Hisob va audit


Auditorlik faoliyatini litsenziyalashda xorij tajribasi va uni takomillashtirish yo‘nalishlari



Download 0,82 Mb.
bet15/18
Sana24.11.2022
Hajmi0,82 Mb.
#871704
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus

Auditorlik faoliyatini litsenziyalashda xorij tajribasi va uni takomillashtirish yo‘nalishlari


Respublikamizdagi auditorlik tashkilotlarining to‘plangan tajribalarini o‘rganish shuni ko‘rsatmoqdaki, u aniq yaqqol ifodalangan milliy xususiyatlarga ega. Shu bilan birga, xorijiy manbalardagi qoidalar O‘zbekistonda auditorlik faoliyatining barpo bo‘lishi va rivojlantirilishi uchun foydali hamda qiziqarli ekanligini ta’kidlash joizdir.


Xorijiy mualliflar auditning dastavval g‘arbda ham faqat buxgalteriya hujjatlari va hisobotlarini tekshirish va tasdiqlashdan iborat faoliyat sifatida shakllanganligini tan oladilar. Auditorlar asosan dastlabki hujjatlarni, buxgalteriya hisobi registrlarini, hamda ular asosida tuzilgan moliyaviy hisobotlarni tekshirgan va tasdiqlagan (yoki tasdiqlamagan). Masalan, Roy Dodj « auditorlik faoliyati so‘nggi 25 yilda uch evolyutsion bosqichni bosib o‘tgan: birinchi - tasdiqlovchi audit; ikkinchi - sistemali yo‘naltirilgan audit; va nihoyat, so‘nggisi, uchinchisi - riskka asoslangan audit. So‘nggi ikki bosqich bizdan kitobdan bosh ko‘tarish va diqqat-e’tiborni biznesning o‘ziga qaratishni talab qiladi» deb ta’kidlagan.
G‘arb mamlakatlarida, masalan, AQShda, buxgalteriya hisobining umumqabul qilingan prinsiplari - BXUP - (GAAP - Generally Accepted Accounting Principles) tizimiga rioya qilish barcha buxgalterlar va auditorlar uchun majburiy hisoblanadi. AQSh ning o‘zida buxgalteriya hisobi standartlari uzoq vaqt ommaviy muhokama qilinganidan so‘ng, mustaqil kengash - Financial
Accounting Standards Board (FASB) tomonidan tasdiqlanadi.
Buxgalteriya hisobi standartlari bilan birga audit standartlari ham qo‘llaniladi. AQShda ular auditning umumqabul qilingan standartlari - AUS (GAAS - Generally Accepted Auditing Standards) deb ataladi. Ular auditorlik tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazishda hamda uchraydigan muammmolarni hal etishda qo‘llaniladi. Standartlar Amerika qasamyod qilgan buxgalterlar instituti - AQBI (AICPA - American Institute of certified Public Accountants)ning maxsus bo‘limi tomonidan ishlab chiqilgan. Ular mamlakatdagi barcha buxgalterlar uchun majburiy hisoblanadi. Standartlarga rioya qilinmagan hollarda sudlar va auditorlar ustidan nazorat qiluvchi boshqa organlar ular faoliyatini to‘xtatishga haqlidir.
Germaniyada auditorlik faoliyati «Auditorlarning professional ustavi to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi. Ushbu qonunga muvofiq, auditor deb, mazkur kasbni jamoatchilik oldida oshkora bajara oladigan va tegishli imtihonni topshirish orqali o‘zining shaxsiy va professional layoqatini tasdiqlagan shaxs tan olinadi.
Auditor professional faoliyatining mazmuni iqtisodiy sohada auditorlik tekshiruvlarini amalga oshirish; soliq masalalari bo‘yicha konsalting xizmati ko‘rsatish; ishlab chiqarishni boshqarish sohasida ekspert sifatida ishlashi va vasiylik faoliyatidan iborat.
Germaniyada auditorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini olish bilan bog‘liq savollar majmui puxta ishlab chiqilgan. Malaka imtihonlarini o‘tkazish uchun Federal yerlar oliy ma’muriyatining vakillaridan rais tayinlanadi. Barcha komissiya a’zolari tomonidan e’tiroz bildirilmasa, da’vogarlarni imtihonga qo‘yish haqida rais tomonidan qaror qabul qilinadi.
Fransiyada auditorlik faoliyati 12-avgust 1969-yilda qabul qilingan dekret va 24-yanvar 1994-yildagi hukumat qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. Bu yo‘nalishdagi asosiy ishlar professional tashkilot - schyetlar bo‘yicha komissarlarning milliy kompaniyasi tomonidan bajariladi. Kompaniyaning asosiy maqsadi - auditorlarning o‘z professional faoliyatini amalga oshirishlari ustidan nazorat o‘rnatish, a’zolarining obro‘-e’tiborini va mustaqilligini himoya
qilishdan iborat. Kompaniya auditorlarni ikki darajada birlashtiradi. Mintaqaviy darajada professionallik faoliyatini tashkil etish va tartibga solish bilan mintaqaviy kompaniyalar shug‘ullanadilar. Ular auditorlarni ro‘yxatga oladigan mintaqaviy komissiyalar va mintaqaviy sud-intizom Palatalari bilan hamkorlikda ish olib boradilar. Milliy darajada esa, Kompaniya Ro‘yxatga olish bo‘yicha Milliy Komissiya va Milliy intizom Palatasi bilan hamkorlik qiladi.
Bizning mamlakatimizdan ancha oldin bozor iqtisodiyotiga o‘tib boshlagan Xitoyda esa 1982 yillarda auditorlik ma’muriyati yaratilgan. Bu borada professor Saidkarim Qodirxonov fikriga qo‘shilish mumkin: «Xitoyda 1983 yildagi auditorlik ma’muriyatiga asos solingan vaqtdan boshlab mahalliy va markaziy darajada 3000 dan ortiq davlat auditorlik tashkilotlari yaratilgan. Ularda 30000 ga yaqin xizmatchilar band. Davlat muassasalari tarmoqlari va korxonalari chegarasida 10000 dan ortiq ichki auditorlik xizmatlarini bajaruvchi tashkilotlar tashkil qilingan. Xitoyda buxgalterlikka ixtisoslanayotgan 70 dan ortiq firmalar mavjud. U yerda auditorlik tezlik bilan takomillashtirilmoqda».
G‘arb mamlakatlarida o‘n minglab auditorlik firmalari (faqat AQShning o‘zida qirq besh mingdan ko‘p auditorlik firmalari) faoliyat ko‘rsatadilar. Bular xilma-xil bo‘lib, bir kishidan yoki bir necha qasamyod qilgan buxgalterlardan iborat (bunday firmalar 90-95%). Xususiy firmalardan tortib, to transmilliy korporatsiyalar hisoblangan va xalqaro audit amaliyotida hal qiluvchi rol o‘ynaydigan, yirik auditorlik firmalari ham mavjud. G‘arbdagi yirik korporatsiyalar tomonidan auditorlik xizmati bozorida hukmronlik o‘rnatilishi va o‘tgan XX asrda kapitalning baynalminallashishi ham auditorlik firmalarining rolini yanada oshirdi. Birinchi transmilliy auditorlik korporatsiyalari, monopolistlar vujudga keldi va kuchli mavqega ega bo‘ldilar (asosan, ikkinchi jahon urushidan keyin). Bunga misol «katta sakkizlik» bo‘lib, u keyinchalik tegishli o‘zgarish (transformatsiya)lardan so‘ng, avval «oltilik»ka aylangan va 1998-yildan boshlab esa «katta beshlik» deb atalmoqda. Ko‘plab mamlakatlarning obro‘li professional va ishchan nashrlari vaqti-vaqti bilan yetakchi auditorlik- konsultatsion firmalarning (milliy hamda transmilliy) ro‘yxatini e’lon qilib
turadilar. Ushbu ro‘yxatlarning ko‘pchiligi ularning faoliyati to‘g‘risidagi har xil statistik ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Bu ma’lumotlar vaqti-vaqti bilan yangilanib turiladi.
Shunday qilib, auditorlik faoliyatining rivojlanishi yirik transmilliy firmalarning vujudga kelishiga olib keldi. Bunday auditorlik firmalari ichida eng yiriklari quyidagilar:

  1. «Prais Uoterxaus Kupers (Price Waterhous Coopers) - Angliya-Amerika

  2. «Deloit va Tush» (Deloitte and Touch) - Amerika-Yaponiya

  3. "Ernst va Yang" (Ernst and Young) - Shotlandiya

  4. "KPMG" (KPMG), shu jumladan Peat Marwick, VDO va boshqalar.

Ular haqiqatan ham butun dunyoda obro‘ qozongan monopolistlar bo‘lib, sanab o‘tilgan to‘rtta firma jamlangan holda - xalqaro auditorlik-konsultatsion biznesning tan olingan va tajribali lideri hisoblanadi.
Yuqorida qayd qilingan firmalarning har biri turli mamlakatlarda ko‘plab ofislarga ega bo‘lib, ularning barchasi qasamyod qilgan buxgalterlar institutining a’zosi hisoblanadi. «Katta beshlik» yirik mijozlarning taxminan 90% iga xizmat ko‘rsatadi. Bu firmalar yirik xalqaro loyihalarni bajarish imkoniga ega bo‘lib, deyarli barcha turdagi konsultatsiya-auditorlik xizmatlarini ko‘rsatadi.
Yevropada buxgalterlar va auditorlarning ikkita professional tashkiloti salmoqli o‘rin egallaydi. Bu buxgalteriya hisobi standartlari bo‘yicha xalqaro komitet - BHSXK (International Accounting Standarts Commite - IASC) va Yevropa ekspert buxgalterlarining federatsiyasi EEBF (Federation des Experts Somptables Europeen - FEE). FEE 1987-yil 1-yanvarda tashkil topgan va shtab- kvartirasi Bryusselda joylashgan.
Auditorlik faoliyatining rivojlanishiga ko‘plab boshqa muassasalar, assotsiatsiyalar va institutlar ham ta’sir ko‘rsatgan. Ulardan har biri ma’lum vazifalarni bajarish uchun yaratilgan bo‘lib, ularda auditorlik faoliyatiga juda ham xilma-xil yondoshuvlar mavjud.
AQShdagi auditorlarni birlashtirib turgan, yuqorida sanab o‘tilgan tashkilotlardan tashqari, quyidagilarni ham keltirish mumkin:

  1. Buxgalterlarning Amerika Assotsiatsiyasi - BAA (American Accounting Association - AAA). Bu tashkilot asosan buxgalterlik hisobi, audit va moliyaviy tahlil o‘qituvchilarini birlashtiradi.

  2. AQSh buxgalterlarining milliy assotsiatsiyasi - ABMA (National Association of Accountants - NAA). Bu moddiy ishlab chiqarishning turli tarmoqlarida, foyda keltirmaydigan korxonalarda, banklarda, sug‘urta kompaniyalarida va boshqalarda ishlaydigan buxgalterlarning idoradan tashqari assotsiatsiyasidir.

  3. Moliya xodimlari instituti - MXI (Financial Executives Institute - FEI). U asosan moliyaviy direktorlar va bosh buxgalterlarni birlashtiradi.

  4. Davlat muassasalari buxgalterlarining assotsiatsiyasi - DMBA (Accociation of Government Accountants - AGA). Ushbu assotsiatsiyada davlat (federal, ayrim hollarda munitsipial) muassasalari, xizmatlar va agentliklarning buxgalterlari birlashadilar.

  5. Kompyuterlashtirilgan audit bo‘yicha mutaxassislar assotsiatsiyasi - KAMA(EDP Auditors Association) va boshqalar.

Angliyada qasamyod qilgan buxgalterlarni birlashtiruvchi, quyidagi asosiy tashkilotlar mavjud:

  1. Angliya va Uels qasamyod qilgan buxgalterlarining instituti - AUQBI(The Institute Chartered Accountants in England and Wales - ICAEW, yoki ACA, yoki FCA);

  2. Diplomli buxgalterlarning jamoat assotsiatsiyasi - DBJA (The Chartered Association of Certified Accountants - CACA yoki ACCA, FCCA);

  3. Buxgalter-analitiklarning jamoat instituti - DBJA (The Chartered Institute of Management Accountants - CIMA, yoki ACMA, FCMA);

  4. Milliy moliya va buxgalterlik hisobi jamoat instituti – MMBHJI (The Charactered Institute of Public Finance and Accountancy- CIPFA, yoki IPFA);

  5. Shotlandiya qasamyod qilgan buxgalterlar instituti (The Institute of Chartered Accountants of Scotland-ICAS, yoki CA);

  6. Irlandiya qasamyod qilgan buxgalterlari instituti (The Institute of

Charactered Accountants of Ireland -ICAI, yoki FCA);
Tashqi (mustaqil) auditorlar o‘z faoliyatida ko‘p jihatdan ichki audit natijalariga tayanadi. Umuman olganda ichki auditorlar o‘zlari ishlaydigan korxonalar faoliyatini tekshiradi. Ammo, ular qoidaga ko‘ra, korxona ma’muriyati (direktorlar kengashi) tarkibiga kiradilar. Bunday nazorat (o‘z-o‘zini nazorat qilish) shakli AQShda o‘tgan, XX asrning 30 yillarida yuzaga kelib, keyinchalik G‘arbiy Yevropa va Yaponiyada tarqalgan.
Iqtisodiyotda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar, tez-tez qabul qilinayotgan yangi me’yoriy hujjatlar auditordan uzluksiz ravishda o‘z bilimini oshirib borishini taqozo qiladi. Buxgalteriya hisobi va auditni xalqaro standartlar talabi asosida tashkil etilib borilishi, moliya-pul va soliq siyosatining takomillashuvi auditordan kasbiy bilimni doimiy ravishda chuqurlashtirib borishini talab qiladi. Shu bois, biz bu borada o‘z taklifimizni keltiramiz. Bizning hisobimiz bo‘yicha bugungi kunda mamlakatimizda auditorlik tashkilotlari tekshirishi lozim bo‘lgan banklar va ular filiallarining soni 350dan ortiqdir. Bu kamida 225taga yaqin auditorlarni bank auditini o‘tkazish bo‘yicha auditorlik tekshiruvida qatnashishini taqozo qiladi. Demak, bugungi kunda qo‘shimcha yana 225dan ortiq auditorlarni bank auditi bo‘yicha tayyorlash va ularga litsenziya berish lozimligini ko‘rsatmoqda. Auditorlik faoliyati bilan yuridik va jismoniy shaxslar shug‘ullanadilar. O‘zbekiston Respublikasida amal qilinayotgan qonun hujjatlariga asosan auditorlik faoliyati bilan asosan yuridik shaxslar, ya’ni auditorlik tashkilotlari shug‘ullanadilar. Ushbu tashkilotlar auditorlik faoliyati bilan shug‘ullanish bo‘yicha maxsus ruhsatnomaga ega bo‘lib o‘z faoliyatlarini yuritish bo‘yicha mustaqil hisoblanadilar.
O‘zbekiston MDHda birinchi bo‘lib 1992-yilda "Auditorlik faoliyati to‘g‘risida"gi Qonunni qabul qilgan. Hamdo‘stlikning boshqa mamlakatlarida audit institutini barpo etish zarurligi to‘g‘risida endigina so‘z borayotgan edi. Tabiiyki, respublikamiz tajribasi boshqa mamlakatlardagi hamkasblarda katta qiziqish uyg‘otdi. 1993-yil iyunda Toshkentda bo‘lib o‘tgan, MDHning Muvofiqlashtirish kengashi tashkil etgan konferentsiya uni o‘rganishga
bag‘ishlangan.
20 yil o‘tgandan so‘ng yakunlar chiqararkanmiz, birinchi navbatda respublikamizda bozor iqtisodiyotini rivojlantirish uchun ushbu Qonunning zarurligi va o‘tgan yillarda ham, yaqin kelajakda ham uning dolzarb bo‘lib qolishiga guvoh bo‘lamiz. Bundan tashqari, ushbu Qonun o‘rtaga qo‘ygan maqsadlarga erishishda professional tashkilotlar qanday rol o‘ynashini ko‘rish mumkin. Buning uchun birinchi navbatda bank tizimi, jamg‘armalar va ochiq aksiyadorlik jamiyatlarining mustaqil auditini ta’minlay oladigan auditorlarning zarur miqdorini tayyorlash kerak edi.
Qonunda auditorlarning huquq va majburiyatlari nazarda tutilgan. Biroq uni qabul qilish paytida bizda bironta ham auditor bo‘lmagan, chunki ularni sertifikatlashtirish mehanizmi mavjud bo‘lmagan. Lekin Qonun qabul qilinishidan avvalroq auditorlar tayyorlash uchun zamin yaratila boshlangan edi.
Chunonchi, buxgalteriya hisobi, xo‘jalik faoliyati tahlili, taftish va nazorat sohasidagi yetakchi hamda eng faol mutaxassislar 1991 yil sentyabrida "Buxgalter" buxgalteriya-konsalting firmasini tashkil etdilar. Uning xodimlari va Rossiyaning "Инаудит" auditorlik firmasi mutaxassislari kichik qo‘shma auditorlik tekshiruvlarini o‘tkaza boshladilar. 1992-yil martida (Qonun qabul qilinishidan to‘qqiz oy oldin) ular O‘zbekiston buxgalterlar uyushmasini tashkil etdilar. Bunda iqtisod fanlari doktori Yuriy Markovich Itkin yetakchi rol o‘ynadi.
Tashabbuskorlar auditni tashkil etish va auditorlarni sertifikatlashtirish ishida yetakchi mamlakatlarning tajribasini o‘rgandilar, "Auditorlik faoliyati to‘g‘risida"gi Qonunning loyihasi ishlab chiqilib, u O‘zbekiston Respublikasining Oliy Kengashi tomonidan 1992 yil 9 dekabrda qabul qilindi.
O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi auditorlarni ixtiyoriy asosda birlashtiruvchi, auditorlik faoliyatini rivojlantirish, takomillashtirish va bir xillashtirishga ko‘maklashadigan mustaqil jamoat tashkilotini barpo etish Qonunda nazarda tutilgan edi. U Moliya vazirligi bilan hamkorlikda auditor litsenziyasini olish uchun o‘tkaziladigan malaka imtihonlari dasturi va taomilini ishlab chiqishi hamda
tasdiqlashi; auditorlik tekshiruvlarining umumiy qoidalarini belgilashi; auditorlar tayyorlash va malakasini oshirish bilan shug‘ullanishi; auditorlik faoliyati bilan bog‘liq, qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa harakatlarni amalga oshirishi mo‘ljallangan edi.
Auditorlar palatasi ana shunday tashkilot bo‘lishi kerak edi, u 2000-yilda tashkil etilgan. 2000-yilgacha esa "Auditorlik faoliyati to‘g‘risida"gi Qonun talablarini O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar assotsiatsiyasi (O‘BAMA) hayotga tatbiq etgan. Ushbu davrda Moliya vazirligi O‘BAMA bilan hamkorlikda hozir amalda bo‘lgan 21 milliy audit standartidan 9 tasini ishlab chiqqan: 3-son MAS "Auditni rejalashtirish" (AV tomonidan 10.11.1999 yilda 837-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan); 5-son MAS "Auditor ishi sifatini nazorat qilish" (AV tomonidan 03.09.1999 yilda 811-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan); 6-son MAS "Auditni hujjatlashtirish" (AV tomonidan 03.09.1999 yilda 812-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan); 9-son MAS "Muhimlik va auditorlik tavakkalchiligi" (AV tomonidan 03.09.1999 yilda 813-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan); 10-son MAS "Moliya hisoboti tarkibidagi boshqa ma’lumotlar" (AV tomonidan 22.09.1999 yilda 822-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan); 11-son MAS "Kompyuterda ishlangan ma’lumotlar (kod)ning auditi" (AV tomonidan 23.09.1999 yilda 823-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan); 13-son MAS "Tahliliy taomillar" (AV tomonidan 03.09.1999 yilda 814-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan); 14-son MAS "Auditorlik tanlovi" (AV tomonidan 3.09.1999 yilda 815-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan); 16-son MAS "Ekspert ishidan foydalanish" (AV tomonidan 03.09.1999 yilda 816- son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan).
Ushbu standartlar mamlakatda yangi faoliyatni tashkil etishda negiz bo‘ladigan hujjatlarga aylandi. Dastlabki 7 yil ichida auditorlik faoliyatini amalga oshirish, auditorlarni tayyorlash va sertifikatlashning milliy tajribasi jamg‘arildi, tegishli xalqaro tajriba o‘rganildi. Shu asosda Moliya vazirligi O‘BAMA mutaxassislari bilan hamkorlikda "Auditorlik faoliyati to‘g‘risida"gi Qonunning yangi tahririni ishlab chiqishni boshladi, u professional sohada muhokama qilinib, Moliya vazirligi tomonidan ko‘rib chiqilgandan keyin 2000-yil 26-mayda Oliy
Majlis tomonidan qabul qilindi. O‘sha yildayoq “Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun auditorlik tashkilotlariga litsenziya berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom va “Auditor malaka sertifikatini berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom tasdiqlandi.
Keyinchalik "Auditorlik faoliyati to‘g‘risida"gi Qonunning 7- moddasiga auditorlarning yilda bir marta malaka oshirish kurslaridan o‘tishlarini nazarda tutadigan qo‘shimchalar kiritildi. Bundan tashqari, auditorlik tashkilotlariga majburiy reyting bahosi qo‘yish uchun auditorlarning respublika jamoat birlashmasi so‘roviga ko‘ra ularning axborot taqdim etishi shartligi qayd etildi.
Bugungi kunda respublikada auditorlarning uchta professional jamoat birlashmasi: O‘BAMA, O‘zbekiston auditorlar palatasi (O‘AP) hamda O‘zbekiston buxgalterlar, auditorlar va maslahatchilar federatsiyasi (O‘BAMF) faoliyat yurityapti. Ularning hammasi auditorlar tayyorlash va malakasini oshirish muntazam kurslarini o‘tkazadi. Auditorlik tashkilotlariga yillik majburiy reyting bahosini qo‘yish uchun O‘BAMA va O‘AP "Auditreyting" MChJni tashkil etdilar, u 2008 yildan boshlab "Auditorlik faoliyati to‘g‘risida"gi Qonun 7-moddasining talabini bajaryapti.
2011-2015 yillarda respublika mikromoliyalash sohasini va nobank moliya sektorini yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarda auditorlarning respublika professional jamoat birlashmalari majburiyatlariga quyidagilar kiritilgan:

  • auditorlik faoliyati milliy standartlarini xalqaro audit standartlari asosida takomillashtirish;

  • ichki auditorga malaka talablarini belgilagan holda ichki audit xizmatlarining xodimlarini sertifikatlashtirish tizimini joriy etish;

  • "Yilning eng yaxshi auditori" yillik tanlovlarini tashkil etish.

Yevrosiyo sertifikatlangan buxgalterlar va auditorlar kengashining haqiqiy a’zolari hisoblangan O‘zbekistondagi professional jamoat birlashmalari 2000- yildan boshlab buxgalter va auditorlarni buxgalteriya hisobi hamda audit xalqaro standartlariga asoslangan CAP/CIPA sertifikatlashtirish dasturi bo‘yicha
o‘qitishni tashkil etdilar. Bugungi kunda ushbu dastur doirasida 17300 dan ko`proq mutaxassis o‘qib, "Moliya hisobi-1" kursi bo‘yicha imtihon topshirdi, ulardan 2400 dan ortig’i CAP/CIPA sertifikatlarini olgan.
Prezidentning 26-noyabr 2010-yildagi PQ-1438-son qarori talablarini bajarish uchun O‘BAMA, O‘AP "Ichki audit xizmati xodimlarini sertifikatlash tartibi to‘g‘risida"gi Nizom, Ichki auditorlarni tayyorlash dasturi, Ichki auditorlar malakasini oshirish dasturi, "Yilning eng yaxshi auditori" respublika yillik tanlovini o‘tkazish to‘g‘risida nizomni ishlab chiqdilar va tasdiqladilar.

Xulosa


Auditorlik kasbiga malakaviy talablar va auditorlik faoliyatini litsenziyalash tartibini o‘rganib chiqib, uni takomillashtirish maqsadida quyidagi takliflarni beramiz:

  1. Auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi tegishli vazirliklar hamda moliya vazirligiga quyidagi vazifalarni qo‘shimcha qilib yuklatish ushbu faoliyatni yanada takomillashtirilishiga omil bo‘ladi:

  • Mamlakatda faoliyat yuritayotgan barcha auditorlik tashkilotlari va undagi auditorlar, auditor assistentlari, bundan tashqari, yakka tartibda yollanib ishlayotgan va buxgalterlik xizmati ko‘rsatayotgan professional buxgalter va auditorlar ustidan nazorat qilish maqsadida yilda bir marta ulardan axborot olib turishni ta’minlash (besh yilda bir marta litsenziya berish uchun chaqiruvdan tashqari) dagi nazoratni amalga oshirish;

  • Mamlakatda faoliyat yuritayotgan barcha auditorlik tashkilotlari va undagi auditorlar, auditor assistentlari, bundan tashqari, yakka tartibda yollanib ishlayotgan va buxgalterlik xizmati ko‘rsatayotgan professional buxgalter va auditorlarning doimiy ravishda malakasini oshirib borishi hamda o‘tkazilayotgan auditorlik tekshiruvlari sifatining yuqoriligini ta’minlash maqsadida o‘quv-metodik markazlar (oliy o‘quv yurtlari va akademiyalarda maxsus fan bo‘yicha)da bevosita qatnashuvchi (xoh tinglovchi, xoh ta’lim beruvchi sifatida) bo‘lishini majburiy qilib qo‘yish;

  • Mamlakatda faoliyat yuritayotgan barcha auditorlik tashkilotlari va undagi auditorlar, auditor assistentlari, bundan tashqari, yakka tartibda yollanib ishlayotgan va buxgalterlik xizmati ko‘rsatayotgan professional buxgalter va auditorlarning o‘tkazayotgan auditorlik tekshiruvlari sifatining yuqoriligini ta’minlashda doimo xalqaro internet tarmog‘idan foydalanish orqali kundalik maxsus iqtisodiy bilimlardan xabardor bo‘lishi, maxsus iqtisodiy jurnallardagi yangiliklardan voqif bo‘lishi lozimligini majburiy qilib qo‘yish;

  • Mamlakatda faoliyat yuritayotgan barcha auditorlik tashkilotlari va

undagi auditorlar, auditor assistentlari, bundan tashqari, yakka tartibda yollanib ishlayotgan va buxgalterlik xizmati ko‘rsatayotgan professional buxgalter va auditorlarning doimo xalqaro va mamlakat ichida o‘tkazilayotgan konferensiyalarda amaliyotda uchrayotgan muammolar yuzasidan o‘z tezis va maqolalari bilan qatnashishini majburiy qilib qo‘yish va hokazolar.

  1. Auditorlik faoliyatini amalga oshiruvchi har bir shaxsga quyidagi talablar qo‘yilishi lozim:

  • ma’lum bir professional auditorlik xizmati ko‘rsatuvchi tashkilotning majburiy a’zosi bo‘lishi;

  • malaka setifikatiga ega bo‘lishi;

  • auditorlik tekshiruvini o‘tkazish bo‘yicha fuqarolik (shaxsiy) ma’suliyati (javobgarlik) to‘g‘risida sug‘urta polisiga ega bo‘lishi va hokazolar.

  1. Auditorlik tashkilotlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, ular auditorlik faoliyatini amalga oshirishlari uchun bizning fikrimizcha, yangi qonunchilik talablari asosida quyidagi talablarga javob berishlari lozim:

  • O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga amal qilishi;

  • mamlakatda ma’lum bir auditorlik faoliyatini nazorat qiluvchi va tartibga soluvchi davlat ro‘yxatidan o‘tgan birlashma yoki tashkilotning majburiy a’zosi bo‘lishi lozimligi;

  • auditorlik tashkiloti ustav kapitalining 51%i auditorlarga yoki auditorlik tashkilotiga tegishli bo‘lishi lozimligi;

  • auditorlik tashkiloti rahbari faqat auditor bo‘la olishligi va hokazolar.

  1. Bizningcha, auditorlik malaka sertifikatini berish bo‘yicha amaldagi tartib- qoidalarga quyidagi qo‘shimchalarni kiritish maqsadga muvofiqdir:

  • Auditorlarni tayyorlash va qayta tayyorlash markazlarida maxsus dastur bo‘yicha kurslarda o‘qitishni tashkil etish;

  • Test sinovlari 4 bosqichdan iborat bo‘lishi va quyidagi fanlardan (100 balldan kamida 76 ball to‘plash, ya’ni Moliyaviy hisob, boshqaruv hisobi, moliyaviy tahlil va audit, soliq qonunchiligi va xo‘jalik huquqi, chet tili va informatika);

  • Auditorlar malaka sertifikati berish uchun alohida Komissiyada suhbat bo‘lishi lozim. Komissiya a’zolari Moliya vazirligining «Buxgalteriya hisobi va audit» uslubiyoti Kengashi a’zolari bo‘lishi kerak. Bu Kengashga shu sohaga oid olimlar, vazirlik a’zolari amaliyotchilar va jamoat tashkilotlari xodimlaridan iborat bo‘ladi.

Komissiyaga auditorlarning quyidagi hujjatlari taqdim etiladi:

  • Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom nusxasi (notarial tasdiqlangan);

  • Mehnat daftarchasidan ko‘chirma (Moliya, soliq, buxgalteriya yoki bank tizimida kamida 5 yil mehnat stajiga ega bo‘lishi lozim);

  • "Moliyaviy hisob" fanidan xalqaro CAP sertifikati ega bo‘lishi lozim (uning notarial tasdiqlangan nusxasi);

  • "Moliyaviy hisob", "Boshqaruv hisobi", "Soliq" va "Huquq" fanlaridan xalqaro CAP sertifikatiga ega bo‘lishi lozim (uning notarial tasdiqlangan nusxasi) (taklif etilayotgan);

  • Auditorlik tekshirishda auditor yordamchisi bo‘lib ishlaganligi va qanday asosiy ob’ektlarda qatnashganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma;

  • Agar ichki auditor sertifikati(7-ilova)ga ega bo’lsa, uning notarial tasdiqlangan nusxasi;

  • Xodim to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;

  • Qanday xorijiy loyihalarda mutaxassis sifatida qatnashgan va loyihalarning nomlari va hokazolar.

  1. Auditni isloh qilishni yanada chuqurlashtirish, auditorlik kompaniyalari rolini oshirish va ularni rivojlantirish, xalqaro me’yorlar va standartlarga muvofiq ularning barqarorligi va samaradorligini ta’minlash, ular ko‘rsatayotgan xizmatlar doirasini kengaytirish maqsadida Prezidentning "2011- 2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida"gi qarori bilan 2011-2015-yillarda respublikada mikromoliyalash sohasini va nobank moliya sektorini yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar tasdiqlandi.

Ularda quyidagi ustuvor vazifalar ajratib ko‘rsatildi:

  1. auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini xalqaro qoidalar va standartlarga muvofiq takomillashtirish;

  2. xalqaro audit standartlari asosida eng yirik korxonalarda auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish amaliyotini joriy etish;

v) auditorlarni tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish;
g) respublikadagi auditorlarning professional birlashmalari faoliyatini takomillashtirish.
Hozirgi vaqtda Qonun hujjatlari va davlat rahbarining 2011-yil 14-yanvardagi PF-3557-sonli Farmoyishiga muvofiq auditni takomillashtirish maqsadida "Auditorlik faoliyati to‘g‘risida"gi Qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar tayyorlandi. Ulardan maqsad auditning amaldagi tizimini xalqaro audit prinsiplariga muvofiq o‘zgartirishdir.
Taklif qilinayotgan me’yorlar va qoidalarning amalga oshirilishi auditning qonunchilik bazasini takomillashtirish va iqtisodiyotning barcha darajalarida uning sifati va samaradorligini oshirishni ta’minlash imkonini beradi.

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish