Hayrat ul-Abror (I- qism) Alisher Navoiy


Hayrat ul-Abror (I- qism)



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/284
Sana07.11.2022
Hajmi2,19 Mb.
#861979
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   284
Bog'liq
P1Sc2c25ncmcoy0YEGie3G62VmWZWcMg (1)

Hayrat ul-Abror (I- qism) 
Alisher Navoiy 
59 
http://ziyonet.uz/ 
Uchti havo uzra nujum uchquni.
Jilva boʻlub gum kecha tovusidin,
Nur ketib gullari koʻzgusidin.
Koʻz ochibon Xoja adam shomidin,
Jon topibon tong yeli paygʻomidin.
Shomi adamni surub andoqki dud,
Esti dimogʻigʻa nasimi vujud.
Zohir oʻlub oʻziga begonavor,
Yuz urubon har sori devonavor.
Har nafasi subh kibi sorgʻorib,
Tong yelidek har dam oʻzidin borib.
Yuz tuman a’juba tamosho qilib,
Sirrini bilmakni tamanno qilib.
Fikrati qilgʻon soyi koʻprak xayol,
Anglabon oʻz komini koʻprak mahol.
Boʻlmadi ul pardada chun kashfi roz,
Koʻp qilib izhori sujudu niyoz.
Kasr harimida maqom ayladi,
Ajzu taxayyurgʻa qiyom ayladi.
Ya’s ila oʻz ajzini qilgʻoch ado,
Qildi anga xotifi gʻaybiy nido
Kim, qoʻpu sayr ayla bu gulshan son,
Ayla nazar sabzai ravshan sori.
Qoʻptiyu qoʻydi chu bir-ikki qadam,
Boʻldi ayon ravzai bogʻi Eram.
Qaysi Eram, gulshani minusirisht,
Gulshani minu dema, bogʻi bixisht.
Har shajari sidragʻa bosh yetkurub,
Shoxin aning shoxiga chirmashturub.


Hayrat ul-Abror (I- qism) 
Alisher Navoiy 
60 
http://ziyonet.uz/ 
Barglari koʻkka qilib sarzanish,
Soyasida mehr topib parvarish.
Sarvlari sarkashu zangorgun,
Har biri koʻk borgahigʻa sutun.
Mehr chinor ofatining ranjasi,
Panjasini ojiz etib panjasi.
Sorgʻorib ul mehnati jonkoh ila,
Kuydurubon oni qiziq oh ila,
Sandalining atri Masixo dami,
Andin oʻluk misli Masix odami,
Suv boʻlubon royixasidin gulob,
Soyasi tufrogʻni qilib mushki nob.
Soqi sapidorning andoqki siym,
Gard aning siymigʻa qoʻymay nasim.
Siym anga chun soqi sumanso boʻlub,
Yafrogʻi tax nuqrai mino boʻlub.
Charxqakim shoxi sanubar yetib,
Tugmalarin anjum uchun xoʻd etib.
Sarvu sapidor safi muttasil,
Sarvu sapidorni aylab xijil.
Turfa bukim boshida gul ochilib,
Ul gul ayogʻigʻa dogʻi sochilib.
Sabzasining rangi zumurrad kibi,
Rishtasida tugma zabarjad kibi.
Har sori bir xavzai oyinarang,
Kim namidin tutmayin oyina zang.
Jilvagar ul koʻzguda jon surati,
Dasta boʻlub anga arigʻ hay’ati.
Ruxqa origʻ suyidin qut oʻlub,



Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish