Hayrat ul-Abror (I- qism) Alisher Navoiy


Hayrat ul-Abror (I- qism)



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/284
Sana07.11.2022
Hajmi2,19 Mb.
#861979
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   284
Bog'liq
P1Sc2c25ncmcoy0YEGie3G62VmWZWcMg (1)

Hayrat ul-Abror (I- qism) 
Alisher Navoiy 
159 
http://ziyonet.uz/ 
Koʻzda koʻrub yor yuzi hayrati,
Kuydurubon koʻnglini koʻz gʻayrati.
Koʻnglidagi yor gʻami rashkidin,
Qon toʻkubon har sari koʻz ashkidin.
Qoysi tarafkim, anga borib nazar,
Doʻst jamoli boʻlubon jilvagar.
Balki boʻlub oʻzlugi ham bartaraf,
Koʻzki solib, yor koʻrub har taraf.
Kim bu sifat ishqda magʻlub erur,
Harneki andin kelur, ul xoʻb erur.
Ishq angakim, boʻyla nishast aylagay,
Oʻzlugidin forigʻu mast aylagay.
Zuhd harimi sori xos oʻlmasun.
Ishq oʻtidin joni xalos oʻlmasun.
Gar yigʻilib ahli salomat anga,
Aylasalar zajru malomat anga,
Va’dai jannat bila ovutsalar,
Ishq oʻtidin koʻnglini sovutsalar.
Murtad oʻlub aylasa toat yana,
Taqvo ila qilsa qanoat yana.
Qilsa balo zaxmlari chorasi,
Butsa ano oʻqlarining yorasi.
Tan qushigʻa xirqani dom aylasa,
Donai tasbih ila rom aylasa.
Xilvat aro topsa yubusat dimogʻ,
Kasbi havo qilgʻali istab farogʻ,
Qilsa guzar koʻyu Xiyobon son,
Oʻtsa Musallo bila Maydon sori.
Dashtda otligʻ koʻrunub xayl-xayl,


Hayrat ul-Abror (I- qism) 
Alisher Navoiy 
160 
http://ziyonet.uz/ 
Zohir yetib borchasi javlongʻa mayl.
Nogah oʻshui xayl aro qotilvashe,
Husnu malohat mayidin sarxushe,
Yuz gul ochib may oʻti ruxsoridin,
Zohir alardin biri dastoridin.
Husni oʻti shu’lasi gulzor oʻlub,
Har sori gulzorida gulnor oʻlub.
Xol nekim, daf qilurgʻa gazand,
Oʻtida koʻz mardumi har yon sipand.
Qoshlari oy uzra muanbar hilol,
Aqlni devona qilib har hilol.
Yoʻqki, ulus qatligʻa ul qoshlar,
Mashvarat yetmakka qoʻshub boshlar.
Husn zuhurida girih qoshida,
Zeb uchun ul shamraki, «nun» boshida.
Sunbuli zulfi girih uzra girih, .
Qaysi girihkim, zirih uzra zirih.
Safshikan.ul turki banogoʻsh oʻlub,
Qatl xayoligʻa zirihpoʻsh oʻlub,
Noz ila oʻtlugʻ koʻzi har yon boqib,
Zuhdu vara’ xirmanigʻa oʻt yoqib.
Dudi ul oʻtning safi mijgon aro,
Chun yetibon borchasin aylab qaro.
Surmasiz ul koʻz qarovu purfusun,
Ondin oʻlub koʻzga jahon surmagun.
La’lida xay qatrasi gʻalton tomib,
Yoʻqki baqo chashmasidin jon tomib.
Xattini har sori hayot ahli bil,
Xizrlar oʻlgʻon zulumot ahli bil.



Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish