Hayrat ul-Abror (I- qism) Alisher Navoiy


Hayrat ul-Abror (I- qism)



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/284
Sana07.11.2022
Hajmi2,19 Mb.
#861979
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   284
Bog'liq
P1Sc2c25ncmcoy0YEGie3G62VmWZWcMg (1)

Hayrat ul-Abror (I- qism) 
Alisher Navoiy 
219 
http://ziyonet.uz/ 
Bor edi Rindi Bani isroiliy,
Boda uchun maykadalar soili.
May boʻlubon quti hayoti aning,
Xalq ichida Maymana oti aning.
Jismi sabu chekkali komil boʻlub,
Maygʻa oʻz oti kibi xomil boʻlub.
Tortibon el zarfini mayxonadin,
Jur’a taxin chekkali paymonadin,
Etmasa gar jur’ai loyi anga,
Boʻlubon ul lahza baloyi anga.
Koʻp qilibon tavba, vale sindurub,
Koʻnglini tavba ishidin tindurub.
Baski qilib tavbada nuqs oshkor,
Tavba qilurdin boʻlubon tavbakor.
Bir sahari qildi havoyi sabux,
Etti inoyat eshigidin futux.
Hotife un chektiki, ey bulfuzul,
Tavba qil emdiki, yetishti qabul.
Sen tilading bizga rizo boʻlmadi,
Gʻayri rizo xukmi qazo boʻlmadi.
Chunki bizing soridin oʻldi talab,
Kel berikim, boʻldi mahalli tarab.
Rind ichiga tushubon tobi shavq,
Ashk boʻlub jismiga girdobi shavq.
Har dam oʻlub qismi xuzuru safo,
Tavba solib koʻngliga nuru safo.
Harneki yillar tilab aylab niyoz,
Borchagʻa bir damda boʻlub sarfaroz.
Tavba sori chun oʻzi aylab nishast,


Hayrat ul-Abror (I- qism) 
Alisher Navoiy 
220 
http://ziyonet.uz/ 
Shisha kibi tavbasi topib shikast.
Haq chu oni tavbagʻa mahram qilib,
Saddi Skandar kibi maxkam qilib.
Oʻzdin esa tavba boʻlur oʻyla sust,
Haqdin esa tavba boʻlur boʻyla rust.
Jurm Navoiyni koʻp etmish malul,
Yo Rab, oʻzung tavba berib qil qabul.
Soqiy, ayoq kelturu tut bizga bot,
And boshin, tavba ayogʻin ushot.
Uzr desam, boʻgʻzuma quygʻil yiqib,
Quygʻali koʻksum uza lekin chiqib.
LII - Oʻn Oltunchi Maqolat 
Xudnamo muxannasvashlaming dunyo ziynati iktisobida xiylasozliklari va jonfido 
mehnatkashlaming din huvvati hisobida sarandozliklari. Va gʻazo maydoni sohati 
vasfidakim, er bila nomard bir-biridin ayrilur. Va shahodat koni ta’rifidakim, gunoh 
dudidin yuzi qarorgʻoniami surxroʻ qilur 
Ey surubon ayni jalodat aro -
Raxshini maydoni -shujoat aro,
Barqdin ul raxshni kam bilmayin,
Koʻziga Rustamni dogʻi ilmayin.
Koʻrmayin azbas tutub oʻzin biyik,
Oʻz boshidin koʻkka degin toʻrt ilik.
Poʻya chogʻi raxshi boʻlub koʻhtan,
Ustida qoplon kibi ul poʻyazan.
Kibr e’tibon el bila fe’lin durang,
Qullai zulm uzra nechukkim palang.
It eti qoplon kibi quti aning,
Kibr yeli bodi buruti aning.



Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish