213-modda. Xodimning mehnatni muhofaza qilish haqida ma’lumot olish
huquqi
Ish beruvchi mehnat shartnomasini tuzishda va boshqa ishga o’tkazishda
xodimni mehnat sharoitlari to’g’risida, shu jumladan kasb kasalliklari va boshqa
kasalliklarga chalinish ehtimoli, shu bilan bog’liq holda unga beriladigan imtiyoz
va kompensatsiyalar, shuningdek shaxsiy himoya vositalari haqida xabardor
qilishi kerak.
Ish beruvchi xodimlarga yoki ularning vakillariga muayyan ish joyidagi va
ishlab chiqarishdagi mehnatni muhofaza qilishning holati haqida ham axborot
berishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |