga qaratilgan. Natijada, an’anaviy ta’lim oluvchilar va MT oluvchilarni birlashtiruvchi aralash sinf hosil bo’ladi. Bu modelning ko’rsatkichlari:

  • mashg’ulotlar sinxron kommunikatsiyani talab qiladi, ya’ni talaba va o’qituvchilar ma’lum vaqtda, ma’lum joyda bo’lishlari kerak (masalan, xech bo’lmaganda haftada ikki marotaba);

  • ishtirokchilar soni bittadan beshtagacha va undan ko’pga o’zgarib turadi, ishtirokchilar soni qancha ko’p bo’lsa, shuncha texnik, mantiqiy va ma’rifiy murakkablik ortib boradi;

  • ta’lim oluvchilarga o’qish joylarini o’quv dargohida emas, balki, uyi yoki ish joyida tashkil qilish mumkin;

  • o’quv muassasalari yaqin bo’lmagan hududlarda yashovchi talabalarga xizmat qilishga moslashgan;

11) Mustaqil ta’lim olish modeli. Bu modelda talabalarga aniq vaqtda, aniq joyda bo’lish mas’uliyati yuklanmaydi. Talabalar kursning batafsil dasturi va mazmunini ifodalovchi materiallar to’plami bilan ta’minlanadilar hamda rahbarlik qiluvchi savollariga javob berib, ishni baholovchi professor-o’qituvchiga murojaat qilish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Talaba va professor-o’qituvchi o’rtasidagi muloqot telefon, kompyuter konferensiyalari, elektron va oddiy pochtalarni qo’llash orqali amalga oshiriladi. Bu modelning ko’rsatkichlari:

  • mashg’ulotlar auditoriyada olib borilmaydi, fanlar (kurslar) ni talabalar dasturdagi batafsil yo’riqlar asosida mustaqil o’rganadilar;

  • talabalar professor-o’qituvchi bilan ayrim belgilangan paytlardagina, boshqa talabalar bilan esa istagan hamda belgilangan vaqtda muloqot qiladilar;

  • kurs bo’yicha barcha materiallar bosma nashrlar, kompyuter disklari yoki videoyozuvlar shaklida taqdim qilinadi va talabalar ulardan ixtiyoriy vaqtda, ixtiyoriy joyda foydalanishlari mumkin bo’ladi;

  • kurs materiallari bir necha yillar davomida foydalaniladi. Bu materiallar kurs tashkilotchilari, ekspertlar va mutaxassislar ishtirokida yaratilgan bo’ladi va ulardan barcha o’qituvchilar uchun umumiy shaklda foydalanadi.

12) Ochiq ta’lim +Sinf modeli. Bu model kursning bosma matni va boshqa vositalari (masalan, videoyozuv yoki kompyuter disklari)ni qo’llashga qaratilgan. Bu esa, talabaga, masofaviy guruh ichidagi talabalar muloqotlari tashkil etilishiga yordam beruvchi interaktiv telekommunikatsion texnologiyalarni qo’llagan holda, kursni o’rganish imkoniyatini beradi. Bu modelning ko’rsatkichlari:

  • kurs bo’yicha barcha materiallar bosma nashrlar, kompyuter disklari yoki videoyozuvlar shaklida taqdim qilinadi va talabalar ulardan ixtiyoriy vaqtda yakka tarzda yoki guruhda foydalanishlari mumkin bo’ladi;

  • kurs materiallaridan bittadan ortiq semestrda foydalaniladi va har bir o’qituvchi uchun farq qiladi, (masalan, uning videoma’ruzasi);

  • talabalar va professor-o’qituvchi vaqti-vaqti bilan mashg’ulot o’tkazish uchun to’planadilar. Bunda interaktiv texnologiyalar qo’llaniladi (taqsimlangan sinf modeliga mos ravishda);

  • sinflardagi mashg’ulotlar, talabalarning asosiy tushunchalarini oydinlashtirish, masalalarni yechish ko’nikmalarini hosil qilish, guruhda ishlash va boshqa vazifalarni bajarishlari uchun, tashkil qilinadi.

MTning ixtiyoriy modeliga zarur bo’lgan, tadqiqotlar natijasida aniqlangan ba’zi talablarni keltiramiz:

  • o’quv materiallarini barcha o’quvchilar o’z vaqtida olishlarini ta’minlash;

  • yozma imtihon ko’zda tutilgan holatlarda barcha imtihon topshiruvchilar uchun bir xil sharoit yaratish.

Ta’limning an’anaviy turi va MT ning turli modellarini kelgusidagi rivojlanish istiqbollarini belgilash maqsadida 20ta ekspertni jalb qilgan holda anketa so’rovnomasi o’tkazildi. Ekspertlardan to’rtta mezon, ya’ni ta’lim modellarining istiqbolda tutadigan o’rni bo’yicha tartiblash so’raldi. Eng keng tarqaladigan ta’lim turiga 1-rang va ta’lim turi ko’lamining kamayishiga qarab uning rangi ham 4 gacha pasayib boradi. So’rovnoma natijalaridan ko’rinib turibdiki, masofaviy o’qitishning mustaqil ta’lim olish modelini kelgusida eng keng ko’lamda tarqalishini bashorat qilib 20 ta ekspertdan 14 tasi ovoz berganlar. Masofaviy o’qitishning ochiq ta’lim va sinf modellariga asoslangan kombinatsiyalashgan modeli esa 3-rangga (ekspertlarning 9ta ovozi) ega bo’ldi. 2-rang – ta’limning an’anaviy modeliga (ekspertlarning 10 ta ovozi), 4-rang – masofaviy o’qitishning taqsimlangan sinf modeliga (ekspertlarning 17 ta ovozi) berildi.

Yana bundan tashqari quyidagicha modellar mavjud.
Download 24,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish