G'ildiraklar, pedallar va motor
Kpchilik odamlarning
fikricha: inson tafakkuri-
ning eng oliy kashfiyoti -
bu ikkita g'ildirak, m l va
pedal.
Lotin tilida «veloks» so'zi «tez» de
gan ma’noni, «pedes» so'zi«oyoq»
degan ma’noni anglatib, «velosi
ped» so'zi «tez yuruvchilar mashi
nasi» degan ma'noni anglatadi.
1817-yilda nemis pro
fessor! Karl Dreys birin
chi ikki g'ildirakli samokatni yaratdi va unga «yurish uchun ma-
shina» deb nom berdi. Bu «mashina»ning ruli bor bo'lib, u pedalsiz
velosiped ko'rinishida edi. Dreysning sharafiga bu kashfiyotni dre-
zina deb atadilar va bu drezina so'zi hanuzgacha mavjud. Tez ora-
da Dreys mashinasi Buyuk Britaniyada om m aboplikka erishib, unga
«dendi-xorz» (ingliz tilida «dendi uchun ot») deb nom berishdi.
1839-1840-yillarda shotlandiyalik temirchi Kirkpatrik Dreysning
kashfiyoti ni takomillashtirdi, ya’ni unga egar va pedal o'rnatdi. Am
mo bu pedallar aylanmas, uni faqat itarib yurgizish mumkin edi.
1862-yilda
fransiyalik
bola-
lar aravachasini yasash bo'yicha
usta Pyer Lalman «dendi-xorz»ni
ko'rib, uning oldi g'ildiragiga ayla-
nadigan pedal o'rnatdi va shun
dan boshlab velosiped sanoatda
ishlab chiqarila boshlandi.
O'sha yillarda oldi g'ildiragi
juda katta bo'lgan va uning us
tiga egar o'rnatilgan velosiped-
lar juda om malashib ketdi. Oldi
va orqa g'ildiraklarning katta-
«Penni-farting» sistemasidagi
kichikligidagi farqi juda katta
velosiped
bo'lganligi sababli unga «penni-
farting» deb nom berdilar (inglizlarning penni tangasi fartingga nis
batan ancha katta). Oldingi katta g'ildirak yuqori tezlik bilan yurish
imkonini berish bilan birga velosipedning turg'un holatda turishini
ta ’minlay olmas edi.
1888-yilda shotlandiyalik Jon Boyd Danlop kauchukdan dam-
lanadigan shina ixtiro etganidan so'ng velosipedlar ancha qulay
holatga keldi. Shundan beri odam larning turlicha talablari va qizi-
qishlarini hisobga olgan holda velosipedning xilma-xil modellari ya
ratilib kelinmoqda.
M a’lumki, ixtirochilar hech qachon erishilgan yutuqlar bilan bir
joyda qotib qolmaydilar. 1885-yilda konstruktor Gotlib Daym ler
ikki g'ildirakli velosipedga ichki yonar dvigatelni o'rnatdi va endi
haydovchi pedalni aylantirishi shart bo'lmay qoldi. Transportning
bu yangi turiga m ototsikl deb nom berildi («motor» va «g'ildirak»
so'zlaridan olingan) va u bir zumda katta olqishlarga sazovor bo'ldi.
Mototsikllar motorining quvvati borgan sari oshaverdi. Keyinchalik
ularning yo'lovchi, sportchi va poygachi turlari paydo bo'la bosh-
ladi. Yoshlar uchun kichik quvvatga ega bo'lgan mopedlar, pedal
siz m opedlar - mokiki, shuningdek, yuqori qulaylikka ega bo'lgan
egarli m opedlar - motorollerlar o'ylab topildi.
Yuqori quvvatga ega bo'lgan mototsikl
tezligi 150 km/soatdan oshadi
Do'stlaringiz bilan baham: |