Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti sh. A. Aminjonov, E. N. Nuritdinnov



Download 288,5 Kb.
bet15/50
Sana20.04.2022
Hajmi288,5 Kb.
#565311
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   50
Bog'liq
Yosh fiziol va gigien (Aminjonov Sh, Nuritdinnov E.N) Usl qul

Tayanch iboralar:
1. Suyaklarning vazni.
2. Suyaklarning shakli.
3. Kimyoviy moddalar.
4. elastiklik.
5. Lordoz, kifoz, skolioz.
6. YAssioyoqtik.
7. Mushak og‘irligi.
8. Mushak kuchi.
9. Haraqat malakalari.
10. Gigienik talablar.


Savollar:

1. Tayanch va harakat apparati qanday ahamiyatga ega?


2. Odam skeleti qanday qismlardan iborat?
3. Xarakatlarning tezdigi, aniqligi va chidamliligi nimaga bog‘liq?
4. Harakat malakalari deganda nimani tushunasiz?
5. Xar xil esh davrlarida mushak og‘irligi qanchani tashkil qiladi.?


Foydalanilgan adabietlar:
1 . Q.S.Sodiqov. O‘quvchilar fiziologiyasi va gigienasi. O‘quv ko‘llanma, - Toshkent: O‘qituvchi 1992 y.
2. L.S.Klemesheva., M.S.Ergashev. YOshga oid fiziologiya. Toshkent: O‘qituvchi, 1991 y.
3. I.G.Azimov. Jismoniy tarbiyaning yosh fiziologiyasi. O‘quv qo‘llanma. -Toshkent: 1994 y.
4. A.A.Markosyan. YOsh fiziologiyasi masalalari. - Moskva: 1974 y.
5. A.G.Xripkova, M.V. Antropova, D.A.Farber. Vozrastnaya fiziologiya i shkol’naya gigiena. - Moskva: Prosveshenie 1990 g.
6. YU.A.Ermolaev. Vozrastnaya fiziologiya. Moskva: Visshaya shkola. 1985.
7. A.A.Guminskiy, N.N. Vozrastnaya fiziologiya. — Moskva Visshaya shkola, 1985.
8. U.Z.Qodirov. Odam fiziologiyasi. Toshkent Abu Ali Ibn Sino nomidagi «tibbiyot» nashriyoti. 1996 y.
9. X.T.Atmatov, D.S.Klemesheva, A.T.Matchanov. Vozrastnaya fiziologiya. -Toshkent: 2002 y.
4-Mavzu: MARKAZIY ASAB SISTEMASI FUNKTSIYASINING YOSHGA QARAB O‘ZGARISHI


R E J A:
1. Asab tizimishshg tuzilishi.
2. Ontogenez jarayonida asab tizimi turli bo‘limlarining shaklanishi.
3. Bolatar va o‘smirlarning refleks faoliyati xususiyatlari.


Asab tizimining tuzilishi

Nerv sistemasi faqat tirik organizmlarga xos bo‘lib, turlicha tuzilgan va muraxkablik darajasi ham har xil. Nerv sistemasi odam organizmining barcha to‘qimalari va organlarining o‘zaro aloqasini va bir butun bo‘lib harakat qilishini tashinlayda. Uning yordamida turli-tuman ta`sir idrok etiladi va analiz qilinadi, tashqi va ichki muhitdagi o‘zgarishlarga ko‘ra javob reaktsiyalari shakllanadi, ya`ni organizmng o‘z-o‘zini idora qilishi va moslashuvi jarayonlari boradi.


Nerv sistemasi organlar va tuqimalarga turli moddalar yordamida qon orqali ta`sir qiladigan gumoral sistema bilan o‘zaro bog‘liq holda ishlaydi. Biroq nerv mexanizmi birmuncha takomillashgan hisoblanadi, chunki taassurot nerv tolalari bo‘ylab faqat muayyan organlarga katta tezlik bilan tushadi.
Butun nerv sistemasini to‘zilishi jihatidan markaziy va periferik sistemalarga bo‘lish mumkin. Markaziy nerv sistemasiga bosh va orqa miya, periferik nerv sistemasiga somatik va vegetativ nerv sistemasi kiradi. Bosh miya kalla qutisi ichida, orqa miya umurtqa pogonasining orqa miya kanalida bo‘ladi. Periferik nerv sistemasi markaziy nerv sistemasi bilan barcha organlar va to‘qimalarda bo‘ladigan retseptorlir va effektorlar orqali bog‘lanib turadi.
Nerv to‘qimasi neyron deb ataladigan hujayralardan tashkil topgan. O‘lar tanadan va ikkita tarmoq (o‘siq)- dentritlar bilan aksonlardan tashkil topgan bo‘lib, o‘zaro va turli organlarning to‘qimalari yordamida birikadi. Neyronning asosiy funktsiyasi axborotni qabul qilish va uni nerv impul’slari ko‘rinishida uzatishdir. Axborot hujayraga dendritlar orqali keladi.
Akson-uzun o‘simta bo‘lib, u ham tarmoqlanishi mumkin, unda yon va oxirgi o‘simtalar hosil bo‘ladi. Akson qo‘zg‘alishni neyron tanasidan boshqa hujayralariga yoki to‘qimalarga o‘tkazishga moslashgan, uzunligi 1 m ga yaqin bo‘lishi mumkin.
Agar akson atrofdagi to‘qimalar va boshqa nerv tolalarining elektr-ximiyaviy ta`siridan himoya qiladigan mielin parda bilan o‘ralgan bo‘lsa, nerv impul’sini o‘tkazish tezligi ortadi. Hamma sezuvchi va harakatlanuvchan nerv tolalari, shuningdek, vegetativ tolalarning bir kismi ham shunday parda bilan o‘ralgan. Ko‘p sonli aksonlardan nerv tolalari va nerv sistemasining o‘tkazuvchi yo‘llari shakllanadi. Har bir o‘simta sinaps nomini olgan qoplama bilan tugallanadi. U nerv impul’sini bir neyrondan ikkinchisiga yoki biror to‘qimaga o‘tkazishni ta`minlaydigan fiziologik aktiv moddalari bo‘lgan pufakchalar -mediatorlar bilan to‘lgan bo‘ladi. SHunday qilib, nerv sistemasi bo‘ylab axborot o‘tkazish elektr va ximiyaviy tabiatga ega. Agar neyronning tanasi shikastlansa, akson va dendritlar nobud bo‘ladi, agar u saklanib qolsa, unda yangi o‘simtalar xosil qiladi.
Haet mobaynida neyron o‘simtalari tarmog‘ining soni o‘zgarishi mumkinligi aniqlangan, shu tufayli bosh miya o‘sadi va rivojlanadi. Etilgan nerv hujayrasi bo‘linishiga va o‘zi singari vaqtida shakllanadigan 10-14 mlrd neyron keyin bir dona ham ko‘paymaydi. Bu tarkibiy qismlar 5-7 yoshli bolada, ayniqsa jadal o‘sadi. SHunga muvofiq, neyronlarning sinaptik bog‘lari soni ham ortadi. Mutaxassislarning kuzatishlariga qaraganda, nerv hujayrasi yuzasining taxminan 80% sinanslar bilan koplanishi mumkin va ularning miqdori neyron bog‘laridan dalolat beradi. Turli nerv hujayralarida ularning soni o‘zgarib turadi va neyronlarning funktsional ishi mikdoriga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, tug‘ilishdan boshlab, sog‘lom hayvonlar tajriba tariqasida mutlaqo qorong‘ida boqilsa, ularda neyronlarning bosh miya ko‘rish markazi bilan sinoptik aloqalari rivojlamaydi, yorug‘lik axboroti qabul qilinmaydi va qayta ishlanmaydi. Natijada ko‘rish organining barcha struktura elementlari bo‘lishiga qaramay, xaygonlarning ko‘zi ko‘rmagan.
Nerv to‘kimasi hujayralarining ayrim o‘ziga xos ko‘zg‘aluvchanlik va o‘tkazuvchanlik xossalari bor. Qo‘zg‘aluvchanlik tashqi muhitdagi o‘zgarishlarni qabul qilish va ularga qo‘zg‘alish reaktsiyasi bilan javob berish xususiyatidan iborat. Nerv hujayralari va boshka ayrim hujayralar, masalan, muskul hujayralarining ko‘zg‘aluvchanligi ayniqsa yuksak va ular ta`sirga tez javob berishga moslashgan. Bunga o‘tkazuvchanlik xossasi, ya`ni to‘qimaning qo‘zg‘alishni o‘tkazish qobiliyati tufayli erishiladi.
Qo‘zgaluvchanlik va o‘tkazuvchanlik xossalari membranada va xujayralar ichida bo‘ladigan qator bioximiyaviy, fizik va elektr hodisalari bilan bog‘liq va shular tufayli amalga oshiriladi.
Markazdan qochuvchi, markazga intiluvchi va aralash nerv tolalari mavjud. Markazga intiluvchi nervlar qo‘zg‘alishni retseptorlardan markaziy nerv sistemasiga o‘tkazadi va ular sezuvchi, ya`ni markazga intiluvchi nervlar deyiladi. Markazdan qochuvchi nerv tolalari bo‘ylab impul’s markaziy nerv sistemasidan periferiyaga, ishchi organlarga-effektorlarga keladi. Bu tollar yana haraqat tolalari ham deyiladi. Aralash nervlarda tolalarning iqqala turi ham bo‘ladi.
Dendritlar axborotni boshqa nerv hujayralaridan yoki odam tanasi yuzasida, shuningdek, ichki organlarning to‘qimalarida joylashgan muvofiqlashgan sezuvchi hujayralar-retseptorlardan oladi. Redeptorda vujudga kelgan qo‘zg‘anish jarayoni sezuvchi neyron bo‘ylab markaziy nerv sistemasiga tarqaladi, u erda harakat neyroniga o‘tadi va u bo‘ylab effektorga borib etadi hamda to‘qima tipining qandayligiga qo‘ra, muayyan reaktsiya ko‘rinishida tugallanadi. Bu, masalan, muskullar qisqarishi, biror bezning sekretsiyasi kabilarda yuzaga chiqishi mumkin. Tasvirlangan nerv strukturasi reflektor yoy deb ataladi, tashqi yoki ichki muhitdan markaziy nerv sistemasi ishtirokida bo‘ladigan ta`sirga organizmning javob reaktsiyasi esa refleks deyiladi. Reflektor yoylar ikkita va undan ko‘p neyronlardan iborat bo‘lishi va ulardagi qo‘zg‘alish faqat bir yo‘nalishda o‘tkazilishi mumkin.

Download 288,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish