Doimiy rivojlanib va boyib boruvchi ta'limot.
O'zbekiston Prezidenti yaratgan bozor iqtisodiyotiga o'tish ilmiy
ta'limoti boshqa iqtisodiy qarashlar, g'oyalar, ta'limotlardan tubdan farq qiladi.
Bu haqda muallif shunday dedi: «Mustaqil rivojlanishning o'tgan davrini
umumlashtirish va tahlil etish isloh qilishning O'zbekiston model! asosli va
to'g'ri bo'lib chiqdi. deb aytish uchun to'la asos beradi. bugun uni obro'li
xalqaro iqtisodiv tashkilotlar. iahonning ko'pgina mamlakatlari tan olmoqda.
Eng asosiysi-hayotning o'zi uni tasdiqlamoqda'»
Prezidentimiz O'zbekistonda bozor munosabatlarini shakllantirish ilmiy
konsepsiyasini mamlakatimizda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar
natijalari asosida yangi-yangi qoidalar bilan boyitib borayotir. U yuqorida
qayd qilingan asarida o'z konsepsiyasi ro'yobga chiqishining vositalarini ham
aniqlashtirib berdi. Bular quyidagilardir: birinchidan. inson manfaatlarini
ro'yobga chiqaruvchi shart-sharoit yaratish orqaligina islohotlar amalga
oshadi; hozirgi sharoitda «har bir oila boy bo'lsa, davlat boy bo'ladi» degan
qoidaga rioya qilinsa, islohotlar tezroq samara beradi; ikkinchidan.
«mamlakatda chinakam o'rta mulkdorlar sinfi shakllangan taqdirdagina
islohotlar sezilarli samara beradi, mulkchilik masalalari hal bo'ladi»;
uchinchidan. «biz ko'p ukladli iqtisodiyotni vujudga keltirish vazifasini
qo'ymoqdamiz. Bunda ustuvorlik xususiy mulkka —kichik va o'rta biznesga
beriladi»; to'rtinchidan. qimmatbaho qog'ozlar bozorini rivojlantirish, pul
mablag'larini qimmatbaho qog'ozlar bozoriga jalb etish, aksiyalashtirish, fond
bozorida faol qatnashish; beshinchidan. «Ishlab chiqarishni, iqtislodiyotda
vujudga keltirilayotgan huquqiy doirada o'zgartirib borish». Asosiysi,
«bunday o'zgarishlar islohotlarning o'ziga kafolat beradi»; oltinchidan.
nodavlat sektordagi o'zgarislilarga doimo katta ahamiyat berib borish,
qishloqda bozor mexanizmlarini rivojlantirish, dehqonda sohibkorlik hissini
uyg'otish; yettinchidan. iqtisodiyotning hududiy tuzilishini takomillashtirib
borish, hududiy imkoniyatlardan samarali foydalanish; sakkizinchidan.
respublikani hayotiy muhim tovarlar bilan o'z milliy imkoniyati hisobiga
ta'minlashga ustuvorlik berib borish va boshqalar.
Perezidentimiz tomonidan ishlab chiqarilgan bu besh tamoyil hayot
sinovidan o'tdi. Amaliy islohotlar jarayonida, xususan, XXI asr arafasi va
uning dastlabki yillarida mamlakatimizning rivojlanishi strategiyasi,
islohotlarni chuqurlashtirish va jamiyatni yangilash borasidagi faoliyati-mizni
jadallashtirish maqsadida bu tamoyillar Oliy Majlisning 1-chaqiriq XIV
sessiyasida quyidagi oltita ustuvor yo'nalish bilan to'ldirildi:
1. Mamlakat siyosati, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini
yanada erkinlashtirish.
2. Jamiyat ma'naviyatini yanada yuksaltirish.
3. Kadrlar masalasini muvaffaqiyatli hal qilish.
4. Xalq turmush darajasining izchil va barqaror o'sishi, aholini yanada
kuchli ijtimoiy himoya qilish.
5. Iqtisodiyotda tarkibiy o'zgarishlarni ta'minlash.
6. Jamiyatdagi barqarorlik, tinchlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikni,
sarhadlarimiz daxlsizligini, mamlakatimiz hududiy yaxlitligini ta'minlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |