O„zbekiston Qizil Kitobiga (2009) Lola turkumidan 18 turi kiritilgan:
Vedenskiy lolasi, Dilband lola, Farg‗ona lolasi, Leman lolasi, Korolkov lolasi, Qardoshli lola,
Foster lolasi, Oritiyasimon lola, Changchi ipi tukli lola, Yungli lola, Kaufman lolasi, Tubergen lolasi,
Ulug‗vor lola, Gumonli lola, Pushtagli lola, O‗zbekiston lolasi, Greyg lolasi, Sharipov lolalaridir.
Quyida lolaning ayrim turlarining biologiyasi haqida ma‘lumot berib o‗tamiz.
Foster lolasi
(
Omonqo„ton lolasi)
. Butur nafaqat O‗zbekiston uchun balki viloyat uchun ham
endemik tur hisoblanadi. Barglari 3-4 (6) ta, cheti biror burmali. Guli bitta, 6-11 sm gacha, tubi qora
yoki sariq, changchi ipi qoramtir, to‗q qizil. Changdoni qoramtir binafsharang. Aprelningoxiri,
mayningboshlaridagullaydi.
Turkiston lolasi
ning bo‗yi 15-25 sm etadi, barglari 2-3 ta. Ba‘zan 4 ta. Gullari 1-7 tagacha
bo‗ladi. To‗p gul hosil qiladigan lola turlaridan biri. Gulqo‗rg‗onining tubi sariq, changi ipi sariq,
chang doni sariq, ba‘zan binafsharang. Mart-aprelda gullab mevalaydi. Tog‗ etaklarining o‗rta
qismigacha bo‗lgan yonbag‗irlardagi soz tuproqli joylarda tarqalgan. Viloyatning barcha tog‗
tizmalarida uchraydi. Omon quton o`rmon xujaligi hududida, Nurota quriqxonasida quriqlanadi.
So„g„d lolasi
-15 smga yetadi. Barglari 2-3 ta, tuksiz, nashtari qalamsimon. Guli bitta, oq, tubi
sariq, uzunligi 15-25 sm. Mart-aprelda gullab, mevalaydi. Qumli, soz tuproqli, toshloq, mayda toshli
joylarda yakka-yakka holda uchraydi, bu turni ekologik diapozoni kengligi uchun bu tur cho‗l, adir va
tog‗ mintaqasida ham tarqalgan. Urgut tog‗lari, Taxtaqoracha dovonida uchraydi. Hozirda areali
kengayganligi sababli Qizil kitobdan chiqarilgan. Omonquton o`rmon xo`jaligi hududida, Nurota
quriqxonasida muhofaza qilinadi.
Borshov lolasi –
T. borzczowii
. Bo‗yi 15 – 25 sm, piyozining diametri 2 – 4 sm, juda
mustahkam, qoramtir – qo‗ng‗ir. Barglari 3- 4 ta, uzunligi 18 smgacha. Siyrak joylashgan, guli bitta,
sariq, qizil ranglarda bo‗ladi. Tubiqora. Qumli va soz qumli cho‗llarda o‗sadi. Oqtog‗ning o‗rta
mintaqasida va Aydarko‗l atroflarida uchraydi. Nurota quriqxonasida qo‘riqlanadi.
Ulug„vor lola
ning bo‗yi 15-35 smga etadi. Barglari siyrak joylashagan 3-6 tagacha, ensiz
nashtarsimon, ba‘zan chetlari burmali guli bitta, 11 smgacha bo‗ladi, qizil, o‗tkir uchli yulduz shaklida,
tubi qora. Changi, ipi va chang doni qora, yoki to‗q qizil. Aprel-may oylarida gullaydi. Tog‗ning o‗rta
va yuqori qismida soz tuproqli yon bag‗irlarda o‗sadi.
Areali kengayishi natijasida O‗zbekiston Qizil kitobidan chiqarilgan turlari Soxta qush gulli lola,
Borshov lolasi, Buzelolasi, Changchisi soxta gulli lola, Mikel lola, Sug`d lolasi, Turkiston lolasi shular
jumlasidandir[1].
49
Hozitgi vaqtda O‗zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yo‗qolib ketish
xavfi ostida turgan o‗simlik turlarini yig‗ish ma‘n etiladi. Ulardan foydalanishga, savdo qilishga,
chetelga olib chiqishga alohida hollarda O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‗zbekiston
Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‗mitasining taqdimnomasi va O‗zbekiston Fanlar
akademiyasining xulosasi bo‗yicha beradigan ruxsatnomalar asosida yo‗l qo‗yilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |