Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
H.X.Xolmatov, O‘.A.Ahmedov, N.A.Musayeva ―Farmokineziya va botanika asoslari‖ Toshkent,
―O‘zbekiston‖ nashriyoti, 2017-yil
178
2.
Majidov.V.M ―Yuqumli kasalliklar‖ Toshkent, ―O‘zbekiston‖ nashriyoti, 1996-yil
3.
Shovahobov.Sh.Sh. ―Yuqumli kasalliklar va epidimologiya asoslari‖ Toshkent, ―O‘zbekiston‖
nashriyoti,1997
4.
Elektron ta‘lim resurslari:
www.wikipediya.com
;
www.google.com
YASHIL OLMA SHIRASI
(APHIS POMI)
NING OLMA O‟SIMLIGIDAGI POPULYATSIYA
ZICHLIGINING MAVSUMIY O‟ZGARUVCHANLIGIGA OID
G‘aniyev K.X., Mirzaliyev A.
Farg‘ona davlat universiteti
Shiralar mavsumiy rivojlanish xususiyatlarining ekologik tahlili shuni ko‘rsatadki, ularning
miqdor zichliklarini ko‘tarilishida bahorgi, bahorgi-yozgi, yozgi-kuzgi va kuzgi-qishki muddatlar
farqlanadi (Ahmedov va boshq., 1999). Olma shiralarining miqdor zichliklarining ko‘tarilish
muddatlari ularning tur tarkibi bilan bog‘liq bo‘ladi. Farg‘ona vodiysida olma shiralarining afidida
oilasiga mansub 4 turi tarqalgan bo‘lib, ularning tasnifiy tarkibi quyidagicha ifodalanadi:
APHIDIDAE oilasi
Aphis L. urug‘i
1.
Aphis pomi de Geer. 1773.
Eriosoma L.
1.Eriosoma lanigerium
Dysaphis Born. urug‘i
1. Dysaphis affinus.
2. Dysaphis mali.
Mazkur shiralar morfologik jihatdan xilma-xil bo‘lsa-da, biroq ulardagi umumiy
xususiyatlarning barchasi boshqa shiralarga nisbatan kam takomillashgan belgilarga egadir.
Olmada qayd etilgan 4 ta turdan faqatgina 1 tur yani yashil olma shirasi (Aphis pomi de Geer.
1773) mavsum davomida oziqlanib, zarar keltiradi va uning rivojlanishida bahorgi-yozgi hamda yozgi-
kuzgi muddatlar farqlanadi. 2017-yilda olib borilgan tadqiqotlarimiz davomida mazkur turning
mavsumiy populyasiya zichligining o‘zgarishlari tahlil etildi.
Yashil olma shirasining biologiyasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, bu zararkunanda olma daraxtlariga
mart oyining birinchi o‘n kunligidan boshlab o‘ta boshlaydi. Ular yangi o‘sayotgan novdalarning uchki
qismlarida va yosh barglarning ostki tomonida yashab, keyinchalik katta koloniyalarni hosil qiladi.
Buning natijasida novda va barglar qurib, qorayib qoladi, so‘ngra to‘kila boshlaydi. Bu davrda,
ayniqsa, yosh, 1-3 yillik nihollar kuchli zararlanadi. Iyunning oxiri va iyul boshlarida shiralar
o‘simlikning yuqori yaruslarida kamayadi. Ular, asosan, pastki yarusdagi bachkilarga o‘tib yashay
boshlaydi. Shiralarni miqdoriy zichligining kamayishi bevosita bu davrdagi ozuqa o‘simligida bo‘lgan
o‘zgarishlar, entomofaglarning faoliyati va atrof-muhit haroratining ko‘tarilishi bilan bog‘liq. Iyun
oyida shiralar miqdorining ortishi bilan birga ularning koloniyalarida qanotlilar ham rivojlanadi, ular
boshqa zararlanmagan olmava nok o‘simliklariga uchib o‘tadi va ko‘paya boshlaydi.
Sentyabr oyi oxiri va oktyabr oyi boshlarida shiralar koloniyalarida kuzgi avlodni rivojlanishi
kuzatiladi. Jumladan, yashil olma shirasining erkak va urg‘ochilari oktyabr oyining o‘rtalarida ko‘plab
topiladi. Ular qo‘shilib, qishlovchi tuxumlarini kurtaklar atrofi va yosh novdalarga qo‘yadi.
Kuzatishlarimiz shuni ko‘rsatadiki, yashil olma shirasi tuxumlari nokda rivojlanmaydi, ular qish va
dastlabki bahor oylarida to‘lig‘icha nobud bo‘ladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, yashil olma
shirasining olmadagi mavsumiy rivojlanishi mart oylaridan boshlanadi va iyun oyida eng yuqori
nuqtaga ko‘tariladi.
Olingan natijalar grafik usulda matematik tahlillar asosida ham isbotlandi. Jadvalda
ifodalanganidek, shiralar populyatsiya zichligining ko‘tarilishi martdan boshlab may-iyun oylariga
qadar davom etgan va eng yuqori nuqtaga may oyining oxiri va iyun oyining boshlarida ko‘tarilgan.
Keyingi davrda populyatsiya zichligining pasayishi kuzatilgan. Bu holat atrof-muhit haroratining
ko‘tarilishi, entomofaglarning faoliyati hamda ozuqa o‘simligidagi sharoitning yomonlashishi hisobiga
ro‘y berganligi bilan izohlanadi.
179
Iyulning ikkinchi yarmi, avgust oylarida shiralarning miqdor zichligi keskin kamayadi. Bu
o‘zgarishning grafik chizig‘i
2
1
3
.
17
114
9
.
110
x
x
x
y
funksiyasining yechimiga mos tushadi.
Jumladan, mart oyida shiralar soni 5 ta, aprelda 10 tani tashkil etadi. May oyiga kelib, shiralar
populyasiyasining kulminatsiyasi kuzatiladi. Bu davrda shiralar soni 80 tani tashkil etadi. Iyun oyidan
boshlab koloniyalar soni keskin kamaya boshlaydi. Iyulning oxiriga kelib esa koloniyadagi shiralar
soni 3-4 taga tushib qoladi. Shu bilan birinchi ko‘tarilish davri yakunlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |