1-bob. Umumiy qoidalar
1. Birinchi darajadagi subyektlarning hududiy darajadagi subyektlarga o‘simlik dunyosi obyektlarining davlat kadastri bo‘yicha kadastr ma’lumotlari alifbo-raqamli
va grafik shaklda taqdim etiladi.
2. Kadastr ma’lumotlarining alifbo-raqamli shakli jadval shakllaridan iborat bo‘lib, ularga hisobot davrida xo‘jalik hududida yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni
davlat tomonidan hisobga olish bo‘yicha yakuniy ma’lumotlar kiritiladi.
3. Kadastr ma’lumotlarining grafik shakli alifbo-raqamli shaklning majburiy ilovasi bo‘lib, davlat tomonidan hisobga olinadigan obyektlar — yovvoyi holda
o‘suvchi o‘simliklarning tarqalish joylari batafsil qayd etiladigan xo‘jalik xaritasini (sxemasidan) ifoda etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |