Ma’ruza №7 Kinetik va potensial enyergiya Reja


Energiyaning saqlanishi va bir turdan



Download 69,03 Kb.
bet2/2
Sana06.06.2022
Hajmi69,03 Kb.
#641148
1   2
Bog'liq
Ma’ruza № 7

Energiyaning saqlanishi va bir turdan
ikkinchi turga o‘tish qonuni

Berilgan sistema n ta moddiy nuqtadan iborat bo‘lsin va unga faqat potensial kuchlar ta’sir qilayapti, deb faraz qilaylik. U holda sistemaning holati uning ma’lum bir o‘rinda turishi (konfiguratsiyasi) va uni tashkil qilgan moddiy nuqtalarga qo‘yilgan kuchlar ish bajaradi. Moddiy nuqtalarning tezliklari va ularning joylashishi bilan bir-biridan farq qiladigan bu ikki holatning har birida sistema Ek1 va Ek2 kinetik, En1 va En2 potensial energiyaga ega bo‘lsin. U holda mexanik ishni shu ikki holat kinetik energiyalar farqi


A12=Ek2Ek1 (1)
yoki potensial energiyalar farqi
A12=En1En2 (2)
sifatida aniqlanadi.
Bu ikki tenglikdan
Ek2+En2=Ek1+En1 (3)
Sistemaning kinetik va potensial energiyalarning yig‘indisi uning to‘la mexanik energiyasini tashkil qiladi.


Ek+En=Ye (4) Ek1+En1=E1
Ek2+En2=E2
U holda (3) ifoda
E2=E1 (5)
ko‘rinishni oladi, ya’ni faqat potensial kuchlar ta’sir qiladigan yakkalangan sistemaning to‘la energiyasi o‘zgarmas saqlanadi. Bu xulosa mexanik energiyaning saqlanish qonuni deb ataladi.
Demak, sistyema bir holatdan ikkinchi holatga o‘tganda uning kinetik energiyasi ham, potensial energiyasi ham o‘zgarishi mumkin. Lekin ularning yig‘indisi o‘zgarmay saqlanadi. Masalan: kinetik energiya miqdorga ortsa, potensial energiya = miqdorga kamayadi va aksincha.
Ammo shu narsani unutmaslik kerakki, yakkalangan berk sistemada energiyaning saqlanish qonuni sistemaga ta’sir qilayotgan kuchlar potensial bo‘lgandagina o‘rinli bo‘ladi. Potensial bo‘lmagan kuchlar mavjud bo‘lsa energiyaning saqlanish qonuni bajarilmaydi. Energiyaning saqlanish va bir turdan ikkinchi turga o‘zgarish qonuni tebranuvchan m massali matematik mayatnik yoki h balandlikka ko‘tarilgan m massali jism misolida ko‘rish mumkin.
Endi yakkalanmagan sistyemani ko‘raylik va ichki kuchlar orasida potensial bo‘lmagan (ishqalanish kuchlari) bor deb faraz qilaylik. Moddiy nuqtaga ta’sir qiluvchi kuchlarni uch guruhga ajratamiz: 1) ichki potensial kuchlar, 2) potensial bo‘lmagan ishqalanish kuchlari, 3) sistemaga ta’sir qiluvchi tashqi kuchlar. U holda kinetik energiyaning o‘zgarishi
Ek2Ek1=Aichki pot. +Aishk.+Atashqi (6)
ga teng bo‘ladi.
Potensial energiyaning o‘zgarishi esa faqat potensial kuchlarning ishiga bog‘liq.
En1En2=Aichki pot. (7)
(6) va (7) tengliklardan
Ek2+En2( Ek1+Em)=Atashqi+Aishq. (8)
E2E1=Atashqi+Aishq. (9)
deb yozish mumkin. (9) formuladan ko‘rinadiki, sistemaning to‘la mexanik energiyasining o‘zgarishi tashqi kuchlar va ishqlanish kuchlari bajargan ishlarning yig‘indisiga teng. Bundan ko‘rinadiki, sistemaning to‘la mexanik energiyasining o‘zgarishi tashqi va ishqalanish kuchlarining bajarilgan ishiga teng bo‘lar ekan.
Agar tashqi va ishqalanish kuchlarining bajargan ishining yig‘indisi musbat bo‘lsa yakkalanmagan mexanik sistemasining energiyasi ortadi, agar u ishlar yig‘indisi manfiy bo‘lsa kamayadi. Ma’lumki, ishqalanish kuchlarining ishi har doim manfiy bo‘ladi, ya’ni ishqalanish kuchi hamma vaqt sistemaning to‘la mexanik energiyasining kamayishiga sabab bo‘ladi.
Download 69,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish