Инсон капиталининг таркиби
Ажратиб бериладиган инсон
капиталининг турлари
Ажратиб берилмайдиган инсон
капиталининг турлари
Маданий-аҳлоқий
Саломатлик (биофизик)
Меҳнат
Ташкилий-тадбиркорлик
Ижтимоий-маданий
Социал
Таркибий
Ташкилий
Мижоз (бренд-капитал)
5.
Intellektual kapital
. Intellektual faoliyatning mahsuloti muallifning mutlaq
mulki sifatida mualliflik huquqi bilan patentlanadi va mustahkamlanadi. Bu
kapitaldan iqtisodiyotda qanday foydalanish yo‘nalishlarini va shakllarini belgilash
huquqi muallifga tegishlidir. Intellektual mulk ob’ektlari xo‘jalik aylanmasiga
korxonalarning moddiy aktivlari sifatida jalb etiladi hamda ularning, shuningdek
ushbu aktiv egalarining daromadlarini ko‘paytiradi.
6.
Tashkiliy-tadbirkorlik kapitali
. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish
yoki korxona personalini boshqarish uchun tashkilotchilik qobiliyati, yuksak
mas’uliyat, ishbilarmorlik, yangilikka intilish, tejamkorlik, iroda, oqilona
tavakkalchilik qilish talab qilinadi. Ana shu kapital – nou-xau, tijorat sirlariga ega
bo‘lish ularni tashkiliy-tadbirkorlik kapitaliga aylantirish imkonini beradi.
Ishbilarmonlik darajasi xususiy va nazorat qilinadigan kapital miqdorida o‘z
ifodasini topadi. Bu esa kichik, o‘rta va yirik biznesni ajratib ko‘rsatish imkonini
beradi.
Yuqorida qayd qilingan inson kapitalining turlari mazkur iqtisodiy
kategoriyaning
ajratib berilmaydigan
turlariga taaluqlidir.
Ajratib beriladigan
inson kapitali turlariga esa qo‘yidagilar kiradi:
• ijtimoiy-madaniy inson kapitali.
Bu kapital xodimlar madaniy sifatlari va
qobiliyatlarining integratsiyalashishi va kooperatsiyalashishini, ijtimoiy takror
hosil qilish tarkibida doimiy axborot, ilmiy, ta’lim, texnologik oqimlar mavjud
bo‘lishini aks ettiradi;
• sotsial kapital.
Sotsial normalar, ishonch va hokazolar uning unsurlari
xisoblanadi. Sotsial kapital har bir iqtisodiy sub’ekt u yoki bu tarzda ijtimoiy
munosabatlar tizimiga integratsiya qilinganligii bilan bog‘liqdir. Inson kapitalining
ushbu turi qator o‘ziga xos xususiyatlarga egadir:
birinchidan, bu hamisha tashkillashtirilgan o‘zaro munosabatlar mahsulidir,
shuning uchun shaxsiy emas, balki ijtimoiy shaklga egadir;
ikkinchidan, sotsial kapital tashkiliy-ijtimoiy tizim amal etishining unsuri
sifatida xususiy mulk bo‘lishi mumkin emas, ya’ni ijtimoiy ne’mat xisoblanadi.
A.I. Merko sotsial kapital axborot, g‘oyalar, ishonch, kooperatsiya, hissiy
qo‘llab-quvvatlash va tashkiliy darajaning boshqa unsurlarini qamrab olgan deb
xisoblaydi. Bundan kelib chiqqan xolda u ijtimoiy kapitalning ikki darajasini
ajratib ko‘rsatadi
15
.
1. Tarkibiy kapital – bu xo‘jalik yurutuvchi sub’ektning bozorning o‘zgarib
boradigan kon’yunkturasiga moslashgan hamda buni korxona uchun manfaatli
yo‘nalishga qaratgan holda o‘z tashkiliy tuzilmasini boshqarish qobiliyatidir
16
.
Hozirgi davr iqtisodiyotida firmalar ish ko‘radigan raqobat muhiti
innovatsiyalar ta’siri ostida mutassil o‘zgarib turadi. Bunday o‘zgarishlarning
yuqori sur’ati korxona muvaffaqiyatga erishishi mumkin bo‘lgan sharoitlarni
murakkablashtiradi. Ana shunday sharoitlardan biri - korxonada salmoqli darajada
tarkibiy kapital mavjud bo‘lishidir.
15
Мерко А.И. Социально–ответственный бизнес–взаимосвязь государственной и корпоративной политики в
глобализирующемся мире. Монография. – М., 2009. - С.180.
16
Костюк В.Н. Теория эволюции и социоэкономические процессы. – М.: УРСС, 2004.- С.126.
2. Tashkiliy kapital. Moxiyat jihatidan bu xo‘jalik yuritishning tizimga solish
malakasi hamda tashkiliy imkoniyatlardir. Tashkiliy kapital quyudagilarni qamrab
oladi:
innovatsiyalar kapitali
– ularga muhofaza qilgan tijorat huquqlari, intellektual
mulk hamda boshqa nomoddiy aktivlar va firmani yangilanishga qodirligini
ta’minlaydigan qadriyatlar kiradi;
jarayonlar kapitali
– ularga, masalan, ishlab chiqarish, mahsulotni sotish,
maxsulot sotishdan so‘ng servis xizmati ko‘rsatish tizimlarini, ya’ni ular natijasida
mahsulot qiymatini shakllantiradigan kapitalni kiritish mumkin.
Shu bilan birgalikda
mijozlar kapitali (brend-kapital
) ham farqlanadi.
Mijozlar kapitaliga ega bo‘lgan korxona faoliyatini mahsulot yoki xizmatdan
foydalanuvchini “iste’mol qiymatini birgalikda yaratish va takomillashtirishga jalb
etish” korxonasi deb atash mumkin. Bunda xaridor korxona tomonidan yaratilgan
barcha mahsulotlar va xizmatlarning oliy hakami vazifasini bajaradi
17
.
Inson kapitalining yuqorida qayd qilingan tarkibi mazkur iqtisodiy kategoriya
insonning o‘zi serqirra ekanligi bilan izohlanadi. Ishlab chiqarish kapitali
doirasidagi ashyoviy va inson kapitali yaxlitligi va ajralmasligiga qaramasdan
inson kapitali tobora mavqei ortib, yetakchi rol o‘ynamoqda. Bevosita inson
kapitali iste’mol qilinayotgan jismoniy kapitalning tovarlardagi qiymatini saqlab
turadi hamda ish kuchi qiymatini qoplaydigan va kapital egalariga foyda
keltiradigan yangi qiymat yaratadi.
Professor q.X. Abdurahmonovning fikricha, “Inson kapitalini ahamiyati tabiiy
resurslar, moddiy boylik va vositalarga qaraganda yuqoriroqdir”
18
. Shuning uchun
inson kapitali iqtisodiy o‘sish va samaradorlikning asosiy omilidir. Inson
kapitalining iqtisodiy kategoriyasi sifatidagi tushunchasi jahon axborot
hamjamiyati va “bilimlar iqtisodiyoti” rivojlanishi bilan birgalikda muntazam
ravishda kengayib bormoqda. Hozirgi davrda inson kapitali intellektual va
boshqaruv mehnatini, yashash va mehnat faoliyati muhitini qamrab oladigan
iqtisodiyotni, jamiyat va oilani rivojlantirishning intensiv ishlab chiqarish omilidir.
Bu inson kapitalini rivojlantirishning ishlab chiqaruvchi omili sifatida samarali va
oqilona amal etishini ta’minlaydi
19
.
Inson kapitali nazariyasiga muvofiq, inson kapitalining to‘planishi turli
shakllarda amalga oshirilishi mumkin. Ularning eng asosiylari ta’lim olish hamda
kasbiy tayyorgarlik davomida qobiliyatlarni rivojlantirish asosida kapitalni
to‘plashdir. Odatda bu qatordan oiladagi tarbiya ham o‘rin oladi.
Shu bilan birga kapitalni to‘plashning boshqa shakllari ham mavjuddir. O‘z
sog‘lig‘i to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish (investitsiya kiritish), migratsiya,
iqtisodiyot, mehnat bozori amal etishi to‘g‘risida axborot olish hamda insonning
intellektual va jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirishni, bu qobiliyatlardan
17
Эдвинссон Л., Мэлоун М. Интеллектуальный капитал. Определение истинной стоимости компании. –М.:
Академия, 1999. - С. 442.
18
Абдураҳмонов Қ.Х. Меҳнат иқтисодиёти. –Т.: Меҳнат, 2009. - Б.182.
19
Корчагин Ю. А. Инвестиционная стратегия. — Ростов-на-Дону: Феникс, 2006. С. 17.
foydalanish mehnat samaradorligini oshirish imkoniyatini ta’minlaydigan boshqa
shakllar shular jumlasidandir.
Inson kapitalining shakllanishi manbalaridan (davlat, oila, xususiy shaxslar va
boshqalar) qat’i nazar undan foydalanish va bevosita daromad olish insonning o‘zi
tomonidan nazorat qilinadi.
Alohida shaxsning inson kapitali
uning salomatligi, sog‘lig‘i, qobiliyati, bilimi
va ko‘nikmalaridan iboratdir. “Insonning qiymati” uning hayoti bosqichlarida ortib
boradi, bu qiymatdan mehnat unumdorligini oshirish maqsadida foydalaniladi, ayni
paytda shaxsiy kapital daromadlarini ko‘paytiradi va insonni o‘z qobiliyatini
yanada oshirishga shaxsiy investitsiyalar kiritishga rag‘batlantiradi.
Korxonaning inson kapitali
da xozirgi vaqtda savdo belgisi, personal va yangi
texnologiyalar sifatidagi nomoddiy aktivlar alohida rol o‘ynaydi. Bu kapitalga,
shuningdek shaxsiy inson kapitali aktivlarini (litsenziyalar, patentlar, mualliflik
guvohnomalari), firmaning nomoddiy aktivlarini (tovar belgilari) tashkiliy kapital,
tarkibiy, kapital, brend-kapital va ijtimoiy kapitalini kiritish mumkin.
Milliy inson kapitali
ijtimoiy, siyosiy kapitalni, milliy intellektual
ustuvorliklarni, milliy raqobat ustunliklarini va millatning tabiiy salohiyatini
qamrab oladi. Milliy inson kapitali har bir rivojlanayotgan mamlakat milliy
boyligining yarmidan ko‘prog‘ini, jaxonning taraqqiy etgan davlatlarida esa 70,0-
80,0 % dan ortig‘ini tashkil etadi.
7.3.
Do'stlaringiz bilan baham: |