1-bob. Umumiy qoidalar
1. Birinchi darajadagi subyektlarning hududiy darajadagi subyektlarga hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastri bo‘yicha kadastr ma’lumotlari alifbo-
raqamli va grafik shaklda taqdim etiladi.
2. Kadastr ma’lumotlarining alifbo-raqamli shakli jadvalli shakllardan iborat bo‘lib, ularga hisobot davrida xo‘jalik hududida tabiiy erkin sharoitda yashaydigan
yovvoyi hayvonlarni davlat tomonidan hisobga olish bo‘yicha yakuniy ma’lumotlar kiritiladi.
3. Kadastr ma’lumotlarining grafik shakli alifbo-raqamli shaklning majburiy ilovasi bo‘lib, davlat tomonidan hisobga olinadigan obyektlar — yovvoyi
hayvonlarning tarqalish joylari batafsil qayd etiladigan xo‘jalik xaritasini (sxemasidan) ifoda etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |