Kurs ishi mavzu: Investitsiya samaradorligini baholash ko‘rsatkichlari Bajardi



Download 0,57 Mb.
bet4/10
Sana18.07.2022
Hajmi0,57 Mb.
#822559
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Isroilova KM50

Strategik boshqaruvni asosan tadbirkorlik stiliga yoʻnaltirish tamoyili. Korxonaning istiqbolga yoʻnaltirilgan investitsion xatti-harakatlari ikkita stil boʻyicha oʻzaro farqlanadi: konservativ stil va tadbirkorlik (agressiv) stili. Konservativ stil qabul qilinadigan strategik investitsion qarorlarning mumkin boʻlgan variantlarini minimallashtirish orqali investitsion faoliyat boʻyicha strategik maqsadlar qoʻyilishini oʻzida ifodalaydi. Ya’ni bunda investitsion faoliyat yoʻnalishlari va shakllarining muhim oʻzgarishlari faqatgina operatsion faoliyatni oʻzgartirish jarayonida amalga oshiriladi.
Konservativ oʻsish stili korxona faoliyatini yuqori risklilik sharoitida yuqori foyda olishga yoʻnaltirishni inkor etadi va minimal foydani ta’minlovchi operatsion faoliyatga qaratiladi.
Investitsion faoliyatning tadbirkorlik stili asosini korxona tomonidan doimiy ravishda investitsion faoliyat barcha yoʻnalishlari va shakllari boʻyicha samarali investitsion qarorlar qabul qilish tashkil etadi. Mazkur stil qoʻllanilganda investitsion faoliyatni amalga oshirishning yoʻnalishlari, shakllari va metodlari tashqi investitsion muhit omillarining oʻzgarishini inobatga olgan holda doimiy almashtirib boriladi.
Investitsion moslashuvchanlik va muqobillik tamoyili. Investitsion strategiya tashqi investitsion muhit omillarining oʻzgarishiga moslashuvchanlikni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan boʻlishi lozim. Bundan tashqari strategik investitsion qarorlar asosida investitsion faoliyatni amalga oshirishning yoʻnalishlari, shakllari va metodlarining mumkin boʻlgan (muqobil) variantlarini doimiy qidirish, ulardan eng yaxshisini tanlash va shu asosda umumiy investitsion strategiyani qurish hamda uni samarali amalga oshirish mexanizmini shakllantirish yotishi kerak.
Innovatsion faoliyat. Investitsion strategiyani shakllantirishda investitsion faoliyat orqali korxonaning bozordagi raqobat pozitsiyasini oshirishni ta’minlovchi texnologik yangiliklarni joriy etishga bosh mexanizm sifatida qaraladi. Nafaqat investitsion strategiyani, shu bilan birga, korxonaning strategik rivojlanish umumiy maqsadlarini amalga oshirishda ham ilmiy-texnik taraqqiyotning soʻnggi natijalaridan foydalanishga alohida e’tibor qaratiladi. Mazkur tamoyil aynan yuqoridagilar bilan izohlanadi.
Investitsion risklarni minimallashtirish tamoyili. Amaliy jihatdan korxonada investitsion strategiyani shakllantirish jarayonida qabul qilingan barcha investitsion qarorlar investitsion risklarga duch keladi.
Har bir korxonada investitsion strategiyani ishlab chiqish jarayonida riskka munosabat boʻyicha turli investitsion xatti-harakatlar bilan bogʻliqlikda ularga yoʻl qoʻyishning mumkin boʻlgan darajasi tabaqalashtirilgan holda oʻrnatilishi lozim.
Asoslanganlik tamoyili. Investitsion strategiyalarning alohida parametrlarini ishlab chiqish va uni amalga oshirishni nafaqat bilim, shu bilan birga malaka va boshqaruv tajribasiga, shuningdek, investitsion madaniyatga ega, professional mutaxassislar – moliyaviy menejerlar ta’minlashi lozim7.
Investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish O‘zbekiston Respublikasini va uning hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning davlat vazifalari bajarilishini ta’minlaydigan investitsiya siyosatini amalga oshirish, investitsiyalar samaradorligini oshirish, O‘zbekiston Respublikasi hududidagi turli investitsiya obyektlariga qo‘yilmalar uchun xavfsiz shart-sharoitlarni ta’minlash maqsadida davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish quyidagilar orqali amalga oshiriladi:
-investitsiya faoliyatining normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish;
-investitsiya faoliyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining kafolatlarini taqdim etish;
-O‘zbekiston Respublikasi hududida maxsus iqtisodiy zonalarni va kichik sanoat zonalarini barpo etish;
-asosiy fondlarni tezlashtirilgan amortizatsiya qilish huquqini berish;
-texnik jihatdan tartibga solish normalari, qoidalari va talablarini belgilash;
-raqobatni qo‘llab-quvvatlash choralarini qo‘llash;
-yer uchastkalariga va boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish hamda ulardan foydalanish shartlarini belgilash.
Investorlarga bozorda ularni ustuvor mavqega qo‘yuvchi mutlaq qoidalar va huquqlar berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organi investorlarga boshqa davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilishda ko‘maklashish maqsadida ishni “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha tashkil etadi.
Investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organi va uning hududiy bo‘linmalari ishlarni “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha tashkil etish maqsadida davlat xizmatlari ko‘rsatilishini ta’minlaydi, shu jumladan tegishli Davlat xizmatlari markazlari orqali ta’minlaydi.
Ishlarni “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha tashkil etish quyidagilarni ham o‘z ichiga oladi:
-mavjud davlat xizmatlari masalalari bo‘yicha qabul qilish va maslahat berish;
-davlat xizmatlarini olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirishda yordamlashish;
-elektron raqamli imzoni, elektron arizani va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirishda yordamlashish;
-davlat xizmatlarini olishda investorga davlat boshqaruvi organlarida va mahalliy davlat hokimiyati organlarida hamrohlik qilish.
Investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalariga chet el investitsiyalarini va mahalliy investitsiyalarni jalb qilish hamda ular ishtirokida loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq muammolarni hal etishda ko‘maklashadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil investitsiya faoliyati sohasida:
-O‘zbekiston Respublikasida investitsiya faoliyatini amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan masalalar bo‘yicha investorlarning va investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi hamda ularni hal etish uchun tavsiyalar beradi, shu jumladan mazkur masalada davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilgan holda tavsiyalar beradi;
-yuzaga keladigan masalalarni suddan tashqari va sudga qadar tartibda hal etishda investorlarga ko‘maklashadi;
-investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga kiritadi;
-investorga uning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, shu jumladan ularni himoya qilish shakllari va usullariga taalluqli masalalarni tushuntiradi;
-investorlarning murojaatlari va davlat boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining eshituvlari natijalarini tahlil qiladi;
-qonunchilikni tahlil qiladi va investorlarning huquqlarini buzadigan yoki xo‘jalik faoliyatini yuritishni qiyinlashtiradigan normalarni aniqlaydi hamda natijasi bo‘yicha investorlarning buzilgan huquqlarini, erkinliklarini tiklash va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun tavsiyalar ishlab chiqadi;
-tegishli davlat boshqaruvi organiga investorlarning buzilgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini tiklashga qaratilgan tavsiyalar kiritadi.
Tavsiyalar olgan davlat boshqaruvi organi va mahalliy davlat hokimiyati organi Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakilga tavsiyalarni ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida yozma javob taqdim etadi.
Zarur bo‘lgan taqdirda, tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan investorlarning hamda investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning murojaatlarini ko‘rib chiqish uchun zarur bo‘lgan axborotni so‘rab oladi, bundan davlat sirlarini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi axborot mustasno.
Investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘llaniladigan imtiyoz hamda preferensiyalar quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin8:
-davlat mulki bo‘lgan obyektlarni yoki ularga bo‘lgan mulkiy huquqlarni imtiyozli yoki nolga teng xarid qiymati bo‘yicha investorga berish;
-soliqlar va to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar berish;
-investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun investor tomonidan olinadigan kreditlar bo‘yicha foiz stavkalarini subsidiyalash.
Imtiyozlar va preferensiyalar quyidagilarga qarab beriladi:
-investitsiyalar hajmiga;
-investitsiya loyihasi amalga oshiriladigan joyning shart-sharoitlariga;
-kutilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy samaraga va yangi ish o‘rinlarini yaratishga;
-investitsiya loyihasini amalga oshirish sohalari va tarmoqlariga.
Soliqlar va to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar qonunda belgilangan tartibda beriladi.
Investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘llaniladigan preferensiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlari bilan, shu jumladan munitsipal obyektlarga nisbatan Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablag‘lari hisobidan berilishi mumkin.
Imtiyozlar va preferensiyalar tegishli hududga investitsiyalar kiritishni nazarda tutuvchi investorlarga mazkur hudud infratuzilmasining rivojlanish darajasidan kelib chiqqan holda beriladi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalarini jalb qilgan holda tashkil etilgan va qonunchilik bilan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha iqtisodiyot tarmoqlarida mahsulot ishlab chiqarishga (xizmatlar ko‘rsatishga) ixtisoslashgan korxonalarga O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilangan tartibda alohida soliqlar yuzasidan imtiyozlar qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari nazarda tutiladi.



Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish