TGroupBox
To’g’ri burchakli ramka ko’rinishidagi konteyner bo’lib,
u qandaydir bir interfeys
elementlarining mantiqan bog’langan guruhini shaklda vizual birlashtiradi.
Bu komponenta
Windows ning bir nomdagi obyektning inkapsulyatsiyalanishidan iborat.
TRadioGroup
To’g’ri burchakli ramka ko’rinishidagi konteyner bo’lib, u
bir-birini mantiqan istisno
qiladigan radio-tugmalar guruhini shaklda vizual birlashtiradi.
Radio-tugmalar bitta konteynerga joylashtirilganda «guruhlanadi».
Bu guruhdan faqat
bitta tugmacha tanlab olinishi mumkin. RadioGroup komponentasiga tugmalarni qo’shish uchun,
Items xususiyatining tahriri bajarilishi kerak. Items xususiyatining
navbatdagi satriga nom
berilsa, shu tugma guruhlovchi ramkada paydo bo’ladi. Ushbu
daqiqada qaysi tugma tanlab
olinishi kerakligini ItemIndex xususiyatining qiymati aniqlab beradi.
Columns xususiyatining
tegishli
qiymatini joylashtirib, siz radiotugmalarni bir necha ustunga guruhlashingiz mumkin.
TPanel
Boshqa komponentlarni o’z ichiga olishi mumkin bo’lgan bo’sh Panelni yaratadi. Siz
TPanel dan o’z shaklingizda Instrumentlar Paneli yoki holatlar
satrlarini yaratish uchun
foydalanishingiz mumkin.
TPanel komponentasi TCustomPanel sinfining hosilasi bo’lib,
uning barcha xususiyatlar,
metodlari va voqealari to’liq vorislik qiladi.