Hayrat ul-Abror (I- qism) Alisher Navoiy


Hayrat ul-Abror (I- qism)



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/284
Sana07.11.2022
Hajmi2,19 Mb.
#861979
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   284
Bog'liq
P1Sc2c25ncmcoy0YEGie3G62VmWZWcMg (1)

Hayrat ul-Abror (I- qism) 
Alisher Navoiy 
245 
http://ziyonet.uz/ 
Balki ulus boʻlsa aning ogahi,
Ushbu nafasdur dami Ruhullahi.
Andin agar ruh topar yerdi tan,
Ushbu nafas birla tirikdur badan.
Garchi ul anfosi Masiho durur,
Martaba andin munga a’lo durur.
Onsiz erur ruh bila borcha zot,
Munsiz emas kimsaga mumkin hayot.
Bas muni anfosi muqaddas degil,
Balki muqaddas dema, aqdas degil.
Boʻyla gʻanimat sangadur hamnafas,
Onsiz emasdur sanga bir dam nafas.
Ondin oʻlub sayru saboting sening,
Sayru saboting ne, hayoting sening.
Sen ani ranju gʻam ila oʻtkarib,
Yuz alamu motam ila oʻtkarib;
Berib anga gʻaflat ila xorliq,
Hashv takallum bila murdorliq.
Fosid yetib harza maqolot ila.
Zoyi’ yetib fikri maholot ila.
Boʻlma yana boʻyla muaddi anga,
Aylama bu zulmu taaddi anga.
Haq sanga lutf ayladi ul turfa hol,
Andin uyol, yoʻq esa Haqdin uyol.
Kel, qoʻyubon jahl xiradmand boʻl.
Bir nafasi mustamii pand boʻl.
Koʻr sanga Haqdin ne karamlar durur,
Ne qadar yehsonu niamlar durur.
Buki seni Xoliqi kavnu fasod,


Hayrat ul-Abror (I- qism) 
Alisher Navoiy 
246 
http://ziyonet.uz/ 
Qilmadi hayvonu nabotu jamod.
Lutf bila ayladi inson seni,
Din yoʻlida qildi musulmon seni.
Berdi koʻrar koʻzu yeshitur qulogʻ,
Aytur til, atrni anglar dimogʻ.
Andoq ilik dogʻiki, tutgʻay taom.
Andoq ayoq dogʻiki, qilgʻay xirom.
Yuz ne’mat qilmoq uchun shurbu akl,
Har birisiga yana bir ta’mu shakl.
Mujmal ila oʻtdi qalam yodidin,
Ojiz uchun sharh ila ti’dodidin.
Qildi karam oncha mulavvan libos,
Kim adadin aql yeta olmas qiyos,
Markablar qullavu homunnavard,
Vahm samandi kibi gardunnavard.
Bogʻlari ul nav’ki xuldi barin,
Suvlari ul tavrki moi main.
Jilva bila har buti siminbari,
Koʻrguzub ul ravzada huru pari.
Qasr boʻlub charxdin a’lo anga,
Suvu yigʻoch kavsaru tubo anga.
Simu diram naqdi adaddin fuzun.
Dur bila gavhar dogʻi haddin fuzun.
Bu bad in’omu ato bir taraf,
Javhari aql oʻldi yano bir taraf,
Kim bu sifat gavhari raxshandani,
Qaysi guhar, durri duraxshandani
Durji vujudingga nihon aylabon,
Durjni ul naqd ila kon aylabon.



Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish