5. MA’NAVIY VA MA’RIFIY SOHALARDA ISLOHOTLARNI AMALGA OSHIRISH
«Yangi O‘zbekiston - ma’rifatli jamiyat» konsepsiyasini amalga oshirish;
milliy qadriyatlarni yanada rivojlantirish, o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi urchi va nufuzini oshirish, madaniyat va san’atni yuksaltirish;
muqaddas islom dinining insonparvarlik g‘oyalarini targ‘ib etish, «jaholatga qarshi - ma’rifat» tamoyili asosida unib-o‘sib kelayotgan yoshlarni sog‘lom e’tiqod ruxida tarbiyalash;
turli millat va elatlar, diniy konfessiyalar vakillari o‘rtasidagi tinchlik va barqarorlik, o‘zaro hurmat va hamjihatlikni yanada mustahkamlash;
davlat siyosatida barcha millat va elat vakillarining milliy o‘zligini, ona tili va madaniyatini, dini, urf-odat va an’analarini saqlab qolish va rivojlantirishga ustuvor ahamiyat berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |