Hayvonot dunyosining zamonaviy sistemasi



Download 7,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet270/414
Sana16.12.2022
Hajmi7,33 Mb.
#888196
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   414
Bog'liq
Туплам

Adabiyotlar
1. А.К. Ахатов, С.С. Ижевский (ред.). Вредители тепличных и оранжерейных растений 
(морфология, образ жизни, вредоносность, борьба). Москва: Товарищество научных 
изданий КМК. 2004. 307 с. 
2. http/google.com- Issiqxona qurish texnologiyasi-(Yopiq grunt o‗simliklari.) 
 
 
KATARANTUS 
(CATHARANTHUS ROSEUS)
NING DORIVORLIK XUSUSIYATLARI VA 
IQTISODIY SAMARADORLIGI 
 
Abidqoriyev A., Mamasoliyeva U. 
Andijon davlat universiteti
O‗zbekistonda farmasevtika sohasini rivojlantirish, import qilinayotgan dori-darmon 
vositalarini o‗rnini bosuvchi homashyo mahsulotlarini yetish tirishga bo‗lgan talab bugungi kunning 
dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Boisi bugungi kunda aholi o‗rtasida immunitet pasayishi, 
turli yuqumli kasalliklarga tez chalinish holatlari kuzatilmoqda. Atrof-muhit holatini yomonlashuvi, 
doimiy ravishda stress holatida bo‗lish, kam xarakatlikka asoslangan hayot tarzi, ovqatlanish 
tartibini buzilishi kabi ko‗plab omillar organizmning umumiy kuchsizlanishiga sabab bo‗lmoqda. 
Buning oqibatida alohida organlar va organlar sistemasi kasalliklari, gormonal boshqaruvning 
buzilishi, organizmni kasalliklarga qarshi kurashuvchanligining pasayishi kabi salbiy holatlar 
yuzaga kelmoqda. 
Yuqoridagi holatlarni bartaraf etishda tabiiy maxsulotlar, xususan dorivor o‗simliklarning o‗rni 
beqiyos. Xususan tarkibida organizmni kasallik qo‗zg‘atuvchilarga nisbatan kurashuvchanligini 
oshiruvchi moddalar bo‗lgan o‗simliklardan foydalanish yuqori samaraga ega. Mana shunday 
o‗simliklardan biri 
Catharanthus Roseus
hisoblanadi. 
Katarantus so‗zi o‗zbekchasiga ―hamisha bahor‖ degan ma‘noni beradi. Katarantus boshqa gulli 
o‗simliklarga qaraganda kam tarqalgan, lekin bu gul o‗ziga ko‗p e‘tibor talab qiladi. Bu o‗simlikning 
uzunligi 60 sm gacha bo‗lib, poyasida uzun, barglari zich bo‗lib joylashgan. Bargining o‗rtasida 
chiroyli oq tomir joylashgan. Gulining rangi ham xilma xil: oq, pushti, siyohrang bo‗lib, gulining 
uzunligi -3 sm gacha yetadi. Gulning markazida sariq yoki yorqin qizil ko‗zcha joylashgan. Gullashi 
may oyidan boshlab to oktabrgacha davom etadi. 
Yevropa mamlakatlari xalq tabobatida katarantus o‗simligidan turli kasalliklarni davolash va 
oldini olishda keng qo‗llaniladi. Uning yer ustki qismlari: guli, poyasidan damlamalar va yog‘lari 
hamda spirtli nastoykalari tayyorlanadi. 
Yig‘ib olingan o‗simlik maxsulotlari tarkibidagi dorivorlik xususiyatlari bir yilgacha saqlanib 
qoladi. Yig‘ib olingan maxsulotni salqin va qorong‘u joyda havo kirib turadigan idishlarda saqlash 
homashyoning dorivorlik xususiyatini ko‗proq cho‗zilishini ta‘minlaydi.
Katarantus damlamasi adenoma va prostatitda, gemoroy va varikozni davolashda keng 
foydalaniladi. 
Katarantusdan tayyorlangan pereparatlar ko‗plab onkologik kasalliklarni oldini olish va 
davolashda yaxshi samaraga ega. Katarantus ekstrakti qonda qand miqdorini stabillashtiradi. Qon 
bosimi doimo yuqori yuradigan odamlar uchun doimo ichib yurish qon bosimini pasaytirishni 
ta‘minlaydi. 
Quyida katarantus o‗simligi va ximiyaterapiya yordamida davolanish harajatlari keltirilgan 


307 
Katarantus yordamida davolanish 
Ximiyaterapiya 
Foydalaniladigan 
o‗simlik 
Doza 
Pul miqdori 
Dori vositalari 
Doza 
Pul miqdori 
Katarantus 
150 mg 
3240 so‗m 
Tamoksifen - 
30 ta 
tabletka 20 
ml 
23000 so‗m 
Oq omela 
50 mg 
10 566 so‗m 
Paklitaksel 
6 mg 
150 doll =1209000 
so‗m 
Moychechak 
25 ta 
25000 so‗m 
Deksametazol 
4 mg 25 ta 
27000 so‗m 
Jami: 
38 806 so‗m 
1 259000 so‗m 
Onkologik kasalliklarni davolash amaliyotida pushti katarantus o‗simligining poyasi, bargi va 
gulidan yig‘ilma, dorixona moychechagi, oq omela dan 1 choy qoshiqdan olinadi, ustiga 1 stakan 
qaynagan suv qo‗shiladi va 30 minut tindiriladi. Bu damlama ovqatdan yarim soat oldin 50 ml dan 
iste‘mol qilinadi. Davolanish kursini 1 yilda 2-3 oy oralatib o‗tkazilishi tavsiya qilinadi. 
Demak ximiyaterapiyaga nisbatan ancha samarador va hamyonbop hisoblanadi. O‗simtaning 
darajasiga qarab ximiyaterapiya 1 martadan 3 martagacha yoki undan ham ko‗proq olish kerak. Bu esa 
juda ko‗p mablag‘ talab qiladi.
Ko‗rinib turibdiki katarantus bilan davolanish ancha iqtisodiy samaradorlikka olib keladi. Lekin, 
kasallikning rivojlanish darajalarini chuqur o‗rganish va albatta shifokor bilan maslahatlashish 
zarurligini esdan chiqarmaslik zarur. Buyuk bobomiz Abu Ali ibn Sino inson vujudiga beziyon 
katarantus o‗simligining dorivorlik xususiyati, kasalliklarni oldini olishi, davolashda ulardan 
foydalanish bo‗yicha ko‗plab ma‘lumotlar yozib qoldirgan. Mamlakatimiz farmatsevtika sanoatida ana 
shunday tabiiy shifo vositalari asosida ishlab chiqarishni rivojlantirishga alohida e‘tibor qaratilishi 
kerak. Katarantus o‗simligini O‗zbekistonda keng tarqalganligini va bir qancha kasalliklarni davolash
xususiyatini hisobga olgan holda, uning biologik va kimyoviy tarkibini o‗rganib farmatsevtika 
soxasiga tadbiq etish joizdir.

Download 7,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   414




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish