Yuklama usuliga tarif bering
|
Kurashchi o’z qulayini olib, raqibni muvozanatdan chiqarib, o’ziga ishonch hosil qilib, raqibini bel qismi bilan oshirib tashlaydigan barcha usullar «Yuk» («Yuklama») deb nomlanadi.
|
Bardor usuli qanday bajariladi
|
Kurashchi usulga mos ravishda raqib yaktagining qulay joyidan ushlab, muvozanatdan chiqarib, o’ziga ishonch hosil qilib, raqibini ko’tarib uloqtiradigan barcha usullar «Bardor» deb nomlanadi.
|
Yonbosh usulini tariflab bering
|
Kurashchi raqib yaktagining qulay joyidan ushlab, uni muvozanatdan chiqarib, o’ziga ishonch hosil qilib, yonbosh tarafidan kirib turib, raqibni oyog’i bilan ko’tarib yiqitadigan barcha usullar «Yonbosh» deb nomlanadi.
|
Chala bahosiga tarif bering
|
kurashchilardan biri usul qo’llab, usulni oxirigacha to’liq bajara olmasa ishlatiladigan ishora.
|
Kurash atamasini tariflab bering
|
kurashchilar bir-birlariga ta’zim qilib salomlashgandan keyin bellashuvni boshlash uchun hakam tomonidan ishlatiladigan ishora.
|
Bekor atamasini tariflab bering
|
olishuv to’xtatilgandan keyingi harakatlar uchun yoki bajarilgan usul baholashga noloyiq deb topilgan vaqtda ishlatiladigan ishora.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |