Hayrat ul-Abror (I- qism) Alisher Navoiy


Hayrat ul-Abror (I- qism)



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/284
Sana07.11.2022
Hajmi2,19 Mb.
#861979
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   284
Bog'liq
P1Sc2c25ncmcoy0YEGie3G62VmWZWcMg (1)

Hayrat ul-Abror (I- qism) 
Alisher Navoiy 
29 
http://ziyonet.uz/ 
Tong emas ar ul kafi mu’jiznamoy,
Qilgʻach ishorat iki ayrilsa oy.
Noqasi er uzra chu raftor etib,
Har izi «Shaqqal-qamar» izhor etib.
Amri etib naxl qadin xush xirom,
Oʻylaki qilgʻay buti sarkash xirom.
Xasmidin oʻlgʻonda anga parda gʻor,
Ogʻzida oʻrgamchi boʻlub pardador.
Aylamasun deb el ila parda sayr,
Bayzasidin tugma toqib anda tayr,
Pardasi jon rishtasidin tor oʻlub,
Tugmalari gavhari shahvor oʻlub.
Qoʻydi chu ul dom ila ill dona gʻor,
Koʻrki ne davlat qushin etti shikor.
Gʻorda yori bila ul tezhush,
Togʻ ichida oʻylaki oltun-kumush.
Kufr chu e’loyi livo aylabon,
Nusrat uchun dingʻa duo aylabon.
Kim iki tandin birin et tojvar,
Biri Abu Jahlu birisi Umar.
Qismati avvalgʻining oʻldi azob,
Boʻldi ikinchida duo mustajob.
Buki kalomulloh angadur nasib,
Kim yoʻq anga mu’jiza andin gʻarib.
Sura dema, «qof» ila «nun» yoki «sod»,
Ya’nikim har harfigʻa oning savod.
Sunbulidek borcha parishon edi,
Jomi’ anga jomii Qur’on edi.
Makkani chun qildi judo dayrdin,


Hayrat ul-Abror (I- qism) 
Alisher Navoiy 
30 
http://ziyonet.uz/ 
Tigʻ suyi birla yudi gʻayrdin.
Boʻldi vale manzaradin butfikan,
Soʻngra nabi Haq evida butshikan.
Na’lini gar toji sharaf qildi Arsh,
Qildi Ali na’ligʻa egnini farsh.
Ruh edi ul bahri nubuvvat duri,
Toʻrt rafiqi tanining unsuri.
Naqdi kiromiy ulu tojir anga,
Vodiyi xijratda muxojir anga.
Dingʻa yetib raxna chu kuffordin,
Saddigʻa nusrat koʻrub ansordin.
Ahliyu avlodiyu atboigʻa,
Oliyu axfodiyu ash’yoigʻa
Tengri taolo karamidin qarin,
Yuz tuxafi "Rahmat ila yavmid-din". 
XI - Beshinchi Na’t 
Me’roj kechasi ta’rifidakim, karimai: «Subhonallaziy asro» anga musaddaq durur va 
«biabdihi laylan minal-masjidil haromi ilal masjidil-akso» aning subutigʻa ikki guvohi 
sodiq 
Bir kecha zulmatqa qolib koinot,
Mehr nihon oʻylaki aynul-hayot.
Garchiki ul chashma nazardin qochib,
Xizr koʻk uzra qatarotin sochib.
Tun qilibon gardini anbarsirisht,
Butratibon yerga nasimi bixisht.
Yer kuraviy shakl ila mijmar boʻlub,
Kecha savodi anga anbar boʻlub.
Oʻt kibi yer mijmari ostida mehr,



Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish