Zeb-ziynatlarni haddan ziyod ortiq taqish ayol kishining badavlatligini emas, didsizligini namoyish etadi.
Ismingizni o`zgalar to`liq aytishlarini istasangiz, o`zingiz ham hammani ismi bilan chaqiring. Atrofdagilarga laqab bilan murojaat qilish odobdan emas.
Yo`l o`rtasida tasodifan turib qolish ortingizdan kelayotgan insonga noqulaylik tug`diradi.
Ko`chada yurib, nimadir eyish madaniyatsizlikdir. Albatta, hech kim biror bog`dagi o`rindiqda o`tirib muzqaymoq eyishingizga qarshi emas, ammo jamoat transportiga, do`kon yoki muzeyga tishlangan somsa yoki gamburger bilan kirish yaramaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |