3. Mehnat faoliyati sharoitining klassifikasiyasi
So’nggi 10 yillikda mamlakatning xo’jalik yuritish kompleksida katta o’zgarishlar sodir bo’ldi, yangi mehnat faoliyatlari paydo bo’ldi. Bunday tashqari bozor iqtisodiyotiga o’tish islohoti norentabel yoki zarar bilan ishlovchi korxonalarni qisqarishiga yoki butunlay yopilishiga olib keldi. Yangi, turli mulk shaklidagi korxonalar, fermer xo’jaliklari tashkil topmoqda. Ularning iqtisodiy ahvoli ham turlichadir. Shu sababli ularning barchasida ham ishchilarga normal faoliyat ko’rsatishi uchun mehnat muhofazasi qonunlariga mos ish joylari yaratib berilgan deyish qiyin. Mehnat faoliyati sharoiti quyidagicha klasifikasiyalanadi:
1) qulay;
2) uncha katta bo’lmagan hajmdagi ishlab chiqarish zararlari ko’rinishidagi qisman murakkabliklar bilan;
3) murakkab-ishlab chiqarishdagi zararlarning o’rtacha hajmi bilan;
4) o’ta murakkab ishlab chiqarish zararlarining absalyut maksimal hajmi bilan.
Do'stlaringiz bilan baham: |