Bitiruv - malakaviy ishning maqsadi: Mamlakatimizning investitsion faoliyati va iqtisodiyotimizni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning tutgan o’rnini tahlil qilish, ushbu mavzuni o’qitish uslubiyotini yaratish.
Bitiruv- malakaviy ishning vazifasi: Qo’yilgan maqsadga erishish quyidagi vazifalarning yechimi bilan bog’liq:
-
Milliy iqtisodiyotda chet el kapitalining ahamiyati va uni jalb qilish sabablarini o’rganish;
-
Mamlakatimizda yaratilgan investitsion muhit bilan tanishish;
-
Respublikamiz makroiqtisodiy investitsion faoliyati statistik ko’rsatkichlari bilan tanishish va ularni tahlil qilish;
-
Mamlakatimizning xalqaro moliya institutlari va rivojlanish tashkilotlari bilan hamkorligi va istiqboldagi rejalarini o’rganib chiqib, tahlil qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |