202
turli bosqichliligi unumli foydalanish va holatini yaxshilash masalalariga har bir muayyan holatni
etiborga olgan holda tabaqalashgan yondoshishni taqoza etadi.Bu borada muayyan muhitni hisobga
olgan holda istiqbolli fitomeliorantlar va yaxshilash usulini to‘g‘ri tanlash fitomelioratsiya
samaradorligining muhim mezoni hisoblanadi.
Qizilqumning qumli maydonlarida yuzaki va tubdan yaxshilash usullarini qo‘llash lozim. Eng
muximi, qumli cho‘llarning o‘ta ―nozik‖ va jadal buzuluvchanligini nazarda tutib, muayyan usulni
qo‘llash masalasiga ijodiy yondoshish talab etiladi. Bunda asosiy maqsad tabiiy o‘simlik qoplamiga
ziyon keltirirmasdan yalpi hosildorlik oshirilib va botanik tarkib boyitilishiga erishmoq lozim.
Jumladan, yuzaki yaxshilash usuli-tabiiy o‘simlik qoplamiga zarar keltirmasdan undagi o‘simlik turlari
miqdorini oshirish, ozuqabop va to‘yimli yangi turlar bilan boyitish, o‘simliklar o‘sadigan sharoitni
yaxshilash, umuman, tuproq sharoitlarini yaxshlash tadbirlarini qo‘llash tushiniladi. Bu chora-tadbirlar
kompleksi asosan tuproqqa yuzaki ishlov berish, kuchayish (imkoniyat bo‘lganda) kabi agrotexnik
tadbirlardan iborat. Ulardan qaysi birini yoki navbatini qo‘llash masalasi yaylovning aniq holati bilan
belgilanadi. Yuzaki yaxshilash tadbirlarini Qizilqum va boshqa qum maydonlarining mayda o‘ydim
qum tepali va qator qum tepali yaylovlari sharoitida o‘simlik qoplami siyraklashib qolgan
maydonlarida qo‘llash maqsadga muvofiq.
Mayda qum tepali yaylovlarida yuzaki yaxshilashning mohiyati shundaki, avvalam bor,
tuproqqa ishlov berilmaganligi sababli, ancha siyrak bo‘lsa ham, yaylovdagi tabiiy o‘simliklar qoplami
buzilmay saqlanadi. Qumli yaylovlarni tubdan yaxshilash deganda ma‘lum maydonda mahsuldorligi
pasayib qolgan yaylovlar o‘rniga yangi- ancha mahsuldor o‘t-o‘lanlardan (fitomeliorant) tashkil topgan
maydonlarini barpo etishni tushinish lozim. Chunonchi, turli mavsumlarda foydalanishga muljallangan
yaylovllar barpo etish uchun, birinchi navbatda, yaxshilash uchun o‘simlik qoplami o‘ta siyraklashib
qolgan maydonlar, quduqlarga yaqin butalar va boshqa hayotiy turdagi o‘simliklar kamayib qolgan
yoki butunlay bo‘lmagan massivlarga ajratilishi lozim. Qum eroziyasining oldini olish maqsadida
qumli maydonlarda yoppasiga ishlov bermasdan mintaqalar (polosalar) shaklida bajariladi. Mintaqalar
kengligi 5-8 metrdan oshmasdan esuvchan shamol, yo‘nalishiga perpendikulyar joylashtiriladi.
(Abralov va boshqalar, 2009). Mazkur kenglikka 2-3 baravar ko‘proq tabiiy yaylov maydoni
ishlanmasdan qoldiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: