Hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlarining davlat hisobini, ulardan foydalanish hajmlari hisobini va davlat kadastrini yuritish to‘G‘risida


joriy  kadastr  ma’lumotlarini  shakllantirish



Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/51
Sana21.07.2021
Hajmi0,57 Mb.
#124877
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   51
Bog'liq
914-сон 07.11.2018. Hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlarining davlat hisobini, ulardan foydalanish hajmlari hisobini va davlat kadastrini yuritish to‘g‘risida

joriy  kadastr  ma’lumotlarini  shakllantirish  —  o‘simlik  dunyosi  obyektlarini  va  ulardan  foydalanish  hajmlarini  davlat  tomonidan  hisobga  olish  natijasida

to‘plangan o‘simlik dunyosi obyektlari to‘g‘risidagi hisobga olish va boshqa ma’lumotlar asosida kadastr ma’lumotlariga o‘zgartirishlar kiritish jarayoni;



o‘simlik dunyosi obyektlarini iqtisodiy baholash — yovvoyi holda o‘suvchi o‘simlikning ushbu turidan foydalanish bo‘yicha maksimal iqtisodiy samarani pul

birliklarida aniqlash.

3. O‘simlik dunyosi obyektlarini davlat tomonidan hisobga olish, ulardan foydalanish hajmlarini hisobga olish va davlat kadastri ma’lumotlari o‘simlik dunyosi

obyektlarini hamda ular o‘sadigan muhitni saqlash, ulardan foydalanish, qayta ko‘paytirish va tiklash tadbirlarini rejalashtirish uchun asos hisoblanadi.

4. O‘simlik dunyosi obyektlarining davlat kadastri quyidagi maqsadlarda yuritiladi:

o‘simlik dunyosi obyektlarining son va sifat holatini aniqlash;

o‘simlik dunyosi obyektlarini iqtisodiy baholash;

o‘simlik dunyosi obyektlaridan xo‘jalikda foydalanish hajmlarini aniqlash;

davlat organlari, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarga o‘simlik dunyosi obyektlarining holati va ular o‘sadigan muhit to‘g‘risida ishonchli ma’lumotlar taqdim

etish;


o‘simlik dunyosi obyektlarini saqlash, ulardan oqilona, barqaror foydalanish, himoya qilish, qayta ko‘paytirish va tiklash hamda ularning biologik xilma-xilligini

saqlash;


o‘simlik dunyosi obyektlarini saqlash, ulardan foydalanish, himoya qilish, qayta ko‘paytirish va tiklash talablariga rioya etilishini ta’minlash.

5. O‘simlik dunyosi obyektlarining davlat kadastri:

o‘simlik dunyosi obyektlarining tarqalishi, populatsiya holati, son va sifat tavsiflari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni;

o‘simlik dunyosi obyektlaridan xo‘jalikda foydalanish xususiyati va hajmlari haqidagi ma’lumotlarni;

o‘simlik dunyosi obyektlarining tarqalish xaritasini;

o‘simlik dunyosi obyektlari o‘sadigan umumiy muhit, o‘simlik dunyosi obyektlarini iqtisodiy baholash tavsifini;

kadastr  ma’lumotlarini  tizimlashtirish,  saqlash,  yangilash  va  manfaatdor  foydalanuvchilarga  tegishli  shakl  hamda  hajmlarda  belgilangan  tartibda  tezkor  berish

bo‘yicha tartibga soluvchi talablarni;

o‘simlik dunyosi obyektlari haqidagi boshqa ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.

6. Quyidagilar o‘simlik dunyosi obyektlarining davlat kadastrini yuritishning asosiy prinsiplari hisoblanadi:

O‘zbekiston  Respublikasining  barcha  hududida  o‘sadigan  va  davlat  tomonidan  hisobga  olinishi  shart  bo‘lgan  o‘simlik  dunyosining  barcha  obyektlarini  qamrab

olish;


makon koordinatalarining yagona tizimini qo‘llash;

ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash texnologiyasi va taqdim etish usulining yagonaligi;

kadastr ma’lumotlarining ishonchliligi va undan foydalanish mumkinligi.

7.  O‘zbekiston  Respublikasi  Ekologiya  va  atrof-muhitni  muhofaza  qilish  davlat  qo‘mitasi  (keyingi  o‘rinlarda  Davlat  ekologiya  qo‘mitasi  deb  ataladi)  o‘simlik

dunyosi obyektlarining davlat kadastrini O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi (keyingi o‘rinlarda Fanlar akademiyasi deb ataladi) bilan birgalikda yuritadi.

Fanlar akademiyasi o‘simlik dunyosi obyektlarining davlat kadastri yuritilishini ilmiy jihatdan ta’minlaydi.

8. O‘simlik dunyosi obyektlarining davlat kadastrini yuritishda:

ko‘p yillik daraxtlarga bo‘lgan huquqlarni (tabiiy sharoitlarda o‘sadigan daraxt va buta o‘simliklari bo‘yicha) ro‘yxatga olish;

hududni kadastr bo‘yicha tekshirish;

o‘simlik dunyosi obyektlarini, shu jumladan o‘rmon fondini davlat tomonidan hisobga olish;

o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish hajmlarini hisobga olish;

o‘sish muhitining holati;

geobotanika, geodeziya, yer tuzish, o‘rmon tashkil qilish, ilmiy-tadqiqot va boshqa ishlar bo‘yicha ma’lumotlardan foydalaniladi.

9.  O‘simlik  dunyosi  obyektlarining  davlat  kadastrida  foydalanish  predmeti  bo‘lgan  yoki  hududning  ekologik  muhitiga  ta’sir  ko‘rsatadigan  yoxud  kamyob  va

yo‘qolib ketish xavfi bo‘lgan tur maqomiga ega yovvoyi holda o‘suvchi barcha turdagi o‘simliklar, shuningdek, tabiiy yaylovlar va pichanzorlarning o‘simliklari hisobga

olinadi.


10. Davlat tomonidan hisobga olinadigan, foydalanish hajmlari hisobga olinadigan va O‘zbekiston Respublikasi o‘simlik dunyosi obyektlarining davlat kadastriga

kiritiladigan yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklar turlarining ro‘yxatini Davlat ekologiya qo‘mitasi Fanlar akademiyasi bilan kelishgan holda tasdiqlaydi.

11.  Davlat  qo‘riqxonalari,  kompleks  (landshaft)  buyurtma  qo‘riqxonalar,  tabiat  bog‘lari,  davlat  biosfera  rezervatlari,  biologik  buyurtma  qo‘riqxonalar  va  tabiat

pitomniklarida o‘simlik dunyosi obyektlari barcha turlarining davlat hisobi hamda davlat kadastri yuritiladi.

12. Hisobga va ro‘yxatga olish hamda baholash ma’lumotlari o‘simlik dunyosi to‘g‘risidagi jami kadastr ma’lumotlarini tashkil qiladi va bu ma’lumotlar qog‘oz

hamda elektron (geoma’lumotlar bazasi) variantlarda alifbo-raqamli (matnlar, jadvallar) va grafik (xaritalar, sxemalar) shaklida taqdim etiladi.

13.  Davlat  organlari  kadastr  axborotini  bepul  asosda,  manfaatdor  yuridik  va  jismoniy  shaxslar  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan

belgilangan miqdorlardagi to‘lov asosida oladi.

14.  O‘simlik  dunyosi  obyektlarining  davlat  hisobi,  ulardan  foydalanish  hisobi  va  davlat  kadastri  har  yilgi  maqsadli  moliyalashtirish  asosida  O‘zbekiston

Respublikasi Davlat budjetining mablag‘lari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan yuritiladi.

15.  O‘simlik  dunyosi  obyektlarining  davlat  hisobi,  ulardan  foydalanish  hisobi  va  davlat  kadastrini  yuritishni  moliyalashtirish  hajmlari  hamda  muddatlari  qonun

hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda belgilanadi.

16. Davlat ekologiya qo‘mitasi:

o‘simlik dunyosi obyektlarining davlat kadastri yuritilishini muvofiqlashtiradi;

normativ-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqadi;

yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan o‘simlik dunyosi obyektlarining davlat kadastri ma’lumotlaridan foydalanish tartibi va shartlarini belgilaydi.




Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish