Iqtisodiyot asoslari fani predmeti vazifasi va ahamiyati


Talab qiyshiq chizig‘ining ko‘chishi



Download 0,54 Mb.
bet11/19
Sana07.11.2019
Hajmi0,54 Mb.
#25272
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Bog'liq
Iqtisodiyot asoslari fani predmeti vazifasi va ahamiyati


Talab qiyshiq chizig‘ining ko‘chishi


Haftadagi talab hajmi (kattaligi)


Haftadagi talab hajmi (kattaligi).


(b) talab qiyshiq chizig‘ining DD dan D1D1 ga ko‘chishi talabning o‘sganini, D1D1 dan DD ga ko‘chgani esa uning kamayganini ko‘rsatadi.

Jadvaldagi uchinchi ustun talabning o‘zgarishi natijalarini ko‘rsatadi – uning hajmi ko‘rsatilgan narxlarning istalgan har bittasida oshib boradi. Talabning bu o‘sishi grafik (jadval)da talabning qiyshiq chizig‘ining to‘laligicha o‘ngga ko‘chishi sifatida aks ettirilgan.

DD talabning boshlang‘ich qiyshiq chizig‘i, D1D1 esa  qiyshiq chiziqning talab oshgandan keyingi holatidir. Talab har qanday narxda ham o‘sadi.

Shuningdek, talabning tushishi oqibatlarini ham keltirish mumkin. Buning uchun biz talabning qiyshiq chizig‘ining boshlang‘ich holati D1D1 deb faraz qilishimiz kerak. Talabning pasayishi u istalgan narxda ham kamayadi degan ma’noni bildiradi (talabning qiyshiq chizig‘i DD tomoniga ko‘chadi).

Talabning oshishi talab qiyshiq chizig‘ining o‘ngga ko‘chishini bildiradi va bu talabning har qanday narx qo‘yilganida ham o‘sishga olib keladi.

Talabning kamayishi talab qiyshiq chizigining chapga kochishini bildiradi va bu har qanday narxda ham talabning pasayishiga olib keladi.

Talab qiyshiq chizig‘ining ko‘chishi sabablari.

Daromadlarning ozgarishi.

Ko‘pchilik holatlarda aholining real daromadlarining o‘sishi tovarlar va xizmatlarga talablarning oshishiga, uning pasayishi esa talabning tushishiga olib keladi. Qat’iy qilib aytganda, talab soliqlar olingandan so‘nggi daromadga bog‘liq. Daromad solig‘i va ijtimoiy ta’minot bo‘yicha nafaqalar miqdorining o‘zgarishlari talabning kattaligi (hajmi) va talabning qiyshiq chizig‘ining holatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadilar. Biroq shunday ham bo‘ladiki, real daromadning oshishi qandaydir tovarga yoki xizmatga bo‘lgan talabning tushishiga olib kelishi mumkin. Ba’zida tovarlar quyi toifaga mansub bo‘ladilar, chunki real daromadlar oshganida ularni kamroq sotib oldilar. Qanday tovarlarning «quyi toifa»ga kiritilishi aholining turmush darajasiga bog‘liqdir. Masalan, G‘arbiy Yevropada daromadlar oshib, ko‘plab odamlar o‘zlariga avtomobil sotib olish imkoniga ega bo‘lganlarida jamoat transportiga bo‘lgan talabning sezilarli darajada pasaygani kuzatilgan.

Real daromadlarning oshishi quyi toifadagi tovarlarga bo‘lgan talabning qisqarishiga olib keladi.

Boshqa mahsulotlar narxining o‘zgarishi.


Ma’lumki, ko‘plab tovarlar o‘zlariga yaqin, ularning o‘rnini bosa oladigan tovarlarga ega. Ulardan birining narxini o‘zgarishi uning o‘rnini bosuvchilarga bo‘lgan talabga ta’sir qiladi. Qaysidir nav narxning o‘sishi, shubhasiz, boshqa navlarga bo‘lgan talabning oshishiga olib keladi.

O‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi tovarlar. Bunday tovarlarga talab bir vaqtda taqdim etiladi, chunki ularning bittasini qo‘llash ikkinchisini ham ishlatishni taqozo etadi. Masalan, fotoapparat va tasma (plyonka), avtomobil va benzin. Bunday hollarda ulardan biriga bo‘lgan talab u bilan qo‘shib ishlatiladigan tovar narxining o‘zgarishiga bog‘liq bo‘ladi.

Did va modaning o‘zgarishi.


Ba’zi tovarlarga talab katta va tez-tez bo‘ladigan o‘zgarishlarga duch kelaveradi. Bu, ayniqsa, did va moda ularga ta’sir qiluvchi, masalan, kiyim-kechak, poyabzal, ko‘ngilochar xizmatlar kabi tovarlar va xizmatlarga taalluqlidir. Keyingi yillarda ma’lum bir oziq-ovqatlar bilan bog‘liq bo‘lgan xavflar haqidagi xabarlar talabga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. U mash’um mashhurlikni qo‘lga kiritgan tovarlarga talab kamaydi va yaxshi ijobiy fikrlar uyg‘otishga sazovor bo‘lgan tovarlarga talab oshadi.

Reklama.


Agar muvaffaqiyatli reklama kompaniyasi o‘rnini bosuvchi tovarlar bor tovar uchun (masalan, kofening ma’lum bir navi) o‘tkazilsa, bu raqobatlashuvchi tovarlarga bo‘lgan talabning qiyshiq chizig‘ining chapga ko‘chishiga olib kelishi mumkin. Reklamaning maqsadi reklama qilinayotgan tovarga bo‘lgan talabning qiyshiq chizig‘ini o‘ngga ko‘chirishdadir.

Haqini ma’lum muddat davomida to‘lash sharti bilan qilinadigan xarid.

Uzoq vaqt davomida foydalaniladigan ko‘p tovarlar esa uni ma’lum muddat davomida to‘lab borish sharti bilan xarid qilinadi. Ularga bo‘lgan talab bunday savdo qanday shartlar asosida qilinayotganiga sezilarli darajada bog‘liqdir. Agar bu sharoitlarni qabul qilish xaridor uchun qulay bo‘lsa, badallar kamaytirilsa, ssudani qaytarish muddati uzaytirilsa, ko‘plab tovarlarga bo‘lgan Talabning qiyshiq chizig‘i o‘ng tomonga ko‘chadi. Agar ma’lum muddatda haqini to‘lash sharti bilan tovar sotishdagi sharoitlar xaridorlar uchun kamroq qulayliklarga ega bo‘lsa, teskari vaziyat yuzaga kelishi mumkin.



Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish