7-bob. Kompyutertar moqlarining texnik vositalari


-rasm. Kommutatsion matritsa



Download 2,08 Mb.
bet9/29
Sana29.12.2021
Hajmi2,08 Mb.
#83092
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29
Bog'liq
7-BOB комп.тарм. to'g'irlangan

7.5-rasm. Kommutatsion matritsa.

To‘liq dupleksli ish tartibi har qanday kolliziya holatiga o‘rin qoldirmaydi va SCMA/CD murakkab almashinuvni boshqarish algoritmidan foydalanishga xojat qoldirmaydi. Abonentlardan har biri (adapter va kommutator) bu holatda xohlagan vaqtda tarmoqning bo‘shashini kutib turmasdan axborot uzatishi mumkin. Natijada tarmoq 100% yuklamaga yaqin bo‘lgan taqdirda ham o‘z vazifasini bemalol bajaradi (yarim dupleks ish tartibida-30-40 % dan ko‘p emas). Ayniqsa bu ish tartibi yuqori tezlikda ishlovchi server va yuqori unumli ish stansiyalari uchun qulay sharoit yaratadi. Bundan tashqari SCMA/CD usulidan voz kechishlik avtomatik ravishda tarmoq o‘lchamiga qo‘yiladigan chegaralash shartlarini olib tashlaydi. Bu esa Fast Ethernet va Gigabit Ethernet tarmoqlar uchun muhimdir. To‘liq dupleks ish rejimida, axborot almashinuvi olib borishda, har qanday tarmoq uzunligiga chegara qo‘yish faqat signalni aloqa muhitida so‘nishigagina bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun, masalan, Fast Ethernet va Gigabit Ethernet tarmoqlarida shisha tolali segmentlarning uzunligi 2 km va undan ham ko‘p bo‘lishi mumkin. Standart yarim dupleks ish tartibida va SCMA/CD usuli qo‘llangan holda amaliy jihatdan bu ko‘rsatkichga erishib bo‘lmaydi, chunki signalni ikki hissa tarqalish vaqti Fast Ethernet uchun 5,12 mks dan oshmasligi kerak, Gigabit Ethernet uchun esa 0,512 mks dan oshmasligi lozim (eng kam paket uzunligi holatida esa 512 bayt-4,096 mks).

To‘liq dupleks ish tartibini aktiv yulduz topologiyasiga yaqinlashishdek ko‘rish mumkin. Xuddi aktiv yulduzdagidek, bu holda ham konfliktlar bo‘lishi mumkin emas, lekin markazga bo‘lgan talab (tezligi va ishonchliligiga) nihoyatda qattiq. Xuddi aktiv yulduzdagi kabi, ko‘p abonentli tarmoq qurish masalasi ancha qiyin, chunki ko‘p markaz hosil qilish masalasi mavjud. Xuddi aktiv yulduzdagi kabi, qurilmalarning narxi ancha yuqoridir, chunki tarmoq adapteri va ulash kabellaridan tashqari yana tez ishlovchi va qimmat kommutatorlar ham bo‘lishi kerak. Shunday qilib, hozirgi vaqtda ulovchi konsentratorlar (kommutator) ana’naviy ko‘priklar bajaradigan vazifalarni ham ko‘proq bajarmoqda. Shuning uchun bir tarmoq doirasida yoki bir xil o‘lchamli paket ishlatiladigan bir turdagi tarmoqlarda (Ethernet va Fast Ethernet) kommutatorlar ko‘pincha ko‘priklarni siqib chiqarmoqda, chunki ular ancha arzon va tezligi yuqoridir. Ko‘priklarning vazifasi faqat har xil turdagi tarmoqlarni ulashgina bo‘lib qolmoqda, bu hol ko‘p uchramaydi. Bunday tendensiya elektronikaning boshqa sohalarida ham ko‘rinmoqda: tor masalaga yo‘naltirilgan tezligi yuqori qurilmalar, tezligi kam lekin universal qurilmalarni siqib chiqarmoqda. Universal qurilmalar (komp’yuterlar, universal kontrollerlar) asosan murakkab ishlov berish algoritmli masalalarni va bu masalalar aniq obyektlarning shartlari asosida o‘zgaradigan masalalarni hal qilishda saqlanib qolmoqda. Bu qurilmalarning yana muhim afzalliklari, masala o‘zgarishi bilan dasturiy moslashish va apparat moslashish imkoniyati yuqori darajada (san’at darajasida) bo‘lganligi uchun ichki qurilmalarida o‘zgartirishlar lozim emas.

7.3.2. Ko‘priklar va marshrutizatorlar

Ko‘p hollarda ko‘prik va marshrutizatorlar tarmoqda ishlatilib, komp’yuterlar asosida yaratilgan bo‘ladi, tarmoqda maxsus vazifani bajaradi, ya’ni tarmoqni ikki va undan ko‘p qismlarini birlashtiradi. Vaholanki boshqacha ko‘prik va marshrutizatorlar ham mavjud, ular faqat bir vazifani bajarishga ixtisoslashtirilgan. Bir qator firmalar tomonidan ishlab chiqariladigan modul ko‘rinishli marshrutizatorlar shassi asosida qurilgan konsentratorlarga o‘rnatish uchun moslangan. Modul shaklida ishlab chiqarilgan marshrutizatorlar narxi komp’yuter asosidagisiga qaraganda ancha arzon bo‘ladi.






Download 2,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish