Hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlarining davlat hisobini, ulardan foydalanish hajmlari hisobini va davlat kadastrini yuritish to‘G‘risida


-bob. Hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastrini yuritish tartibi



Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/51
Sana21.07.2021
Hajmi0,57 Mb.
#124877
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   51
Bog'liq
914-сон 07.11.2018. Hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlarining davlat hisobini, ulardan foydalanish hajmlari hisobini va davlat kadastrini yuritish to‘g‘risida

4-bob. Hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastrini yuritish tartibi

41. Hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastrini yuritish kadastr ma’lumotlarini to‘plashning oldingi (dastlabki yillarda to‘plash), asosiy (birlamchi) va joriy

(har yilgi) turlarini o‘z ichiga oladi va bu turlar ushbu ma’lumotlarning uzluksiz yangilanishini ta’minlaydi.

Birlamchi ma’lumot asosida hayvonot dunyosi obyektlari to‘g‘risidagi birlamchi kadastr ma’lumotlari hududiy darajada umumlashtiriladi va kiritiladi.

Kadastr  ma’lumotlarini  joriy  (har  yili)  to‘plashda  birlamchi  ma’lumotlar  kiritilgandan  so‘ng  ro‘y  bergan  keyingi  barcha  o‘zgarishlar  qayd  etiladi  va  kadastrga

kiritiladi.

42.  Davlat  ekologiya  qo‘mitasi  tegishli  vakolatli  bo‘linmasining  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahri  bo‘yicha  hayvonot  dunyosi

obyektlarini davlat tomonidan hisobga olish hamda ulardan foydalanish hajmlarini hisobga olish to‘g‘risida umumlashtirilgan ma’lumotlari hayvonot dunyosi obyektlarining

davlat kadastriga tegishli hududlar bo‘yicha kiritiladi va Davlat ekologiya qo‘mitasiga O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastriga

kiritish uchun taqdim etiladi.

43. Hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastri bo‘yicha ma’lumotlar:

hududiy darajada — Davlat ekologiya qo‘mitasining vakolatli bo‘linmalari tomonidan;

respublika darajasida — Davlat ekologiya qo‘mitasining kadastr xizmati tomonidan shakllantiriladi.

Hududiy va respublika darajasidagi kadastr ma’lumotlarini taqdim etish shakllarini Davlat ekologiya qo‘mitasi belgilaydi.

Hayvonot dunyosi obyektlari to‘g‘risidagi davlat kadastri ma’lumotlari ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha taqdim etiladi.

44. Davlat ekologiya qo‘mitasining vakolatli bo‘linmalari tushadigan ma’lumotlarni hududiy darajada tahlil qiladi, taqdim etilgan ma’lumotlarning ishonchliligini

baholaydi  va  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahridagi  yovvoyi  hayvonlar  bo‘yicha  geoma’lumotlar  bazasini  shakllantiradi,  hisobotlar  tuzadi  va

ularni har yili 1-martgacha Davlat ekologiya qo‘mitasiga belgilangan shaklda taqdim etadi.




16.01.2021

 914-сон 07.11.2018. Hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlarining davlat hisobini, ulardan foydalanish hajmlari hisobini va davlat kadastr…

https://lex.uz/docs/-4043624

5/46


45. Davlat ekologiya qo‘mitasining kadastr xizmati respublika darajasida:

Davlat ekologiya qo‘mitasi vakolatli bo‘linmalarining hisobotlari asosida hayvonot dunyosi obyektlarining soni va sifati haqidagi ma’lumotlarni umumlashtiradi;

hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastri bo‘yicha geoma’lumotlar bazasini yuritadi;

iqtisodiy baholaydi;

hayvonlar yashaydigan muhit holatini tahlil qiladi;

zarur kadastr ma’lumotlarini Davlat kadastrlari yagona tizimiga taqdim etadi.

46. Davlat ekologiya qo‘mitasi hisobot yilidan keyingi yilning 1-mayigacha hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastri bo‘yicha zarur ma’lumotlarni Davlat

kadastrlari yagona tizimiga taqdim etadi. Kadastr ma’lumotlarini Davlat kadastrlari yagona tizimiga taqdim etish shakli Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston

Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.

47. Hayvonot dunyosi obyektlarining taqdim etiladigan kadastr ma’lumotlarining ishonchliligi uchun hayvonot dunyosi obyektlarining davlat hisobini va ulardan

foydalanish hajmlarining hisobini yuritadigan vakolatli organlar hamda yuridik shaxslar, Davlat ekologiya qo‘mitasining hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastrini

yuritadigan vakolatli bo‘linmalari qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.




Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish